Buxor shahar 21-O’rta umumta’lim maktabi amaliyotchisi askarov azamatning amaliyot davri hisoboti


Download 16.06 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi16.06 Kb.
#1267574
Bog'liq
HISOBOT


BUXOR SHAHAR 21-O’RTA UMUMTA’LIM MAKTABI AMALIYOTCHISI ASKAROV AZAMATNING AMALIYOT DAVRI

HISOBOTI
2022-2023 o’quv yilining 7-sentabr kun San’atshunoslik fakultetida amaliyotga chiqish munosabati bilan 406-xonada anjuman o’tkazildi. Anjumanda fakultet dekani S.S.Azimov, Musiqa ijrochilik va kafedrasi mudiri T.I.Rajabov, Musiqa ijrochilik va kafedrasi katta o’qituvchilari U.M.Mirshayev ,Sh.U.Norova va musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasi o’qituvchilari I.I. Axtamov. Sh.Kamolovlar qatnashdilar. 12-1Muz 19 guruhiga amaliyot rahbari etib ustozimiz U.M.Mirshayev tayinlandi. Haftaning har juma va shanba kunlari amaliyotga chiqishimizni qolgan kular esa fakultetga darsga kelishimizni aytib o’tdilar. 9-sentabrdan amaliyotga chiqishimizni e’lon qildilar va amaliyot o’tash davrida bizga qo’yiladigan talablarni bayon qildilar. Barcha 4-kurs talabalari viloyatimizdagi umumta’lim maktablariga taqsimlandi.
Men Buxoro shahar 21-o’rta umumta’lim maktabiga amaliyotimni o’tash uchun bordim. Qolgan talabalar o’z tumanlariga amaliyotni o’tash uchun yuborildi. U yerda maktab direktori R.N.Avdeyeva hamda 21-o’rta umumta’lim maktabi musiqa o’qituvchisi K.N.Xazratova bilan uslubshunos U.M.Mirshayev director xonasida yig’ilishib suhbatlashdik. Maktab ma’muriyati meni yaxshi kutib olib alohida musiqa xonasi va undagi jihozlarni menga topshirdilar. Men tezda musiqa xonasini tozalab ko’rgazmali qurollarni va o’zim chalib o’rganadigan musiqa asboblarni keltirishni rejalashtirdim. Musiqa o’qituvchisi K.N.Xazratova musiqa fanidan yillik ish rejasiga qarab dars o’tishni vas hu reja asosida menga tegishli hujjatlarni tayyorlashni tushuntirdilar.
Amaliyotni o’tash davrida o’qituvchilar darslarini kuzatishga kirdim, ulardan pedagogik mahorat, pedagogic nazokat, kuzatuvchanlik, o’zini tuta bilish, sezgirlik qobiliyatlarini o’rganishga harakat qildim.
Menga biriktirilgan sinflarga o’zimga ishongan holda darslarni samarali va sifatli o’tishga, ustozlarimdan o’rgangan bilim va ko’nikmalarni namoyon astoyidil bel bog’ladim. Jumladan menga biriktirilgan 3-V sinf o’quvchilari bilan Milliy cholg’ular nay to’g’risida ochiq amaliy mashg’ulot o’tkazdim. Maktab jamoasi bilan birgalikda 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlab “Mehnati elda aziz ustozim ” mavzuyida tadbir tashkillashtirdim. O’tkazgan ochiq dars va tadbirimda kafedramiz o’qituvchilari ham qatnashib, samarali mehnatimni ko’rib quvondilar.
Darslarni o’z vaqtida dars jadvali asosida o’tdim. Menga biriktirilgan sinflarga zamonaviy interfaol metodlardan foydalangan holda qiziqarli dars o’tishga intildim. Dars o’tish jarayonida har xil ko’rgazmali qurollardan, multimedia va audio yozuvlardan samarali foydalandim. Maktabda o’tazilgan ochiq dars namunalarini maktab ma’muriyatiga taqdim etdim. Darslarim doimiy kuzatib borildi, tahlil qilinib kamchiliklar o’z vaqtida bartaraf qilindi. Amaliyot davrida hujjatlarimni to’liq tayyorlab boraverdim. Maktab ma’muriyati ham men o’tkazgan tadbirlar va darslardan minnatdor bo’ldilar.
Xulosa qilib aytganda amaliyot davrimda pedagogik masuliyatni his qildim. O’qituvchi hamisha izlanishda bo’lishi kerak ekan. O’zimni qiziqtirgan ma’lumotni bilib oldim. Maktab pedagog xodimlaridan juda ko’p maslahatlar oldim. Kelajakda o’z kasbimni yetuk mutaxasisi bo’lishga va kelajak avlodga yangi bilimlar berishga harakat qilaman.
Uslubshunosh: U.M.Mirshayev
Download 16.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling