Buxgalteriya xisobi va audit
AS egri chizig'i va unga ta'sir etuvchi omillar
Download 327.01 Kb.
|
#15 Javoblari Makroiqtisodiyot
2.AS egri chizig'i va unga ta'sir etuvchi omillar.
Jami taklif deganda muayyan narxlar sharoitida real ishlab chikarish mumkin bolgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Narxlarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi va aksincha past narxlar mahsulot ishlab chiqarishhajminiqisqartiradi. SHuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan narxlar darajasi o'rtasida tog`ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarishhajmi narxlar o'sib borishi bilan o'sib, pasayishi bilan tushib boradi.jami taklif egri chizig'i uch qismdan, gorizantal yoki keynsian kesma, ko'tarilib boruvchi yoki oraliq kesma va vertikal yoki klassik kesmadan iborat. Jami taklif egri chizig idagi bu kesmalar qanday iqtisodiy vaziyatlarni aks ettiradi? 1. Gorizantal kesma iqtisodiyot chuqur inqirozga uchragan va katta Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni narxlar darajasiga ta'sir korsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi o'sa boshlasa, ishlab chigarishdagi xech qanday vaziyat narxlar oshishiga ta'sir ko'rsatmaydi. CHunki, uch-turt oy bo'sh yurgan ishchilar ish joylariga qaytishgach, maoshlarini oshirishni talab qilishmaydi. SHuningdek, ishlab chiqaruvchilar oziga zarur bo'lgan resurslarni barqaror narxlarda sotib olishlari mumkin, ishlab chigarish xarajatlari kupaymaydi. Demak, mahsulotlar narxining oshishiga asos yo'q. Ushbu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi o'zgarganda narxlar darajasi o'zgarmaydi. 2. Vertikal yoki klassik kesma egri chiziq bo yicha o'ngga siljishi natijasida ishlab chiqarishning mavjud hajmida iqtisodiyot to'liq bandlik sharoitiga yoki ishsizlikning tabiy darajasi sharoitiga yerishgan vaziyatni ko'ra Egri chiziqning bu nuqtasida iqtisodiyot ozining ishlab chiqarish imkoniyatlari darajasida bo'ladi. Bu shuni bildiradiki, narxlarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib kelmaydi. CHunki, iqtisodiyot to'liqquvvatda faoliyat korsatayapti. To'liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga yuqoriroq narxlarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalar resurslar va ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin, boshqalari esa yo'qotadi. Natijada bu narxlar oshishidan mahsulotlar narxi oshishi mumkin, ammo ishlab chiqarishning real hajmi o'zgarmay qoladi. Jami taklif egri chizig'ining vyertikal qismida ikkita kamchilik mavjud: a) bu kesma klassik iqtisodiy fanlar nuqtai nazaridan qaralgan va to'liq bandlik-me'yor-deb qabul qilingan. 1. b) real hajmi>-bu, o'zgaruvchan tushunchalar. CHunki, ishchi kuni va ishchi kuchlari ayrim vaqtlarda me'yordan oshib ketishi ham mumkin. 3. Oraliq kesma-ishlab chiqarish real hajmining o'sishi narxlar darajasining osishiga mos ravishda o'sib boradi. Nima uchun? CHunki, iqtisodiyotning iqtisodiy pasayish holatidan toliq bandlikka o'tish sharoiti noteks va turli vaziyatlarda ro`y byeradi. Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning etishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda aksincha. SHuningdek, ular ishlab chigarishni kengaytirish uchun eski asosiy vositalardan va malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga to'gri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada narxlar darajasining o'sishiga olib keladi. Jami taklif egri chizig 'idagi bu uchta kesma ayrim iqtisodchilar o'rtasida tortishuvlarga sabab bo'lmoqda. AS egri chizig'i va unga ta'sir etuvchi omillar. Keynschilik maktabi akillari jami taklif egri chizig ini gox gorizantal, gox ko'tarilib boruvchi, deb hisoblaydilar va shu sababli jami taklifdagi har qanday o zgarishlar ishlab chiqarish hajmi va bandlikka ta'sir etadi, deydilar. Klassik yoki neoklassik maktab vakillari egri chiziq butunlay vvertikalko'rinishda bo'ladi, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, jami taklifning o'zgarishi iqtisodiyot uchun unchalik sezilarli emas. CHunki, bu o zgarish faqat narx darajasiga ta'sir etib, ishlab chiqarish hajmi va bandlike darajasining o'zgarishiga olib kelmaydi. SHuningdek, ishlab chiqarish hajmi ko'payishi yoki kamayishi narxga bog'liq bo'lmagan omillar hisobiga ham ro'y berishi, bu omillar jami taklif egri chizig'ini goh ong tomonga, goh chap tomonga surishi mumkin. Narxga bog`liq bo'lmagan omillarnig xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta'sir qiladi va shu orqali Re va Qe lar bilan belgilangan. Nima uchun Re narxlarning muvozanatli darajasi va Qe milliy ishlab chiqarishning muvozanatli darajasini bildirishini ko`rsatishimiz uchun narxlar darajasi Re bilan emas, balki Rı bilan ko'rsatilgan. Jami taklif egri chizig'i ko'rsatayaptiki, narxlar darajasi R1 bo'lgan vaziyatda korxonalar milliy ishlab chiqarish hajmini Q1 miqdoridan oshirmaydi. Iste'molchilar bunday xajmdagi mahsulotlarni Rı darajada sotib olishga tayyor turadi. Iste'molchilar o'rtasidagi raqobat narxlar darajasini Re gacha suradi. 4-chizmadagi strelkaning ko'rsatishicha, narxlar darajasining R1 dan Re gacha ko'tarilishi ishlab chiqarish hajmini Q1 dan Qe gacha oshirishga va iste'molchilarning iste'molini Q2 dan Qe gacha kamaytirishga olib keladi. AS egri chizig'i va unga ta'sir etuvchi omillar. Download 327.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling