3-ma’ruza baholash va kalkulatsiya baholash va uning ahamiyati
Download 22.15 Kb.
|
Baholash va kalkulatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang‘ich qiymat
3-ma’ruza BAHOLASH VA KALKULATSIYA 1. Baholash va uning ahamiyati Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri baholash bo‘lib, uning ahamiyati butun respublikamiz miqyosida ham kattadir. Baholash — xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir. Ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari turli bo‘lib, o‘lchov birliklari, shakl hamda tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ularning tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir. Demak, ular hisobining yuritish uchun yagona o‘lchov birligi — puldan foydalanmaslikning iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda baholanadi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga asosan, aylanma aktivlarni baholash ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi: Haqiqiy tannarxda — ishlab chiqarish tannarxi. Bozor bahosida — sotish sof qiymati. Korxona mulklari baholanayotganda ularning tuzi- lishi, foydalanilishi, ishlab chiqarishda qatnashishi, maqsadli mo‘ljallanganligi kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi. Masalan, savdo korxonalarida tovarlar sotib olish va sotish baholarida hisobga olinadi. Ishlab chiqarish korxonalarida asosiy vositalar hisobi yuritishda quyidagicha baholardan foydalaniladi. Boshlang‘ich qiymat — asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat. Joriy qiymat — ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalarning qayta baholashishi natijasida vujudga keladi. Asosiy vositalarning qayta baholanishi esa ikki holat natijasida vujudga keladi: — hukumat qaroriga ko‘ra; — ta’sischilar qaroriga asosan. Download 22.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling