Buxgalterlik kasbi
Buxgalterda karera qanday bo‘lishi mumkin?
Download 13.55 Kb.
|
BUXGALTERIYA
Buxgalterda karera qanday bo‘lishi mumkin?
Bu uning bilimiga, doimiy tarzda malakasini oshirib borishiga bog‘liq. Mahoratli va ishchan buxgalter bir necha yilgi ish faoliyatidan so‘ng bosh buxgalter darajasiga ko‘tarilishi mumkin, bu ham faxrli va “daromadli”. SHu bilan birga, bosh buxgalter zimmasiga yuklanadigan mas’uliyat oddiy maoshni taqsimlovchi ishchinikiga qaraganda bir necha barobar ortiqrok. Buxgalter – zerikarli kasb deb o‘ylaganlar yanglishishadi. Lekin, agar, bu kasbni faqatgina uni egallashga yo‘l ochiqligi va bu kadrlarga talab yuqoriligi uchun tanlasangiz, sizdan yomon buxgalter chiqishi, oxir oqibat ish joningizga tegib ketishi turgan gap. Ixtiyoriy kasbni ko‘ngilga qarab tanlashingiz lozim va buxgalteriya ham bundan mustasno emas. Agarda debet va kreditlar bilan bog‘liq bo‘lgan ish sizni o‘z-o‘zidan o‘ziga jalb qilmasa, bu ishni tanlaganingizdan so‘ng, siz yuqori maosh to‘lanadigan ishga ega bo‘lish haqida orzu qilmasangiz ham bo‘ladi. Bundan tashqari, ish sizda na turg‘un, na yuqori bo‘ladi. CHunki har bir rahbar buxgalterdan ijodiy tashabbuskorlikni kutadi. Bu tashabbuskorlik, birinchi navbatda, soliqka to‘lanadigan pullarni tejab qolish yoki hujjatlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun jarima to‘lamaslik mahoratiga borib taqaladi. Buxgalter – mohiyati jihatidan, korxona, tashkilot, firmaning mulklari va mablag‘lari qo‘riqchisi. Aynan shuning uchun ham u qadrlanadi. Malakali buxgalter auditorlik firmasiga auditor bo‘lib joylashishi mumkin. Auditor – o‘sha buxgalter, faqatgina yuqori darajali. Agar buxgalter, asosan, mehnat daftarchasi “yotgan” tashkilotning moliyaviy hujjatlari bilan shug‘ullansa, auditor uning mijoziga aylanishni xohlagan yoki shunga majbur bo‘lgan tashkilotlarning moliyaviy, qo‘pol qilib aytganda, “”uyumlarini yoyadi”. Oddiyroq qilib aytganda, auditorlar firmaning moliyaviy hujjatlarini yaxshi tushunishlari, moliyaviy zanjirning yo‘qotilgan qismlarini topa olishlari, soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan hisobotlardagi xatolarni to‘g‘rilab bilishlari, va umuman, firma soliqlarini minimumlashtirishlari uchun qadrlanishadi. Ba’zida firma tajribasizroq buxgalterga ega bo‘lgani uchun davlatga ortiqcha haq to‘lash holatlari ham kuzatiladi. Buxgalter bo‘lishni xohlaysizmi? Unda, olg‘a. Har qanday holatda buxgalterlik hisobi asoslari bilimlari ortiqcha bo‘lib qolmaydi. Download 13.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling