Mexanik ustaxona tuzilishi Umumiy ma’lumot


Download 1.79 Mb.
bet1/5
Sana12.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1262159
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Laboratoriya ishi


Mexanik ustaxona tuzilishi
Umumiy ma’lumot. Mehnat unumdorligining eng yuqori bo‘lishini topshirilgan ishlarning qisqa vaqt ichida kam kuch sarflab bajarilishini ta’minlaydigan asosiy shartlardan biri ish o‘rni ratsional tashkil qilishdir. Ish o‘rinlarini ratsional tashkil qilishning asosini ustaxona binosining joylashi va uning maydonidir bunda ustaxona maydoniga qarab ish o‘rinlarini boshqa ko‘rinishlarda ham joylashtirish mumkin (1.33-rasm).

1.33-rasm. Slessarlik o‘quv ustaxonalarida ish o‘rinlari va qo‘shimcha jihozlarining ratsional joylashtirish sxemasi.
1-o‘qituvchinig ish o‘rni, 2-elektrik charxtosh, 3-qo‘l uzgich, 4-aptechka qutisi, 5- asboblar javoni, 6-slesarlik dastgohlari, 7- tayyor detal, buyum va zagotovkalar saqlanadigan javon, 8-kinoproektorlar stoli, 9-devor soati, 10-ko‘ndalang randalash stanogi, 11-ferezalash stanogi, 12-parmalash stanogi, 13-tokarlik vint kesish stanogi, 14-ko‘rgazmali o‘quv qurollari javoni, 15-press qurulmasi, 16-quymachilik stoli, 17-alangali pech, 18-suv idishi, 19-mufelь pechi, 20-nuqtali payvanlash apparati, 21-umumiy taqsimlagich shiti, 22-sandon, 23-materiallar tokchasi.
Tamirlash-mexanika ustaxonasi tarkibiga kiruvchi bo’lim va uchastkalar, ustaxona tarkibi ularning qanday jihozlanishi asosan korxonaning quvvatiga, demak harakatdagi mashinalar, dastgohlar va boshqa jihozlar soniga bog’liq.
Asosiy metall qirqish dastgohlari soniga qarab tamirlash mexanika ustaxonasi to’rtta guruhga bulinadi:
1. Kichik korxona tamirlash- mexanika ustaxonasi (10-15ta dastgoh).
2. O’rta korxona tamirlash -mexanika ustaxonasi (15-20ta dastgoh).
3. Yirik korxona ta’mirlash –mexanika ustaxonasi (25-50ta dastgoh).
4. Juda yirik korxona tamirlash-mexanika ustaxonasi (50dan ko’p dastgoh).
Yirik korxonaning tamirlash -mexanika ustaxonasi strukturasi kichik korxonaning ustaxonasidan tubdan farq qilib galvanika va metallash ustaxonasi ko’zda tutilmagan, tajriba uchastkasi va mexanika ustaxonalari yo’q, ba’zi ustaxona va bo’limlar birlashtirilgan.
Tamirlash-mexanika ustaxonasiga (25 ta asosiy metall qirqish dastgohlari) tarkibiga quyidagilar kiradi:
Issiqlik uzeli 1, asbobsozlik 2, charxlash bo’limi 3, asbobsozlik tarqatish ombori 4, slesarlik-mexanika ustaxonasi 5, mexanizasiya ustaxonasi 6, yog’ochga ishlov berish ustaxonasi 7, shamollatish kameralari 9, pardozlash ustaxonasi 12, yuvish bo’limi 13, detal va tayyorlamalar ombori 14, emulsiya bo’limi 15, plastmassa quyish va qoplash ustaxonasi 17, tunukasozlik ustaxonasi 18, trubaprovod ustaxonasi 19, temirchilik -issiqlik ustaxonasi 20, generator 22, payvandlash ustaxonasi 23.
Yirik to’qimachilik korxonalari tamirlash mexanika ustaxonasi tartibiga cho’yan va rangli metallardan quymalar ishlab chiqaruvchi quyuv ustaxonasi kiradi.

1.34-rasm. TMU ustaxonalari va uchastkalari.
Ustaxonaning ish tartibi va ishchilarning ish vaqti fondi.
Ta’mirlash –mexanika ustaxonasi ish tartibi asosan ikki smenalidir. Ba’zi ustaxonalar uchun (asbobsozlik, tajriba, mexanika ustaxonasi) bir smenada ishlaydi.
Bir yilda kunlar soni uch yillik o’rtacha arifmetik qiymatdan aniqlanadi. Bir yilda ish kunlari soni umumiy dam olish va bayram kunlarinihisobga olmagan holda aniqlanadi.
(365+365+366):3=365,3 kun.
365,3-(104+8)=253,3 kun.
bu yerda 104-bir yilda dam olish kunlari;
8-bir yilda bayram kunlari soni.
Ta’mirlash-mexanika ustaxonasidagi jihozlar sonini aniqlash uchun jihozning ish vaqti fondini aniqlash kerak bo’ladi, bunda rejalashtirilgan davrda bita jizozning ma’lum muddatda foydalanish vaqtini soatlarda tushuniladi.
Jihozning ishlashining nominal va amaldagi yillik fondi farqlanadi.
Bir smenali ishda jihozning nominal yillik ish fondi quyidagi tenglik yordamida aniqlanadi:
Fv=(a-s)*v-d
bu yerda Fv-bir smenali ishda jihozning nominal yillik ish fondi, soat;
a- bir yilda kalendar kunlari soni;
s- bir yilda dam olishv va bayram kunlari soni;
v-ish smenasi davomiyligi, soat;
d-bayram oldi va dam olish kuni oldi ish kunlarining
qisqarishidan soatlar soni (yetti kunlik ish kunida).
Bir smenali ishda jihozning amaldagi yillik ish fondi quyidagi tenglik yordamida aniqlanadi:
Ff=Fn*k1
Dastgohlarning turib qolish miqdori ta’mirlashning murakkabligi va ish xajmiga bog’liq va u nominal faqt fondidan bir smenali ishda 2%, ikki smenali ishda 3% va uch smenali ishda 4%ni tashkil etadi.
Xaftada har bir soatlik davomiylikda nominal va amaldagi yillik soatlar miqdori 1.4-jadval bo’yicha qabul qilinadi.
1.4-jadval.

Ishdagi smena miqdori

Smenadagi soatlar miqdori

Bir yilda ish kunlari miqdori

Ta’mirlashdagi to’xtab turishlari, nominal ish vaqtidan , %

k1 koeffisiyent

Nominla yillik ish vaqti, soat

Xaqiqiy yillik ish fondi, soat

Xaftaning besh kunlik ish kunida

1

8

253,3

2

0,98

2070

2035

2

8,8

253,3

3

0,97

4140

4015

3

8,8,7

271

4

0,96

6210

5960

Xaftaning olti kunlik ish kunida

1

7

305

2

0,98

2070

2035

2

7,7

305

3

0,97

4140

4015

3

7,7,7

305

4

0,96

6210

5960

Ishchining nominal yillik ish vaqtini to’la kalendar ish vaqti hisoblaydi (bir yilda soatlarda) va tatil kunlari, kasallik va boshqa sabab tufayli ishga chiqmaslik hisobga olinmaydi.


Ishchining amaldagi fond vaqtida tatil kunlari, kasallik tufayli va boshqa sabab bilan ishga chiqmaslik hisobga olinadi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling