Buxgalteriya hodimining huquq va majburiyatlari Electron to’lov tizimi Amortizatsiya hisoblash usullari va tartibi
Download 32.16 Kb.
|
3v
Masalan: Kompyuterning boshlang’ich qiymati 1100000 so’m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so’m, foydali xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya meyori amortizatsiyalanadigan qiymatning 20 % ni yoki 200000 so’m ((1100000-100000)/5=200000) so’mni tashkil etadi.
Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chitsarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy vositalar obyektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi. Mazkur usul bo’yicha har yillik amortizatsiya summasini hisoblab chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o’tilgan tonnakilometr miqdori va shunga o’xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin. Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy ko’rsatkichi hamda asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang’ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy vositalar obyektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga bo’lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi. Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko’rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishi amortizatsiyani tezlashtirish yo’li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita usul orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul). Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo’yicha amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya meyori ikki karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq qiymatiga ko’paytirilali. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblashda taxminiy baholangan tugatish qiymati boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatilan chegirib tashlanmaydi. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obyektining hisobot yili boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obyektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan amortizatsiya meyoriga asoslangan holda aniqlanadi. Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Mos holatda, to’g’ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya meyori 20 % (100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida, amortizatsiya meyori 40 % (2 x 20%) ga teng bo’ladi. Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi. 5.1-jadval Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari
Download 32.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling