7. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning...?
A) Ibtidoiy to'daga birlashuvi bo'lgan.
B) Urug' jamoasiga birlashuvi bo'lgan.
C) Davlat tuzumiga birlashuvi bo'lgan.
D) Feodal aloqalarga birlashuvi bo'lgan.
8. Arxeologlar insoniyat tarixini ibtidosini nima uchun "tosh davri" deb atashadi?
A) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini suyakdan yasagani uchun.
B) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini temirdan yasagani uchun.
C) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini sopoldan yasagani uchun.
D) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani uchun.
9. Qadimgi tosh davri bu?
A) Paleolit B) Mezolit C) Neolit D) Eneolit.
10. Tosh davrining bosqichlarini ketma-ketlikda joylashtiring?
A) Mezolit-Paleolit-Eneolit-Neolit.
B) Neolit-Eneolit- Paleolit-Mezolit.
C) Paleolit-Mezolit- Neolit-Eneolit.
D) Eneolit-Neolit- Mezolit- Paleolit.
11.Sopollitepadan qazishmalar davomida qanday ashyolar topilgan?
1)yirik-yirik xumlarda saqlangan bug’doy va arpa doni 2)sopol buyumlar 3)temirdan yasalgan mehnat qurollari 4)ilk ibodatxona qoldiqlari 5)bronzadan yasalgan mehnat qurollari 6)zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari
A)1,2,3,4 B)3,4,5,6 C)1,2,5,6 D)1,3,4,6
12. Sharqiy Afrikadan qaysi odam suyak qoldiqlari topilgan?
A) Pitekantrop. B) Sinantrop.
C) Zinjantrop. D) Avstralopitek.
13. Ilk paleolitning so'nggi davrida sodir bo'lgan voqeani aniqlang?
A) Buyuk muzlashning boshlanishi
B) Urug' jamoalari shakllanishi
C) Ilk diniy tasavvurlarning paydo bo'lishi
D) Muzlik chekinishi va tezyurar mayda hayvonlar paydo bo'lishi
14. Neolit davri qaysi ming yilliklarni o’z ichiga oladi?
A) Mil. avv. 12-7 ming yilliklar.
B) Mil. avv. 6-4 ming yilliklar.
C) Mil. avv. 4-3 mingyillik o`rtalari.
D) Mil. avv. 3- 2 mingyillik o`rtalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |