Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi.
Buhgalteriya hisobining predmeti nima?
Buxgalteriya hisobining predmeti deganda unda aks ettiriladigan ob’ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ob’ektlar bo’lib korxonalar xo’jalik faoliyati, xo’jalik faoliyati natijalari, ular aktivlari va aktivlarni tashkil toppish manbalari hisoblanadi.
Ho’jalik faoliyati nima?
Ho’jalik faoliyati deganda korxona tomonidan foyda olish maqsadida olib borilayotgan hamda mazmunan alohida nomlardagi faoliyat turlarini tashkil qiluvchi ho’jalik jarayonlari va operatsiyalari (muomalalari) majmuasi tushuniladi.
Ho’jalik opertsiyasi nima?
Ho’jalik operatsiyasi (muomalasi) deganda korxonada yuz bergan va berayotgan aniq harakatlar,ishlar tushuniladi.
Ho’jalik yurutuvchi subektlarning faoliyat turlariga nimalar kiradi?
Asosiy faoliyat,asosiy bo’lmagan faoliyat, investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat.
Ho’jalikni asosiy faoliyati nima?
Asosiy faoliyat- bu korxonaning bosh maqsadini ifodalovchi hamda uning ustavida ko’rsatilgan faoliyat turi (yoki turlari).
Ho’jalikni asosiy bo’lmagan faoliyat nima?
Asosiy bo’lmagan faoliyat-bu korxonaning bosh maqsadi bo’lib hisoblanmaydigan,shu bilan birga qo’shimcha foyda olish maqsadida hamda asosiy faoliyat uchun zarurat yuzasidan yuritiladigan faoliyat turi yoki turlari.Ularga investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat, innovatsiya faoliyati kabilar kiradi.
Ho’jalikni asosiy faoliyati qanday jarayonlardan iborat?
Ta’minot jarayoni ,ishlab chiqarish jarayoni, sotish jarayoni.
Ho’jalikning investitsia faoliyati nimadan iborat ?
Investitsiya faoliyati- korxonaning o’z daromadlarini o’zga korxonalarga yordam berish va qo’shimcha daromad olish maqsadida kiritish bilan bog'
Ho’jalikning moliyaviy faoliyati nimadan iborat ?
Moliyaviy faoliyat- o’zga korxonalar (bank va boshqalar) mablag’larini korxonaga kredit va qarz sifatida kiritish hamda jalb qilish bilan bog’liq faoliyat.
Ho’jalik aktivlari nima?
Aktivlar deganda-xo’jalik yurituvchi sub’ektning baholash qiymatiga ega va o’z ichiga pul mablag’lari va debitorlik qarzlarni olgan moddiy,shuningdek,nomoddiy mulki tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |