Buxgalteriya va menejment


Amaliyot hisobotini tarkibining qisqacha tavsifi


Download 120.9 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi120.9 Kb.
#1641572
1   2   3
Amaliyot hisobotini tarkibining qisqacha tavsifi. Ushbu amaliyot hisobotining tarkibi kirish, 3 ta asosiy reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, jadvallardan iborat
Diamond Farm 22
M A ‘ L U M O T
I. Umumiy ma’lumot
.Jalaquduq tumani Diamond Farm 22 2022 yil 6 iyulda tashkil topgan
Hududi: .Jalaquduq tumani manzili: Dostlik MFY Andijon ko‘chasi.
Ro‘yxat raqami va sanasi: 06.07.2022
Rahbarning F.I.Sh. Tursmatov Dilshodbek Axmatovich
Rahbarning telefon raqami: 97 9818281
Muassis nomi: Diamond Farm 22
Masulyati cheklangan jamiyati; Diamond Farm 22
Asosiy faoliyat turi dorixona
Iqtisodiy klassifikatsiyasi: Byudjet mablag‘lari.
Xodimlar soni:3 shundan, ma’muriy boshqaruv xodimi: 1.
III. Mol-mulklari
a)asosiy faoliyatdagi bino va inshootlari:
umumiy yer maydoni (ga):12 sotix
qurilish osti maydoni (kv.m.):yoq
shundan, ma’muriy bino (kv.m.):2sotixni tashkil etadi
foydali maydoni (kv.m.):hammasi
bo‘sh turgan jami maydoni (kv.m.):12


IV. Moliya-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

2022 yil
yakuni

O‘sish (kamayish) %

Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum

mln so‘m.

25




Sotilgan mahsulotlarning tannarxi

mln so‘m.

68




Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishning yalpi foydasi (zarari)

mln so‘m.

45




Davr xarajatlari, jami

mln so‘m.

98




shundan,










ma’muriy xarajatlar

mln so‘m.

56




Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

mlnso‘m

62




Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami

mlnso‘m

58




shundan,

mlnso‘m







dividendlar shaklidagi daromadlar

mlnso‘m

52


foizlar shaklidagi daromadlar

mlnso‘m

58




moliyaviy ijaradan daromadlar

mlnso‘m

64




valyuta kursi farqidan daromadlar

mlnso‘m

-




moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari

mlnso‘m







Foyda solig‘i to‘lagunga qadar foyda (zarar)

mlnso‘m







Jami yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar

mlnso‘m

1




Shundan,

mlnso‘m







foyda solig‘i

mlnso‘m







qo‘shilgan qiymat solig‘i

mlnso‘m







aksiz solig‘i

mlnso‘m







er solig‘i

mlnso‘m

0.7




mulk solig‘i

mlnso‘m

1




yagona soliq to‘lovi

mlnso‘m

2




qat’iy belgilangan soliq

mlnso‘m

1.3




jami majburiy to‘lovlar

mlnso‘m







Hisobot davrining sof foydasi (zarari)

mlnso‘m







Aktivlarning rentabelligi (umumxo‘jalik faoliyatining foydasining balans jamiga nisbati)

%







Kreditorlik qarzlari, jami

mlnso‘m

38




shundan: muddati o‘tgan

mlnso‘m







Debitorlik qarzlari, jami

mlnso‘m

15




shundan: muddati o‘tgan

mlnso‘m







Import hajmi

mlnso‘m







Eksport hajmi

mlnso‘m

0




Diamond Farm 22 ning tashkiliy tizimi taxlili.

Diamond Farm 22 da mavjud lavozimlarning shtat jadvali to‘g‘risida ma'lumot



MCHJ

Amaldagi lavozimi

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Rahbariyat

1

Diamond Farm 22

Firma boshlig’I

Tursmatov Dilshodbek Axmatovich

2

Diamond Farm 22

Ishchi hodim

Toshtemirova Maharamhon Ergashevina

Buxgalteriya sho'basi

6

Diamond Farm 22

Buxgalteriya bo‘limi hisobchisi

Umurzoqov Muhriddin Murodilovich



Diamond Farm 22 rahbari xodimlarga berilgan reja topshiriqlar bajarilishini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlab ishchi xodimlarning mehnat faoliyatidagi odob ahloq qoidalari hamda ish intizomini nazort qilib boradi.


Diamond Farm 22 ning Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlari va Buxgalteriya bo`limida yuritiladigan hujjatlar aylanishini xolati.
Buxgalterning vazifalari. Tashkilotning rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishini hamda to‘liq va aniq yuritilishini, moliya-xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini ta’minlanishi shart.
Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari, hisobchilari o‘zlarining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turadilar.
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi va tashkilotning boshqa biron–bir bo‘linmasi tarkibiga kiritilishi taqiqlanadi. Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga, buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobining yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarning o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning bajarilishiga javobgar bo‘ladi. Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funksional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.
Bosh hisobchining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– buxgalteriya hisobini mazkur yo‘riqnomaga va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
– buxgalteriya hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylash- tirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
– budjet mablag‘larini, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘larning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
– tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobining qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
– tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipen diyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;
– smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
– pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
– moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
– moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalari hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish;
– moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
– tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);
– asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
– buxgalteriya hujjatlarining, hisob registrlari, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);
– qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini ta’minlash.
Bosh hisobchi tashkilotning tegishli bo‘linmalari va xizmatlarining rahbarlari bilan birgalikda quyidagilarni muntazam ravishda nazorat qilishi shart:
– tovar-moddiy qimmatliklarning qabul qilinishi va topshirilishini rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
– mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, shtat, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishini;
– pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlarni inventarizatsiya qilish, hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini;
– belgilangan muddatlarda debitorlik qarzni undirib olinishi va kreditorlik qarzni qaytarilishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini, to‘lov intizomiga muntazam rioya etishni;
– qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash.
Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
– buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga
kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda (noto‘g‘ri tuzilganda);
– pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirimqilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibgazid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabulqilingan hollarda;
– pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar vakreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalgaoshirilganda;
kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda;
– buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiyhujjatlar talablari buzilganda.
Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar)lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazish masalasibosh hisobchi bilan kelishib hal qilinadi.Turli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarni, agar ular bevositatashkilotning moliya-xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek,xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarnibelgilash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh hisobchiko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.
Buxgalteriyaga boshlang‘ich hisob hujjatlarini topshirish muddatlaribosh hisobchi tomonidan tuzilib, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanganjadval asosida belgilanadi.
Tashkilotlarning barcha bo‘limlari (xodimlari) buxgalteriyagabuxgalteriya hisobini yuritish uchun kerak bo‘ladigan barcha zaruriyhujjatlarni o‘z vaqtida taqdim qilishlari shart.
Hisob registrlarida aks ettiriladigan yozuvlar uchun to‘liq rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hisob hujjatlari asos bo‘lib xizmat qiladi.Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy qimmatliklarning kirimiva chiqimi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlarini ikki nusxadarasmiylashtirilgan 442-son shakldagi reyestr bilan buxgalteriyagatopshiradilar. Bu reyestrning bir nusxasi moddiy javobgar shaxs
ishtirokida taqdim qilingan boshlang‘ich hisob hujjatlarni rasmiylashtirilishini tekshirib, hisobchining imzosi bilan moddiy-javobgarshaxsga qaytariladi, ikkinchi nusxasi esa, buxgalteriyada qoladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasibo‘yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi:
1-memorial order
– kassa operatsiyalari bo‘yicha jamlanma
qaydnoma, 381-son shakl;
2-memorial order
– budjet mablag‘larining harakatiga doir
jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
3-memorial order
– budjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir
jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
5-memorial order
– ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob
varaqalari yig‘indisi, 405-son shakl;
6-memorial order
– turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib
boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl;
8-memorial order
– hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha
jamlanma qaydnoma, 386-son shakl;
9-memorial order
– asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va
joydan joyga ko‘chirilishi bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl;
11-memorial order
– oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir
jamlanma qaydnoma, 398-son shakl;
12-memorial order
– oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir
jamlanma qaydnoma, 411-son shakl;
13-memorial order
– materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma,
396-son shakl;
15-memorial order
– ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik
uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha
qaydnoma, 406-son shaklQolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiyfondlarni har yilgi qayta baholash, budjetdan tashqari daromadlar hisobi,yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va «Storno» operatsiyalari bo‘yichaalohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchunalohida 16 dan boshlab raqamlanadi.Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talabqilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohidamemorial orderlarda (274-son shakl) belgilangan doimiy raqamlar berilibko‘rsatiladi.
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo‘lishiga qarab,ammo boshlang‘ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhiasosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi memorial orderlardaikkiyoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi.Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va ijrochi(hisobchi) tomonidan imzolanadi.Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi «Bosh-jurnal kitobi»daro‘yxatga olinadi. «Bosh-jurnal kitobi» har bir subschyot bo‘yicha
yuritiladi.
«Bosh-jurnal kitobi» o‘tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq
yil boshiga qolgan qoldiq summalarni ko‘chirib yozish bilan ochiladi.Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order-jamlanmaqaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi.Memorial orderdagi summa dastlab «Order bo‘yicha summa»qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi.
Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar summasi debetda hamkreditda ham «Order bo‘yicha summa» qatorining jamiga teng bo‘lishikerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyotbo‘yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.Analitik hisob buxgalteriya hisobi registrlarida (buxgalteriyadaftarlarida, kartochkalarida, qaydnomalarida va boshqalarda) yuritiladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari, hisob registrlari, moliyaviyhisobotlarni saqlashni, ularni rasmiylashtirib, arxivga topshirishmuddatlarini bosh hisobchi ta’minlaydi.
Hisob registrlariga yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yokizamonaviy hisoblash texnikasi yordamida boshlang‘ich hisob hujjat-laridan, ular olinganidan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan yoziladi.Har oy tugagandan keyin analitik hisob registlarida aylanmalarningjami hisoblanadi va subschyotlar bo‘yicha qoldiq chiqariladi.Joriy yilda hisob registrlaridagi buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan
xatolar belgilangan tartibda tuzatiladi.Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlariningto‘g‘riligini nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlarning harbir guruhi bo‘yicha aylanma qaydnomalar (M-44-son shakldagi materialzaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma, 285-son shakldagi aylanmaqaydnoma va 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanmaqaydnoma) tuziladi. Aylanmalar jami va aylanma qaydnomalardagi harbir analitik subschyot qoldiqlari 308-son shakl «Bosh-jurnal kitobi»dagimazkur subschyotlarning qoldiqlari va aylanmalari jami bilan har oyyakuni bo‘yicha taqqoslanadi.Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar bo‘yicha esa, harchorakda tuziladi. 326-son shakldagi aylanma qaydnomadagi yozuvlarkerak bo‘lgan hollarda bir necha yillar davomida olib borilishi hammumkin.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisob registrlarida yilboshiga qoldiq summalari o‘tgan yilgi yakunlovchi balansga va tegishlihisob registrlariga to‘la mos ravishda yoziladi.Agar yillik hisobot moliya organi yoki yuqori tashkilot tomonidanqabul qilinayotganda yakunlovchi balansda tuzatishlar qilingan bo‘lsa, moliya organi yoki yuqori tashkilotning tegishli yozma ko‘rsatmasigaasosan, bu tuzatishlar o‘tgan yilgi hisob registlariga ham, joriy yilregistlariga ham (kirim qoldiqlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) kiritibqo‘yiladi. Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar,memorial order – jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilanbirga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak.Hujjatlar uncha ko‘p bo‘lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bittaqilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobningnomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial orderningboshlang‘ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo‘yiladi.
Moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari, shuningdek, debitorlar vakreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlarva majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, shuningdek, inventarizatsiyanatijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirishqonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.Tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlardadavriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, set, shtat va kontingentlarbo‘yicha rejaning bajarilishi to‘g‘risida choraklik va yillik hisobotlarnituzadilar va topshiradilar. O‘zbekiston Respublikasida tashkilotlar tomonidan buxgalteriyahisobi milliy valuta – so‘mda yuritiladi.

XULOSA
Xizmat koʻrsatish sohasining rivojlanishi hozirgi zamon iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotda xizmatlar oʻsishining asosiy omillarini ilmiy bilimlar, nomoddiy shakldagi toʻplamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati integratsiyasi kabi omillar tashkil etadi. Iqtisodiyotning ushbu sektori turli xil faoliyat turlarini oʻz ichiga olib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu faoliyatning yakuniy natijasi tayyor mahsulot emas, balki koʻrsatilgan xizmatlardir. Xizmatlar nafaqat korxonalarga, balki jismoniy shaxslar - yakuniy iste'molchilarga ham koʻrsatilishi mumkin. Xizmatlar sohasi koʻlami juda xilma-xildir. Bunga mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan mijozga etkazib berish, shu qatorida koʻngilochar tadbirlarni tashkillashtirish. Shuningdek, sartaroshxonalar, restoranlar, ta'mirlash ustaxonalari, sport klublari, sayyohlik agentliklari va boshqalar kiradi.
Kichik tadbirkorlik sub'ektlari mamlakatda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda. Shu sababli, tadbirkorlik sub'ektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va rag’batlantirish zarur. Kichik tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning oʻsishi xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar umumiy sonining oʻsishiga ta'sir koʻrsatdi. Kichik tadbirkorlik sub'ektlar soni 2,7 ming birlikga koʻpaydi.
Ma’lumki, xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi aholi uchun munosib turmush sifatini ta'minlash koʻrsatkichi hisoblanadi. Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, past sifat va xizmatlarning yetishmasligi, zamonaviy xizmat koʻrsatishning yoʻqligi insonlarning yashashiga salbiy ta'sir koʻrsatadi. Aksincha, yuqori sifat va xizmatlarning turli xilligi odamlarning salomatligi va kayfiyatiga ijobiy ta'sir koʻrsatadi, ishchilarning mehnat unumdorligini oshiradi, iste'mol xarajatlarini kamaytiradi, boʻsh vaqtni koʻpaytirishga yordam beradi hamda boʻsh vaqt samaradorligini oshiradi.
Diamond Farm 22 oʻtagan amaliyotim davomida institutda olgan nazariy bilimlarimni mustahkamladim .Ayniqsa “Mehnat Iqtisodiyoti, statistika, menejment “fanidan oʻrgangan tajribalarim juda qoʻl keldi .
Dorixonani tahlil qilish davomida fuqarolarning huquqiy savodxonligi davlat tashkilotlari uchun ham qanchalik muhimligini tushindim . Chunki har kungi fuqarolar bilan boʻladigan mojarolar xodimni juda charchatadi , uning ishga boʻlgan motivatsiyasini soʻndiradi va xodimlar qoʻnimsizligini oshiradi.
Amaliyotim davomida orttirgan eng katta tajribam fuqarolar bilan toʻg’ridan toʻg’ri muomala qilish madaniyati boʻldi. Amaliyotim davomida qonunlarni yaxshi bilmasliklari sabab ayrim fuqarolarning davlat idoralariga nisbatan salbiy fikrdaligi yaqqol koʻzga tashlandi .


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

  1. Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich, Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib- intizom va shaxsiy javobgarlik - xar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2021-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2022-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muxim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2022 yil 14-yanvar. - Toshkent: «O’zbekiston», 2022.34-35-36-betlar.

4. Abduraxmanov Q.X. “Ekonomika”, “Ekzamen” 2021.
5. Abdug’aniyev A., To’lametova Z. O’zbekistonnning mehnat salohiyati. T. : “Mehnat”, 2022.
6. Abdurahmonov Q.H. va boshqalar “Davlat hizmati personalini boshqarish” 2022
7. N.Arabov. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va tamoyillari.
8. X.Rejabov. Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozoriga ta’sir etuvchi omillar.
9. Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik) “Mehnat” - 2022. 117-118
10. Beysenov S., Muxambetov T. Infrastruktura 2021.-№1. -S. 25-28.
11. Xolmo’minov Sh.R., Arabov N.U. Mehnat bozori infratuzilmasi. O’quv qo’llanma. –T.: “Fan va texnologiyalar”, 2021. -18 b.
12. O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 06.09.2019 yildagi “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 704-son qarori.
13. 2022-yil yakuni O‘zbekiston mehnat bozoridagi asosiy tendensiyalar.
14. O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 13.03.2023 yildagi “yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida 106-son qarori.
15. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 16.02.2023 yildagi“qaytatiklanuvchienergiyamanbalarinivaenergiyatejovchitexnologiyalarnijoriyetishnijadallashtirishchora-tadbirlarito‘g‘risida” PQ 57-son qarori.
16. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 23.02.2023 yildagi“kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ 70-son qarori.
17.O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF 60-son farmoni.
Elektron manbalar:

  1. www. soliq.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi sayti.

  2. www.cbu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.

  3. www.webofscience.com – Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.

  4. www.sciencedirect.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.

  5. www.ziyonet.uz

  6. www.arxiv.uz

  7. www.aim.uz

  8. www.lex.uz

  9. www.stat.uz

  10. www.kutubxona.uz

  11. www.ziyonet.uz



Download 120.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling