Buxgalteriya lit


Download 109.99 Kb.
bet2/25
Sana02.01.2022
Hajmi109.99 Kb.
#200370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazaruyasi

Statistik hisob. Bu hisob xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida keng ishlatilmoqda. Statistik hisobning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu hisob turida amalga oshirilgan kuzatish to‘liq bo‘ladi, bu hisob turida ko‘proq bir turli xo‘jalik jarayonlari o‘rganiladi. Statistik hisob yordamida amalga oshirilgan xo‘jalik muammolarini guruhlash yoki sohaning iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishini hisobga olish uchun asos yaratiladi.

Statistik hisobni tashkil qilishda, yuritishda ko‘proq bir turli xo‘jalik muammolariga alohida e’tibor beriladi. Hisob natijalarini umumlashtirish, asosan, tasdiqlangan hujjatlar yordamida amalga oshiriladi.

Misol uchun, «Mehnat haqida hisobot» hujjat shaklini olaylik. Bu hisobot shakli, asosan, statistik hisobot hisoblanadi. Unda jami xodimlar soni, ularga sarf qilingan ish haqi xarajatlarini ko‘rsatish bilan birga, unda ishchilarning jinslari bo‘yicha holati, ish haqi bilan bog‘liq xarajatlar manbalari, hisobot davrida ishchilarga berilgan mukofotlar turlari ko‘rsatiladi.

Statistik hisobda aks ettirilgan ma’lumotlar turli o‘lchov birliklarida ko‘rsatilishi mumkin. Bu hisobning o‘ziga xos xususiyatidan yana biri hisobot shakllari, uni tuzish va topshirish yo‘llari davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tartibga solinadi. Hisob ko‘rsatkichlarini umumlashtirishda operativ buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi.




Download 109.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling