Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari reja: Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati


Download 69.36 Kb.
bet6/6
Sana19.12.2021
Hajmi69.36 Kb.
#181568
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-мавзу.Маъруза матни

«Bosh kitob» Jurnali oy 20 yil

M/O bo‘yicha summa №

schyot №

schyot №

schyot №

schyot №

Oborot jami




Dt

Kt

Dt

Kt

Dt

Kt

Dt

Kt

Dt Kt

kun oy 20 y Boshiga qoldiq































1































2































Oborot Jami































kun oy 20 y ga qoldiq






























Buxgalteriya hisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan shakli



Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini qo‘llashga asoslangan.

Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ularni iqtisodiyotning hamma sohalarda keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir.

Buxgalteriya hisob ishlarini takomillashuviga erishish, ular samaradorligini oshirish maqsadida ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya hisobining jadval - avtomatlashtirilgan shakli vujudga keldi.

Hisob ishlarida EHM laridan foydalanish yordamchi quyidagi imkoniyatlarni yaratiladi:

  1. hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi.

  2. hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.

  3. hisob ma'lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi.

  4. hisob ma'lumotlaridan foydalanishni operativligini ta'minlanadi.

  5. moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi.

  6. korxonalar mulkchilik saqlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi:

  7. hisob ishlari bilan bog‘liq xarajatlar kamayishiga erishiladi.

Buxgalteriya hisobining jadval-avtomatlashtirilgan shakli asosida

buxgalteriya hisobi usuli asosiy elementidan hujjatlashtirish yotadi. Ammo, shunga ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma'lumotlarni guruhlash, umumlashtirish hisoblash mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi.

Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob ma'lumotlari hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarini ma'lumot tashuvchilarida saqlanadi, ya'ni masalan, disketlarda.

Buxgalter ish joylarini kompyuter bilan ta'minlanishi avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratilishiga asos bo‘ladi.

EHMlardan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan birga korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi.

Boshqarishning avtomatik tizimi korxonalar xo‘jalik faoliyatini boshqarishdagi vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi.

Boshqarishning avtomatik tizimi (BAT) korxona xo‘jalik faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolar, vazifalarni operativ ham etishni tegishli chora-tadbirlar belgilanishini, qarorlar qabul qilinishini ta'minlaydi. Shuningdek, chora-tadbirlarni amalga oshirilishi, qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni operativligi ham BAT tizimi yordamida ta'minlanadi.

Buxgalteriya hisobida hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, natijasida vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval - avtomatlashtirilgan shakli kompyuter dasturlari dan foydalanishga asoslangan.

Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari hisob registrlarini avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi.

Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy boskich buxgalteriya ma'lumotlarini qayta ishlashdir.

Ma'lumotlar qayta ishlash uchun kompyuterga kiritilishidan oldin, ma'lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim.

Avtomatlashtirilgan hisob shaklida hujjatlar aylanishi ham shu shaklga moslashgan holda tuzilishi lozim. Ma'lumotlarni qayta ishlashag mo‘ljallangan dasturlarni tayyorlash, ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari ham ushbu shakldagi boskichlardan hisoblanadi.

Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma'lumotlar hisoblash markazi (HM) yoki avtomatlashtirilgan ish joyida buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob registrlarini oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jurnal-orderlar, vedomostlar, kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan foydalanishni mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarini hajmi, hisob xodimlarini soni, malakasi va boshqa omillarni e'tiborga oladilar.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining qaysi shakllaridan foydalanishlaridan qat'iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va boshqa tegishli me'yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart.
Soddalashtirilgan shakl

Qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi:

Ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar.

Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni:

  1. engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida - 100 kishidan;

  2. mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishidan;

  3. fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa, ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalarda - 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.

Kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonaning hisob siyosatini o‘zlarining xo‘jalik faoliyatlari talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydilar.

Buxgalteriya hisobi va hisobotlar kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilik asosida belgilangan yagona uslubiyat asoslariga muvofiq yuritiladi.

Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil qilinishi uchun kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining namunaviy hisobvaraqlar rejasi asosida mablag‘lar va ularning manbalari hisobini asosiy hisobvaraqlarda yuritish imkonini beruvchi va bu orqali umuman buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni ta'minlash imkonini beruvchi xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining qisqartirilgan ishchi Rejasini tuzish huquqiga egadirlar.

Kichik korxonalar va mikrofirmalar qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini quyidagi talablarga rioya qilgan holda o‘z ishlari mohiyatiga mustaqil ravishda moslashtirib olishlari mumkin:

  • yagona uslubiyat asosi (ikkiyoqlama yozuv tamoyili)ga;

  • tahliliy va jamlama hisob ma'lumotlarining o‘zaro bog‘liqligiga;

  • barcha xo‘jalik operatsiyalarining registrlarda yalpi aks ettirilishiga;

  • hisobga olishning boshlang‘ich hujjatlari asosida hisobga olishga; xo‘jalik faoliyatini boshqarish va nazorat qilish uchun, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlar ma'lumotlarini to‘plash va tizimlashtirishga.

Buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib barcha xo‘jalik operatsiyalarini boshlang‘ich hisob axboroti ma'lum bir moddiy tashuvchilarining to‘liq hujjatlashtirilishi hisoblanadi.

Hisobga olishning kelgusi bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

- buxgalteriya hisobi registrlarida qo‘llaniladigan boshlang‘ich hisob hujjatlarida keltirilgan ma'lumotlarini qayd etish;

  • moliyaviy hisobotlarni tuzish;

  • buxgalteriya registrlari ma'lumotlaridan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun zarur bo‘lgan axborotni olish uchun foydalanish.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladigan boshlang‘ich hujjatlar shakllari mazkur subyekt mohiyatini aks ettiruvchi timsollar qo‘shilgan holdagi tegishli namunaviy shakllarida ko‘zda tutilgan majburiy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak.

Shu tariqa, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli chog‘ida registrlarning ikkita turidan foydalanilishi mumkin:

  • xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari;

  • Tegishli hisobga olish obyektlarining hisobga olish qaydnomalari (C-1-dan C-11-songacha ilovalarga binoan).

Subyektlar o‘z faoliyati mohiyatining talablarini hisobga olgan holda boshlang‘ich hujjatlarning taklif etilayotgan shakllariga qo‘shimcha ustunlar va satrlarni kiritish huquqiga egadirlar.

Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari mablag‘larning mavjudligi va ularning ma'lum bir sanaga bo‘lgan manbalari va moliyaviy hisobot tuzishni aniqlash mumkin bo‘lgan tahliliy va jamlama hisob registri bo‘lib hisoblanadi.

Qaydnomalar tahliliy hisob registrlari bo‘lib hisoblanadi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini yo boshlang‘ich hujjatlar ma'lumotlari asosida, yoki bo‘lmasa qaydnomalarning yakuniy ma'lumotlari asosida to‘ldirish mumkin.

Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini qaydnomalar ko‘rinishida, uni operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladigan oyga yoki daftar shaklida ochilgan holda, yuritish mumkin. Bunda Daftar birma-bir tiqilishi va raqamlangan bo‘lishi kerak. Uning so‘nggi varag‘ida, rahbar va bosh buxgalterlarning imzolari bilan, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning muhr izi bilan tasdiqlanuvchi, keltirilgan varaqlar soni yozib qo‘yiladi.

Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari har bir mablag‘lar va ular mavjud bo‘lgan manbalar turi bo‘yicha hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldiqlar summalari yozuvlari bilan ochiladi. Undan so‘ng "Operatsiyalar mazmuni" ustunida har bir boshlang‘ich hujjat asosida ushbu oyning barcha xo‘jalik operatsiyalari xronologik ketma-ketlilik asosida pozitsion usulda yozib boriladi. Bunda, Daftarda "Nazorat summasi" ustunida qayd etilgan har bir operatsiyaga oid summalar ikkiyoqlama yozuv usulida mablag‘lar va ularning manbalari muvofiq turlarini hisobga olish hisobvaraqlarining "Debet" va "Kredit" ustunlari bo‘yicha bir vaqtning o‘zida aks ettiriladi.

Barcha hisobvaraqlar debitorlik oborotlarining umumiy yakuni kredit oborotlari umumiy yakuni va "Nazorat summasi" yakuniga teng bo‘lishi kerak.




Xo‘jalik operatsiyalari daftarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun barcha zarur hisobvaraqlar keltirilishi mumkin.

Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat Buxgalteriya balansi - 1-son shakl, Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadilar.
Download 69.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling