Buxgalteriya xisobi va audit


Ispaniya – eng ko‘p bank bo‘linmalariga ega mamlakat


Download 435.51 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi435.51 Kb.
#1393625
1   2   3   4
Bog'liq
Ispaniya pul tizimi

Ispaniya – eng ko‘p bank bo‘linmalariga ega mamlakat
Ispaniya bank tizimi xalqaro moliyaviy bozorlar bilan to‘liq bog‘langan va umumiy olib qaraganda ancha rivojlangan. Ispaniya Yevropada aholi jon boshiga eng ko‘p bank bo‘linmalari mavjud mamlakat hisoblanadi. Shu sababdan, mazkur mamlakatga ko‘chishdan oldin moliyaviy operatsiyalarni hal qilish masalalari to‘g‘risida yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerak. Ispaniyadagi banklar onlayn xizmatlar ko‘rsatishni ham yaxshi yo‘lga qo‘ygan. Qolaversa, har bir bankning o‘z mobil ilovalari ham bo‘lib, bu ham ushbu bank xizmatlaridan foydalanishni qulaylashtiradi.
Soliq tizimiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Ispaniyada daromad olishni boshlashingiz bilan sizdan soliq to‘lash talab qilinadi. Agar siz mamlakatda 183 kundan ortiq qolsangiz, nafaqat Ispaniyada, balki boshqa davlatdan oladigan daromadingiz uchun ham soliq to‘laysiz.
Ispaniyada birinchi marta bank hisobini ochish arafasida turgan bo‘lsangiz, siz ikki turdagi bank xizmatlarini topasiz: xususiy banklar (Bansos) yoki davlat banklari (Sajas), shuningdek omonat kassalari deb ham ataladi.
Xususiy banklar ilgari anchagina faolroq bo‘lgan. Hozirgi vaqtda, xususiy va davlat banklari xizmatlari va takliflari o‘rtasida deyarli farq ko‘zga tashlanmaydi. Shunga qaramay, siz davlat banklarining filiallari va bankomatlari kamroq ekanligi muammosiga duch kelishingiz mumkin. Buni muammo deb atashimizning sababi shuki, Ispaniyada siz mijoz bo‘lmagan bank bankomatidan pul yechish qo‘shimcha to‘lovga olib kelishi mumkin. Agar sizda bu kabi qo‘shimcha to‘lovlarga toqat bo‘lmasa, filiallari va bankomatlari ko‘proq bo‘lgan bankda hisob ochgan ma’qul. 
Ispaniyada norezident sifatida bank hisobini ochish talablari
Ispaniyada rezidentlar va norezidentlar uchun joriy bank hisoblarini ochish mumkin. Yashash maqomidan qat’i nazar, har ikkala turdagi hisoblarni ham onlayn tarzda ochishingiz uchun sharoit yaratilgan. Xoh rezident sifatida bo‘lsin, xoh norezident, ba’zi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun bankka tashrif buyurishga to‘g‘ri kelishi mumkin. 
Ispaniya fuqaroligiga erishgach, sizning rezident bo‘lmagan bank hisobingiz rezident hisobiga aylantirilishi mumkin. Bunda, shuningdek, imtiyozlar ham birmuncha oshadi. Xuddi shunga o‘xshab, agar siz Ispaniya fuqaroligidan chiqsangiz, rezident hisobingizni norezident hisobiga o‘zgartiradi.

Download 435.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling