Buxgalteriya xisobi va audit
IS - LM modelining moxiyati va AD-AS modeli bilan boglikligi
Download 327.01 Kb.
|
#15 Javoblari Makroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- IS - LM modeli
- 2. Modelning asosiy tenglamalari.
- 3. IS - egri chizigi va uning tenglamasi.
IS - LM modelining moxiyati va AD-AS modeli bilan boglikligi.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiktisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta`sirini umumlashtirib tadkik kilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS - LM modeli birinchi marta 1037 yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiktisodiy kontseptsiyasini izoxlash uchun taklif etildi xamda 1949 yilda A. Xansenning “Monetar n6azariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr kilinganidan so`ng keng yoyildi. SHu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb xam yuritiladi. I S - LM modeli kiska muddatli davrga xam tovarlar xam pul bozorida birgalikda muvozanat o`rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori deganda xam iste`mol xam investitsion tovarlar bozori tushuniladi. Garchand iste`mol va investitsion tovarlarga talab turli omillar bilan belgilansada IS - LM modelida ular bir butun deb karaladi. Pul bozori deganda xazina veksellari va tijorat kogozlari ko`rinishidagi kiska muddatli kredit vositalarini oldi sotdi mexanizmi tushuniladi. Bu bozorni obligatsiyalar bozoridan farklash zarur. Pulning obligatsiyalarda ifodalangan nisbiy baxosi obligatsiyalar bo`yicha foiz stavkasidir. “IS - LM modeli (investitsiyalar-jamgarmalar, likvidlilikni afzal ko`rish – pul) – yalpi talab funktsiyasini belgilovchi iktisodiy omillarni aniklash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanatim modeli”*. AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining alokasi e`tiborga olingan edi. YA`ni tovarlar va xizmatlar baxolarining ko`tarilishi pulga bo`lgan talabni oshirishi bu esa o`z navbatida foiz stavkasining ko`tarilishiga olib kelishi, okibatda investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida ko`zda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini kiska muddatli davrga aniklashtiradi va bu modelda xar ikkala bozor yagona makroiktisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon bo`ladi. Model’ bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga boglik tarzda foiz stavkasi R bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini belgilaydi. 2. Modelning asosiy tenglamalari. IS-LM (investitsiya - jamgarmalar, likvidlilikning afzalligi - pul) modeli foiz stavkasi R bilan daromadlar Y ning bir vaktning o`zida xar ikkala bozorda muvozanatni ta`minlaydigan kombinatsiyalarini topish imkonini beradi. Modelning asosiy tenglamalari kuyidagilar: 1. Y=C +I + G +Xn — asosiy makroiktisodiy ayniyat. 2. C = a+b (Y-T) — iste`mol funktsiyasi, bu erda T = Ta + tY. 3. I = e-dR — investitsiya funktsiyasi. 4. Xn = d- m`Y - nR — sof investitsiya funktsiyasi. 5. M/P =kY - hR — pulga talab funktsiyasi. IS-LM modelida ko`rilgan barcha tenglamalar bajarilsa muvozanatga erishiladi. Modelning endogen o`zgaruvchilari Y,C,I,Xn va foiz stavkasi R. Modelning ekzogen o`zgaruvchilari G, Ms va chegaraviy solik stavkasi t. a,b,c,d,m`,n,k va h empirik koeffitsientlar bo`lib musbat va nisbatan barkarordir. Y xakikiy < Y potentsial bo`lgan kiska muddatli davrga muvozanat ko`rib chikilayotganda, modelda, baxolar darajasi o`zgarmas, foiz stavkasi R va daromad Y o`zgaruvchan deb olinadi. Y xakikiy = Y potentsial bo`lgan, ya`ni to`lik bandlik sharoitida baxolar darajasi R o`zgaruvchan, Ms nominal kattalik va boshka barcha o`zgaruvchilar real kattaliklardir. 3. IS - egri chizigi va uning tenglamasi. IS-egri chizigi tovarlar xizmatlar bozorida foiz stavkasi R va daromadlar darajasi Y ning kombinatsiyalarini xarakterlovchi, bir vaktning o`zida asosiy makroiktisodiy ayniyat, iste`mol, investitsiya va sof eksport funktsiyalari kondiriladigan nuktalarning geometrik joylashuvini xarakterlaydi. Bu egri chizikning xar bir nuktasida investitsiyalar va jamgarmalar o`zaro teng bo`ladi. IS-egri chizigini Keyns xochi va investitsiya funktsiyasi grafigi yordamida keltirib chikaramiz. * Download 327.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling