Buxgalteriya xisobining tavsiflanishi


- Xo‘jalik sub’ektining shaxsiy tarkibi, uning turkumlanishi,mexnatga xak tulashni shakllari va turlari


Download 334 Kb.
bet11/13
Sana16.02.2023
Hajmi334 Kb.
#1203278
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
JAVOBLAR BUXGALTERIYA

66 - Xo‘jalik sub’ektining shaxsiy tarkibi, uning turkumlanishi,mexnatga xak tulashni shakllari va turlari.

Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga ushbu shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni o'tkazish rejasidan ko'chirma yoki shu organ qabul qilgan rejadan tashqari yoxud muqobil tekshirish o'tkazish to'g'risidagi qarorning ko'chirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish o'tkazish to'g'risidagi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi hamda tekshirishni o'tkazish muddatlari ko'rsatilgan buyrug'ining ko'chirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshirishlarni o'tkazishga ruxsat berilganligi to'g'risidagi maxsus guvohnomasi va shaxsiy guvohnomasi bo'lganda yo'l qo'yiladi.


67 - Bajarilgan ish xajmi va ish xakini xujjatlarda rasmiylashtirish. Mexnat va ish xakining sintetik xamda analitik xisobi
Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish

Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki kontrakti) va u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to‘g‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi.

Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha xodimlarning ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi.

Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi.


68 – Xodimlarga berilgan avanslar xisobi
Xodimlarga berilgan bo‘naklarning hisobi
Korxonalar o‘zlarining xodimlariga turli maqsadlarda bo‘nak tariqasida mablag‘larni berishlari mumkin, masalan ish haqi bo‘yicha, qiladigan safari bo‘yicha, tayyorlov maqsadida va boshqa maqsadlarda. Bunday debitorlik qarzlari bo‘yicha hisobkitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi:
4210 “Ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar” – bu aktiv schyot korxonaning o‘z xodimlariga ish haqi bo‘yicha hisobot davri ichida bergan mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Xodimlarga ish haqi bo‘yicha bo‘naklar kassadan to‘lov qaydnomalari asosida beriladi. Umumiy berilgan bo‘nak summasiga to‘lov qaydnomalari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Debet 4210 « Ish haqi bo‘yicha berilgan avanslar “
Kredit 5010 «Kassa»
Berilgan bo‘naklar oy oxirida xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e’tiborga olinadi va jami hisoblangan ish haqidan ushlab qolinadi, ya’ni:
Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar»
Kredit 4210 « Ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar “

69- Xodimning boshka operatsiyalar bo‘yicha karzi xisobi



Download 334 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling