Buxgalteriya xisobining tavsiflanishi


Boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlar bilan


Download 334 Kb.
bet12/13
Sana16.02.2023
Hajmi334 Kb.
#1203278
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
JAVOBLAR BUXGALTERIYA

Boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlar bilan

hisob-kitoblar hisobi
Korxona xodimlari bilan mehnat haqi bo’yicha, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblardan tashqari barcha turdagi hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi”;
4720 “Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi”;
4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi”;
4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”.
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’ida korxona xodimlariga kreditga berilgan tovarlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.

70- Jismoniy shaxslar daromadlari tarkibi, ularni solikka tortish va mexnat xakidan boshka ushlab kolinadigan summalar lisobi


Daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardir.
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti – tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan ko‘proq muddat O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblanadi.
Soliq solinadigan baza – soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning ohirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
71 – Yagona ijtimoiy tulov bo‘yicha xisoblashishlar
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 12 (I)-son, 162-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari bo‘yicha soliq hisoboti shakllari ushbu qaror ilovasiga muvofiq tahrirdagi 4a-ilova bilan to‘ldirilsin.
2. Shunday tartib belgilansinki, unga asosan ushbu qaror ilovasiga muvofiq har bir jismoniy shaxs kesimida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan fuqarolarning sug‘urta badallari summalari to‘g‘risida ma’lumotlar soliq to‘lovchilar tomonidan 2019-yilning 1-yanvariga qadar ixtiyoriy ravishda taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror 2018-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
72 - Mexnat ta’tilini xisoblash va tulash xisobi
O‘rtacha ish haqi miqdorini hisoblab chiqishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallarini (davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallarni) hisoblashdagi barcha to‘lovlar hisobga olinadi.
Hisoblash kuniga to‘g‘ri keladigan ish haqi bo‘lmagan xodimlar (masalan, vaqtinchalik ish bo‘lmaganligi uchun ish haqi saqlanmagan holda ta’tilda bo‘lganlar, bola parvarishida bo‘lganlar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lganlar) yoki xodimning o‘rtacha ish haqi miqdori qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanganda, o‘rtacha daromad ushbu davrdan oldingi o‘tgan oy uchun hisoblangan ish haqi asosida hisoblanadi.
73 - Mexnat ta’tili rezervlari va to‘lovlarini tashkil etish

Download 334 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling