Hisobvaraqlardagi ikkiyoqlama yozuv va uni asoslash
Ikki yoqlama yozuvga misollar:
3-misol. Xisob-kitob schyotidan mahsulot etkazib beruvchilarga 8 ming so‘m miqdorida oldindan xaq o‘tkazildi. Ushbu operatsiya natijasida hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari kamaydi va mol etkazib beruvchining korxonaga qarzi (debitorlik qarzi) ko‘paydi. 5110-«Xisob-kitob schyoti» hisobvarag‘i - aktiv, 4310-«TMZlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» hisobvarag‘i xam aktivdir. Shuning uchun 8 ming so‘m 4310-«TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» hisobvarag‘i debetiga va 5110-«Hisob-kitob schyoti» hisobvarag‘i kreditiga yoziladi.
Д-т 4310(A) К-т Д-т 5110(A) К-т
(+)
8000
Mol yetkazib beruvchilarning debitor qarzi ko’payishi
(-)
8000
Hisob-kitob schetidagi pul mablag’larining kamayishi
Hisobvaraqlardagi ikkiyoqlama yozuv va uni asoslash
Ikki yoqlama yozuvga misollar:
4-misol. Mol etkazib beruvchidan 8 ming so‘mlik materiallar olindi. Demak, ombordagi materiallar ko‘payadi va mol etkazib beruvchilarning qarzi kamayadi. 1010-«Xom ashyo va materiallar» hisobvarag‘i ombordagi mavjud materiallarni hisobga oladi va aktiv hisoblanadi. 4310-«TMZlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» hisobvarag‘i xam aktavdir. Shuning uchun 8 ming so‘m 1010-«Xom ashyo va materiallar» hisobvarag‘i debeti va 4310-«TMZlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» hisobvarag‘i kreditiga yoziladi.
Д-т 1010(A) К-т Д-т 4310(A) К-т
(+)
8000
Ombordagi materiallarning ko’payishi
(-)
8000
Mol yetkazib beruvchilarning debitor qarzi kamayishi
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |