Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
ISHLAB CHIQARILGAN MASHULOT (BAJARILGANISH
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
8. ISHLAB CHIQARILGAN MASHULOT (BAJARILGANISH,
KO’RSATILGAN XIZMATI) LARNING HAQIQIY TANNARXINI ANIQLASH. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 10, 10-1 jurnal orderlarida hamda 10, 12, 15 qaydnomalarda yuritiladi. 361 10 jurnal orderning eni bо‘yicha kreditlanuvchi schyotlar, “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”, “Xizmat qiluvchi xo‘jaliklar”, “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”. va boshqa schyotlar, bo‘yida esa, debetlanuvchi schyotlar “Asosiy ishlab chiqarish”, “O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mashulotlarr”, “Yordamchi ishlab chiqarish”, “Umumishlab chiqarish xarajatlari”, “Ishlab chiqarishda yaroqsizlik”, “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar” schyotlari yoziladi. Ishlab chiqarish xarajatlari bilan aloqador bо‘lmagan operatsiyalar 10/1 - jurnal orderida yozib boriladi. Hisobot oyi tamom bо‘lgandan sо‘ng 10/1-jurnal orderining yakuniy summalari va tsex xarajatlarining analitik hisobi yurtiladigan 12 vedomostdan, kelgusi davr xarajatlari hamda kelajakdagi xarajatlar va tо‘lovlar rezervi hisobidan qilinadigan xarajatlarning hisobini yuritish uchun xizmat qiladigan 15-yordamchi vedomostdan foydalaniladi10-jurnal orderiga kо‘chiriladi. 10 jurnal orderning jami summalari esa bosh kitobga о‘tkaziladi. 10-jurnal order ishlab chiqarish xarajatlarining elementlari va kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha tegishli ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi ishlab chiqarishdagi xarajatlar schyotlari о‘rtasida sodir bо‘lgan о‘zaro sarflarni umumiy chiqarish xususiyatiga va kalkulyatsiya qilish usuliga bog‘liq bо‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilayotgan buyumlarning bir turdagi guruhlari, mashulotning ayrim turlari, ayrim buyurtmalar va ishlab chiqarishning ayrim bо‘linmalari bо‘yicha hisob qilinishi mumkin. Mashulot ayrim turlarining ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari ba’zi korxonalarda alohida kartochkalarda yuritiladi. Ayrim korxonalar va Tsexlar bunday xarajatlarni maxsus daftarlarda yuritishlari mumkin. Bu registrlarning asosiy kо‘rsatkichlari xо‘jalik operatsiyasining qisqacha mazmuni, sanasi, xarajatlarning kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha summalari va ishlab chiqargan mashulot miqdorida iborat. Ishlab chiqarilgan mashulot tannarxini aniqlash xо‘jalik subyektlaridagi buxgalteriya hisobining eng asosiy qismlaridan biridir. Subyektlarda mashulot 362 tannarxi korxona ishini belgilab beruvchi muhim sifat kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Tannarx deb mashulotni tayyorlash uchun sarflangan ishlab chiqarish vositalari sarflarini, ishchilarning mehnat haqi yoki boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilgan xizmat haqini tо‘lash hamda mashulotni sotish xarajatlari yig‘indisiga aytiladi. Mashulot tannarxida ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflagan moddiy xarajatlar, asosiy vositalarning amartizatsiya ajratmalari, ish haqi hamda ijtimoiy sug’urta ajratmalar о‘z ifodasini topadi. Shuning uchun tannarx mashulot ishlab chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar qiymatining pul shaklidagi kо‘rinishi bо‘lib, xо‘jalik subyektlariga mashulot ishlab chiqarish necha pulga tushganligini kо‘rsatadi. Ishlab chiqarish jarayoni buxgalteriya hisobining asosiy vazifalaridan biri ishlab chiqarishga sarflanayotgan xarajatlarni sodir bо‘lishini nazorat qilib turish va ularni hisobda tо‘liq aks ettirish bо‘lib hisoblanadi. Buning uchun ishlab chiqarish sarflarini hisobga olish va mashulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni yaxshi yo’lga qо‘yish lozim. Chunki, ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni turlari bо‘yicha aniq bilmasdan turib, korxonaning faoliyatiga samarali rahbarlik qilish, uning iqtisodiy faoliyatini yo’lga qо‘yish, mashulot tannarxini pasaytirish va foyda miqdorini oshirish mumkin emas. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va ishlab chiqarilgan mashulotlarning tannarxini aniqlash uchun buxgalteriya hisobida tegishli schyotlar ajratilgan. Bu schyotlardan foydalanish ishlab chiqarilayotgan mashulotlarning turlariga, ishlab chiqarishning texnollogiyasiga hamda uning tashkiliy va boshqa shu kabi xususiyatlariga bog‘liq bо‘ladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling