Buxgalteriya hisobining vazifalari
Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi
Download 23.37 Kb.
|
BUXGALTERIYA HISOBINING VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 Uzviy aloqa funksiyasi.
3 Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi. Bu funksiya buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish va uning nazorat funksiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, ushbu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur: jihozlangan omborxona binolari, nazorat va o‘lchash asboblari, o‘lchagich idishlar va boshqalar. Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi va bozor munosabatlarining erkinlashtirilishi, mulkdorlar sonining ko‘payishi, tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi sharoitida buxgalteriya hisobining ushbu funksiyasi yanada rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlari negizida, ilmiy asoslangan holda tashkil etilgan hisob tizimi nafaqat kamomad va o‘g‘riliklarni aniqlash, uyushgan jinoyatlarni ochib tashlash, balki ularning oldini olishga ham imkon yaratadi.
4 Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobining uzviy aloqa funksiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, busiz boshqaruv tizimining faoliyati ma’nosini yo‘qotadi. Keng ko‘lamda kompyuterlashtirilgan sharoitda faoliyat ko‘rsatadigan tizimli buxgalteriya hisobi boshqaruv xodimlarini korxona va undagi bo‘linmalarning ma’lum davr ichidagi faoliyati to‘g‘risida, xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga kelish manbalari va korxonaning majburiyatlari haqida, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, banklar, soliq inspeksiyasi, investorlar va boshqa xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida, moliyaviy natijalarni shakllantirish, foydaning ishlatilishi va jamg‘arilishi to‘g‘risida, mulkdorlar (aksiyadorlar, paychilar, ta’sischilar va h.k.) bilan munosabatlar to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Ko‘rsatkichlarning haqiqiy miqdorini aks ettiradigan buxgalteriya axborotlari yordamida uzviy aloqadan foydalangan holda biznes reja ko‘rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar bajarilishi, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat o‘rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi aniqlanadi. Download 23.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling