Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-o`zbekiston liberal-demokratik partiyasi buxoro viloyat kengashi bilan buxoro shahridagi “ishga marhamat” monomarkazi o`rtasidagi


Download 150.41 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1333375
Bog'liq
LIDEP VA MONOMARKAZ (3)




TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI-O`ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI BUXORO VILOYAT KENGASHI BILAN
BUXORO SHAHRIDAGI “ISHGA MARHAMAT” MONOMARKAZI O`RTASIDAGI
H A M K O R L I K


TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI-O`ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI BUXORO VILOYAT KENGASHI


BUXORO SHAHRIDAGI “ISHGA MARHAMAT” MONOMARKAZI
o`rtasidagi o`zaro hamkorlik to`g`risidagi


MEMORANDUM


Buxoro shahri “_ _” fevral 2023 yil

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi (keyingi o‘rinlarda – O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi) nomidan rais Aminov Farmon Mavlyanovich tomonidan, Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi nomidan harakat qiluvchi monomarkaz direktori Umarov Alixan Ahmadovich tomonidan, O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi va Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi hamda ichki normativ xujjatlaridagi o‘zaro mushtarak maqsad va vazifalardan kelib chiqib quyidagi MEMORANDUM imzolandi.




I. Memorandum predmeti

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi va Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi fuqarolarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etish, aholini yuqori daromad keltiruvchi kasb-hunar turlariga o’qitib ish bilan ta’minlash, xodimlarni siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, siyosiy partiyalar faoliyati bilan xodimlarni yaqindan tanishtirish, Ish beruvchilarni monomarkazga ko’proq jalb etish, bu borada deputatlar, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, mamlakatimizda kam ta’minlangan fuqarolarni oilaviy ahvolini yaxshilash orqali Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi dasturiy vazifalarini hayotga tadbiq etish maqsadida quyidagi hamkorlik memorandumini tuzdilar.


II. Memorandumning nazariy va amaliy asoslari

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi va Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi ichki normativ xujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining sohaga oid qonunlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlari,Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Dasturi, saylovoldi Dasturi (platformasida), "Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi.




III. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari hamda tomonlarning vazifalari

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi va Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uzoq muddatli, teng huquqlilik tamoyillari asosida tashkil etilib, tomonlar bir birlarining normativ xujjatlarini tan oladilar hamda dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bir birlarini qo‘llab-quvvatlaydilar.




Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Buxoro viloyat Kengashining vazifalari:

- Targ’ibot tashviqot jarayonida ishsiz yoshlar va fuqarolarni monomarkazda kasb-hunar egallashi uchun yo’naltirish;


- Ishlab-chiqarish korxonalari, deputatlar, ish beruvchilarni monomarkazga jalb etish;
- taqdimot tadbirlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari a'zolari ishtirokini ta'minlash;
-Monomarkazning hududiy filiallari hamda partiyaning tuman va shahar tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash
-Zamonaviy kasb-hunar turlari bo’yicha ishlab -chiqarish korxolarinining talabi bo’yicha monomarkazga ma’lumot taqdim qilib borish;
- loyiha doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari va partiya veb saytida yoritilishini ta'minlash.


Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazining vazifalari:

- Monomarkaz xodimlari orasida O’zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalarini keng targ‘ib etishga ko‘maklashish;


- loyiha ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish;
- Aholini ish bilan ta’minlash doirasida o‘tkaziladigan ochiq muloqotlarni hamkorlikda amalga oshirish;


IV. Tomonlarning majburiyatlari

Mazkur memorandum doirasida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda:
-ijtimoiy sheriklikning umume'tirof etilgan tamoyillariga amal qilish;
-ijtimoiy amaliy loyiha va chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish;
-o‘zaro axborot-tahliliy ma'lumotlarni almashish;
-ushbu hujjatda belgilangan yo‘nalish va shakllarda hamkorlikni olib borish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va qarorlar qabul qilish.
V. Memorandumning amal qilish muddati

Ushbu o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum har ikki tomon tarafidan imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va hamkorlik muddati doimiy hisoblanadi.


Ushbu o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan qayta tuzilishi yoki bekor kilinishi mumkin.


VI. Tomonlarning imzolari



Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi
__________


F.Aminov




Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori


__________
A.Umarov

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling