Buxgalteriya xisobi va audit


Download 334.17 Kb.
bet1/4
Sana19.11.2023
Hajmi334.17 Kb.
#1786382
  1   2   3   4
Bog'liq
Biznes samaradorligini boshqarish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“BUXGALTERIYA XISOBI VA AUDIT” FAKULTETI


«IQTISODIYOT » KAFEDRASI
Fan: “BIZNES SAMARADORLIGINI BOSHQARISH”
ORALIQ NAZORAT

22




Bajardi: J.D.Umarkulov
Tekshirdi: S.S.Sobirjonov


Toshkent-2023
Biznesni boshqarish (ERP, CRM, BPM) tizimlari.


Reja:
3.1. Korxona resurslarini rejalashtirish (ERP)
3.2. Mijozlar bilan о‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM)
3.3.Biznes samaradorligini boshqarish (BPM)


Tayanch iboralar: Enterprise Resource Planning System, ERP, mijozlar bilan о‘zaro munosabatlarni boshqarish, CRM-tizimi, strategik CRM, operatsion CRM, analitik CRM, aralash (qо‘shma) CRM, Business Performance Management (BPM.)


3.1. Korxona resurslarini rejalashtirish (ERP)
Enterprise Resource Planning System (ERP — Korxona resurslarini rejalashtirish tizimi) — AT bazasida korxonaning ichki va tashqi resurslarini (etarli fizik aktivlar, moliyaviy, material-texnik va inson resurslari) boshqarish uchun integrallashgan tizim.
ERP tizimining maqsadi korxona ichidagi barcha xо‘jalik bо‘linmalar (biznes-funksiyalar) orasida axborot oqimiga ta’sir etish va boshqa korxonalarni axborotli qо‘llab-quvvatlash xisoblanadi. Qoidaga kо‘ra markazlashgan ma’lumotlar bazasida qurilgan ERP tizimi korxonaning standartlashtirilgan yagona axborot makonini shakllantiradi.
ERP tizimi asosida barcha korporativ biznes axborotni о‘z ichiga oluvchi va korxonaning istalgan zarur xodimlar sonining ularga mos ravishda berilgan xuquqlari bilan bir vaqtda murojatini ta’minlovchi ma’lumotlarning yagona omborini yaratish prinsipi yotadi.
ERP-tizimi quyidagi funksiyalar tо‘plamini о‘z ichiga oladi:

  • Ishlab chiqariluvchi buyumlarning tarkibini xamda ularni ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan jarayonlar va material resurslarni aniqlovchi konstruktorlik va texnologik spetsifikatsiyalarni olib borish;

  • Ishlab chiqarish va savdo rejalarini shakllantirish;

  • Maxsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun yetkazib berish muddati va xajmini, materiallar va extiyot qismlarga extiyojni rejalashtirish;

  • Zaxira va sotib olishni boshqarish: shartnomalarni yuritish, sotib olishni markazlashtirilgan amalga oshirish, sex va omborxona zaxiralarini optimallashtirish va qayd etishni ta’minlash;

  • ishlab chiqarish quvvatini yiriklashtirilgan rejalashtirishdan, to aloxida stanoklar va uskunalarni ishlatilishigacha rejalashtirish;

  • moliyaviy va boshqaruv qaydlari, moliyaviy rejani tuzish va uni bajarilishi nazoratini amalga oshirishni kiritgan xolda moliyani tezkor boshqarish;

  • loyixalarni, ularni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan resurslar va bosqichlarni rejalashtirishni о‘z ichiga olgan xolda, boshqarish.

ERP tizimining MRPII tizimidan asosiy farqlari:

  • ishlab chiqarish tiplarining, xamda tashkilotlar va korxonalar faoliyati turlarining kо‘p sonliligi;

  • faoliyatning turli yо‘nalishlari bо‘yicha resurslarni rejalashtirish;

  • korporativ strukturalar orqali guruxli avtonom ishlovchi korxonalarni boshqarish imkoniyati;

  • boshqaruv va moliyaviy rejalashtirish quyi tizimlariga e’tiborning kо‘proqligi;

  • transnatsional korporatsiyalarni boshqaruv funksiyalarining mavjudligi;

  • korxonaning axborotli infrastrukturasini yaratishga, egiluvchanlikka, ishonchliligiga, turli dasturiy platformalar bilan moslashishiga e’tiborning kо‘proq qaratilganligi;

  • korxonada qо‘llaniladigan ilovalar va boshqa tizimlar bilan integratsiyasi;

  • QQQQQ dasturiy vositalari bilan integratsiyasi yoki tizimda mavjudligi;

  • rivojlangan sozlash vositalari va apparat dasturiy vositalarini konfiguratsiyalashning mavjudligi.

ERP II tizimi – bu internet texnologiyalari taqdim etadigan axborot kanallari yordamida mijozlar va kontragentlar bilan korxonaning torroq о‘zaro ta’sir etish imkoniyatini beruvchi ERP tizimi metodologiyasi.
ERP tizimini tadbiq etish sabablari:

  • Moliyaviy axborotni integratsiyalash

  • Buyurtmalar xaqida axborotni integratsiyalash

  • Ishlab chiqarish jarayonini standartlashtirish va tezlashtirish

  • Omborxona zaxiralarini kamaytirish

  • Personal bо‘yicha axborotni standartlashtirish




Download 334.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling