Buxgaltriya hisobi va audit


ASOSIY QISM Buxgalteriya hisobi tushunchasi


Download 1.52 Mb.
bet3/12
Sana25.10.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1719721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hisobot Feruz

ASOSIY QISM
Buxgalteriya hisobi tushunchasi
Buxgalteriya hisobi – bu faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektning mulki, majburiyatlari va xo’jalik muammolari to’g’risidagi va ularni harakatini yoppasiga uzluksiz hujjtlashtirish yo’li bilan tartibli yig’ish, nazorat qilish, o’lchash, ro’yxatga olish, ishlov berish va pul ko’rinishida olish tizimi.
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi – to’liq va ishonarli axborotlarni shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta’minlash, shuningdek boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan foydalanish.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi, bu –

    • sub’ektning iqtisodiyoti to’brisida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi axborot tizimidir;

    • iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o’lchash va uzatish jarayonidir;

    • cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir.

Har qanday tadbir inson tomonidan amalga oshirilgani kabi buxgalteriya hisobi ham buxgalterlar tomonidan yuritiladi va barcha printsiplarni amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobini korxona to’g’risidagi moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi tizim, biznes amaliyotiga iqtisodiy nazariyani amalda qo’llovchi, jahon ishbilarmonlar tili, soliqqa tortiladigan bazani shakllandirish usuli desak, bozor iqtisodiyotii sharoitida buxgalter – bu moliyaviy axborotlar menejeri, moliyaviy axborotlar ta’minlovchi mutaxassis, moliyaviy asosda qarorlar qabul qilish bo’yicha menejmentga faol yordamchi va nihoyat korxona faoliyatini tubdan yaxshilovchi shaxsdir.
Amaliyotda buxgalteriya hisobi oldiga an’anaviy ravishda quyidagi talablar qo’yilgan edi:

  1. Hisob ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi;

  2. o’z vaqtidaligi, aniqligi va ob’ektivligi;

  3. To’laligi;

  4. Ravshanligi;

  5. Tejamliligi va hammabopliligi va h.k.

Birinchi talab - hisob ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi hisob ko’rsatkichlarining markazlashtirilgan tartibda belgilangan reja ko’rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta’minlash nazarda tutar edi. Korxonani rivojlantirish rejalari korxonaning o’zi ishlab chiqadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish nuqtai nazaridan ko’rilishi kerak. o’z vaqtidaligi, aniqligi va ob’ektivligi talabiga kelsak, shuni aytishimiz lozimki, xalqaro standartlarga binoan o’rinlilik, ahamiyatlilik va moddiyliligiga ko’proq ahamiyat beriladi. Buxgalteriya hisobida ko’proq e’tibor nazariydan ko’ra amaliy tomonga berilishi kerak. Masalan, ma’muriy ehtiyojlar uchun qog’ozning sarflanishi harajatning aniq hisobi, sarflangan qog’ozning xaqiqiy tannarxini harajatlar yuzaga keladigan joylar va javobgarlik markazlari hamda ish joylarida sarflanmay qolgan qog’ozlar qoldig’ini hisoblab chiqishni talab qilmaydi. O’og’ozni ombordan berish odatga ko’ra harajat hisoblanadi. Garchi nazariy nuqtai nazardan biz xaqiqatda sarflangan qog’oz, uning xaqiqiy tannarxi va qoldig’ini bilishimiz lozim bo’lsa ham, bu masalaga amaliy yondashish ma’quldir.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling