Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari reja: Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati
Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi
Download 69.36 Kb.
|
6-мавзу.Маъруза матни
3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi
Buxgalteriya hisob registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda, e'tiborsizlik, ma'suliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi mumkin. Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi holatlarda aniqlanishi mumkin. Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan. Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan. Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki kam yozilgan. Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi. Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud: «Korrektura» usuli. «Qizil storno» usuli. «Qo‘shimcha yozuv» usuli. «Korrektura» usulidan xato yozuv faqat bir hisob registrida mavjudligi aniqlangan holatda foydalaniladi. «Korrektura» usulini mohiyati shundaki, xato yozuv ustidan ingichka chiziq tortilib, uni yoniga to‘g‘ri yozuv yoziladi, hamda bu xaqda xato yozuvni to‘g‘rilagan javobgar shaxs yoki bosh buxgalter muddatni ko‘rsatib, imzo qo‘yadi. Masalan: «Materiallar» hisob schyotini debeti bilan buxgalteriya hisob reestriga 40050 so‘m o‘rniga, 40000 so‘m yozilgan 40000 (14.03.13) «to‘g‘rilanganligiga ishonilsin» (imzo). «Qizil storno» usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi. «Qizil storno» usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali to‘g‘rilanadi. Ya'ni qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami summasidan ayirilishi kerak. Qizil siyohdagi yozuv aks ettirib, xato yozuv to‘g‘rilanganidan so‘ngra, to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi. «Qizil storno» usuliga misolni keltirish orqali talabalarni, ushbu usul mohiyati bilan yaqindan tanishtiramiz. Masalan: «Asosiy ishlab chiqarish» uchun ombordan material berildi 60000 sum. Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo‘ladi: Debet «Asosiy ishlab chiqarish» 60 000 Kredit «Materiallar» 60 000 Buxgalteriya xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000 so‘m aks ettirilgani aniqlandi. Xato yozuvni bir «O» raqamini o‘chirish orqali to‘g‘rilash mumkin emas. Demak, «qizil storno» usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 600 000 -540 000 = 60 000 Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi sababli, 600 000 dan 540 000 ayirilishi shart. Sxema ko‘rinishida sintetik schyotlarga taalluqli buxgalteriya hisob registrlaridagi yozuvlar quyidagicha aks ettiriladi. Dt “Materiallar” Kt Dt “Asosiy ishlab chiqarish” Kt 600 000 600 000 40 000 540 000 Aksincha, yozilishi kerak bo‘lgan summadan kam summa yozilgani aniqlansa, «qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi. Masalan, xodimlarga hisoblangan ish haqidan daromad solig‘i ushlab qolindi 170 000 Xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida quyidagi buxgalteriya provodkasi asosida aks ettiriladi: Debet «Xodimlar bilan mehnat haqi « yuzasidan hisob-kitob. Kredit «Byudjet bilan hisob-kitob» Xato yozuv orqali yuqoridagi schyotlar uchun yuritiladigan buxgalteriya hisob registriga 170 000 soni o‘rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi. 170 000 - 120 000 = 50 000 Xato yozuv to‘g‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks ettirilishi kerak. Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra tegishli schyotlarga «qo‘shimcha yozuv» yoki «qizil yozuv» usuli orqali aks ettiriladi. Download 69.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling