O‘. Eliboyev, K. Ahmadjonovlar tomonidan tayyorlangan darslikda: „Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi, tashkil topish manbalari, ulardan oqilona foydalanish hamda berilgan reja topshiriqlarini bajarish jarayonida yuz beradigan xo‘jalik jarayonlari buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi“1 deb ko‘rsatilgan. Berilgan ta’rif bizning nazarimizda buxgalteriya hisobi predmetiga buxgalteriya hisobi usullari bilan bog‘langan holda berilgandir.
Buxgalteriya hisobini o‘rganishda korxonalarning o‘z mablag‘lari hamda qarzga olingan mablag‘lar turlari joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha ifoda etiladi. Korxona moliyaviy natijalarini aniqlash uchun imkoniyat yaratiladi.
Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, oldidagi vazifalarni to‘la-to‘kis yechib berish uchun maxsus usullarni o‘z ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida, asosan, quyidagi usullardan foydalaniladi:
— hujjatlashtirish;
— inventarizatsiya;
— baholash va kalkulatsiya; — ikki yoqlama yozuv va schotlar; — balans va hisobot.
Do'stlaringiz bilan baham: |