Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 OLIY TA’LIMNING MOHIYATI, XUSUSIYATLARI VA


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

2. OLIY TA’LIMNING MOHIYATI, XUSUSIYATLARI VA 
O’ZBEKISTONDA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI 
“Oliy ta’lim” deganda - ish faoliyati jarayonida o’z ustida ishlab ilm-
fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo’llab nazariy va amaliy 
muammolarni bartaraf etuvchi iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlab beradigan tizim tushuniladi. 
Oliy ta’lim tizimining asosiy maqsadi – zamon talablariga javob bera 
oladigan yuksak bilim va malakaga ega bo’lgan, raqobatbardosh, o’zi 
tanlagan yo’nalishi bo’yicha oliy ta’lim mutaxassisi talablari doirasida
respublikaning 
ilm-fan, 
madaniyat, 
iqtisod, 
ijtimoiy 
sohalarini 
rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak 
maonaviyatga ega bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash 
bo’lib hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1. Davlat ta’lim standartiga muvofiq tuzilgan zamonaviy dasturlar asosida 
o’qitishning yuqori sifatini tahminlash;
2. Oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
3. Ilm-fan, madaniyat, iqtisodning zamonaviy yutuqlari, mamlakatning iqtisodiy
ijtimoiy istiqbolini yutuqlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini 
takomillashtirish;
4. Oliy ta’limning insonparvarligini tahminlash maqsadida yoshlar tarbiyasiga 
milliy istiqlol g’oyasi asosida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, vatanga, oilaga, 
atrof-muhitga muhabbatni singdirish;
5. O’qitishning interfaol usullarini, pedagogik innovatsion hamda axborot 
kompg’yuter texnologiyalarini, mustaqil ta’lim olish, masofaviy ta’lim tizimini 
amaliyotga joriy qilish;
6. Oliy ta’limda fan va ishlab chiqarish mexanizmlarining uyg’unligi 
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotda qo’llash;


70 
7. Ilmiy-pedagogik kadrlar va talim oluvchilarning ilmiy- ijodiy faoliyati, ilmiy 
tadqiqotlari yordamida fan, texnika, texnologiyalarni rivojlantirish, ta’lim jarayoni 
orqali mamlakat iqtisodining rivojlanishiga hissa qo’shish;
8. Davlat va nodavlat oliy o’quv muassasalarini rivojlantirish asosida ta’lim 
xizmatlari bozorida raqobatni yuzaga keltirish;
9. Oliy o’quv muassasalarini boshqarish va kengaytirishni takomillashtirish uchun 
jamoat boshqaruvining vasiylik va kuzatuvchi kengashlarni kiritish; 
10. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini tekshirish uchun marketing tadqiqotlarini 
olib borish, yo’nalishi bo’yicha belgilangan mehnat bilan tahminlash 
monitoringini tuzish;
11. Oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama foydali xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Oliy ta’lim tizim tuzilmasi quyidagicha: 
1. Tashkiliy tuzilmasidan (xususiy yoki davlat ta’lim muassasasi) qathiy nazar 
ta’limiy hamda kasbga tayyorlash dasturlarini davlat ta’lim standarti asosida tatbiq 
etuvchi oliy ta’lim muassasalari;
2. Oliy ta’limni rivojlanishiga zarur bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi 
ilmiy-tadqiqot institutlari;
3. Davlat tomonidan ta’limni boshqaruvchi idoralar, shuningdek, ularga qarashli 
bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalar.
O’zbekiston respublikasida oliy ta’lim ikki bosqichda amalga oshiriladi (1-
rasm).

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling