Buxoro-2023 Mavzu: Shoirning hayot mahoratini o‘rganish Reja


Download 33.13 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi33.13 Kb.
#1230186
  1   2
Bog'liq
Shoirning hayot mahoratini

Buxoro davlat universiteti


sirtqi bo’limi filologiya va tillarni o’qitish:
o’zbek tili 9-1 uzbs-20 guruhi talabasi
G’aybullayeva Muborakning
«o’zbek adabiyoti tarixi» fanidan yozgan
mustaqil ishi

Buxoro-2023


Mavzu: Shoirning hayot mahoratini o‘rganish
Reja:
1. Boburning hayot kechmishi.
2. G‘azal va ruboiylarning mahoratli sohibi.
3. Shox va shoirning aql zakovati
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 1483-yil 14-fevral – 1530-yil 26-dekabr — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan. Amir Temurning pannevarasi boʻlgan. Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biridir. Uning sheʼrlari,ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. 6 ta xotini boʻlgan. Bibi Muboraka, Mohimbegim, Zaynab Sulton Begim, Oysha Sulton Begim, Maʼsuma Sulton Begim va Soliha Sulton Begim.
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik kilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
Adabiyot, nafis sanʼat, tabiat goʻzalligiga yoshligidan mehr qoʻygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa choʻzilmadi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, togʻasi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashishga majbur boʻldi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan murosaga kelish uchun unga yon berishga Fargʻona ulusini ikkiga taqsimlab, yarmini ukasiga topshirishga qaror qildi va oʻzi Samarqand uchun olib borilayotgan kurashga kirishib ketdi. Bir necha yil davom etgan bu kurash qirgʻinbarotdan boshqa biror natija bermadi: unda katta harbiy kuch bilan aralashgan Shayboniyxonning qoʻli baland keldi va Bobur Samarqandni tashlab ketishga majbur boʻldi. 1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qoʻlga kiritgandan soʻng Bobur janubga qarab yoʻl oldi va Kobul ulusida oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. 1505–1515 yillarda u Markaziy Osiyoga qaytishga bir necha bor urinib koʻrdi. Ammo bu urinishlardan hech qanday natija chiqmadi. Soʻng oʻz mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida, 1519–1525 yillar davomida Hindistonni qoʻlga kiritish uchun bir necha bor janglar olib bordi. 1526 yil aprel oyida Panipatda Hindiston Sultoni Ibrohim Loʻdi bilan va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan boʻlgan janglarda Boburning qoʻli baland keldi. Tarixiy maʼlumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va Sikri jangidagi bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil kesil oʻrnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Ovroʻpo tarixchiligida “Buyuk moʻgʻullar” nomi bilan “gʻalati mashhur” boʻlgan, aslida “Boburiylar sulolasi” Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qildi. Bobur bu gʻalabadan keyin uzoq yashamadi – 1530 yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Kobulga olib kelib dafn etdilar. Biroq qisqa bir vaqt ichida Bobur Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, bogʻ-rogʻlar yaratish ishlariga homiylik qildi. Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar, bogʻlar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning oʻgʻillari va avlodlari davrida keng miqyosga yoyildi. Hindiston sanʼati va meʼmorchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida oʻsha davrning ilgʻor va zehni oʻtkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir maʼnaviy, ruhiy muhit vujudga keldi. Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida javaharlaʼl Neru shunday yozgan edi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va yangi ragʻbatlantirishlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi”.
Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda oʻzining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr etilgan asarlarini yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur boʻlgan shoh asari “Boburnoma”dir. Maʼlumki, unda Bobur yashagan davr oraligʻida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat boʻlib, uning birinchi qismi – XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda roʻy bergan voqealarni, ikkinchi qismi – XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, yaʼni Afgonistonda roʻy bergan voqealarni; uchinchi qismi – XVI asrning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bagʻishlangan. “Boburnoma”da oʻsha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, oʻz yurti Fargʻona viloyatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Oʻsh, Urganch, Oʻratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir maʼlumotlar keltirilgan. Unda Kobul ulusining yirik shaharlari Kobul, Gʻazna va ular ixtiyoridagi koʻpdan koʻp tumanlar, viloyatlar, Shimoliy Hindiston xaqida maʼlumotlarni uchratish mumkin.
“Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston xalklariga xos boʻlgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi. “Boburnoma”da keltirilgan bu tarzdagi maʼlumotlar Bobur davrida yozilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir, Muhammad Solih, Binoiy, Muhammad Haydar, Farishta, Abul-Fazl Allomiy va boshqa tarixchilarning asarlarida bu darajada aniq va mukammal yoritilgan emas. Muallif “Boburnoma”da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Behzod, Ulugʻbek Mirzo va boshqa allomalar haqida oʻzining eng yuqori fikr va mulohazalarini bildiradi.
“Boburnoma” – Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini oʻzida aks ettirgan boʻlsa ham, shu bilan birga juda koʻp dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan viloyatlarning oʻzaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari, jugʻrofiy mavqei, iqlimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, togʻlari, daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, toʻy va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir maʼlumotlarni oʻziga qamrab olgan shoh asardir. Shu bois “Boburnoma” tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelmoqda.
Uzoq yillar davomida Gʻarb va Sharqning mashhur sharqshunos olimlari “Boburnoma” mazmunini jahon jamoatchiligiga yetkazish borasida katta faoliyat koʻrsatdilar. Masalan, gollandiyalik olim Vitsen, angliyalik olimlar J. Leyden, V. Zrskin, R. Koldekot, A. Beverej, T. Albot germaniyalik Yu. Klaynrat va A. Keyzer, fransiyalik Pave de Kurteyl, hindistonlik Mirzo Nasriddin Haydar Rizvi, turkiyalik R. R. Art va N. I. Bayur va bizning davrimizdagi fransiyalik olim Bakke Gromon, afgʻonistonlik olim Abulhay Habibiy, pokistonlik olimlar Rashid Axtar, Nadvi va Shoh Olam Mavliyot shular jumlasidandir. “Boburnoma”ni oʻrganish sohasida jahonning mashhur sharqshunoslari qatoridan yaponiyalik olimlar ham joy olmoqdalar. Maʼlumki, Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini oʻrganish va ommalashtirishda Oʻzbekiston, Tojikiston, Rusiya olimlarining faoliyatlari ham diqqatga sazovordir. XIX–XX asrlar davomida Georg Ker, N. Ilminskiy, O. Senkovskiy, M. Salye, Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V. Zohidov, Ya. Gʻulomov, R. Nabiyev, S. Azimjonova, A. Kdyumov kabi olimlarning saʼy-harakatlari bilan “Boburnoma” bir necha bor rus va oʻzbek tillarida chop etiddi, ularga soʻzboshi yozildi va keng kitobxonlar ommasining maʼnaviy mulkiga aylantirildi, uning sheʼrlari ham bir necha bor nashr etildi. Bobur oʻzbek adabiyotida oʻzining nozik lirik asarlari bilan ham mashhurdir. Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy hayot nihoyat murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va Temuriylar davlatining inqirozi davom etayotgan bir davrga toʻgʻri kelgan edi. Bunday murakkabliklar inʼikosini “Boburnoma”da koʻrgan boʻlsak, ularning shoir ruhiyatida qanday aks etgani uning sheʼrlarida namoyon boʻladi. Movarounnahrni birlashtirishga urinishlari natija bermagach, Bobur ruhan qiynalgan, amaldorlarning xiyonatlari taʼsirida umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati sheʼrlarida aks etgan. Keyinchalik oʻz yurtini tark etib, Afgʻoniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur sheʼriyatida Vatan tuygʻusi, Vatan sogʻinchi, unga qaytish umidi mavj ura boshladi.
Tole yoʻqi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,
Har ishnikim ayladim – xatoligʻ boʻldi,
Oʻz yerin qoʻyib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi.
Shu bilan birga Bobur lirikasida sheʼriyatning asosiy mazmuni boʻlgan insoniy fazilatlar, yor vasli, uning goʻzalligi, unga cheksiz muhabbat va hijron azobi, ayriligʻ alamlari va visol quvonchlari nihoyat goʻzal va mohirona ifoda etilgan.
Xazon yaprogʻi yangligʻ gul yuzung hajrida sargʻardim,
Koʻrub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim.
Sen ey gul, qoʻymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayogʻingga tushub bargi xazondek muncha yolvordim.
Bobur oʻz lirik sheʼrlarida har doim odamlarni yaxshilikka, adolat, insonparvarlikka, yuksak insoniy tuygʻularni qadrlashga chaqirdi:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonligʻ hargiz,
Har kimki yamon boʻlsa, jazo topqusidur.
Bobur lirik sherʼlari va tarixiy “Boburnoma”sidan tashqari islom qonunshunosligi va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522 yilda oʻgʻli Humoyunga atab yozgan. “Mubayyin” nomli asarida oʻsha zamon soliq tizimini, soliq yigʻishning qonun-qoidalarini, shariat boʻyicha kimdan qancha soliq olinishi va boshqa masalalarni nazmda izohlab bergan. “Xatti Boburiy” deb atalgan risolasida arab alifbosini turkiy tillar, xususan oʻzbek tili nuqtai nazaridan birmuncha soddalashtirib berishga harakat qilgan. U, tajriba sifatida “Xatti Boburiy” alifbosida Qurʼoni Karimni koʻchirgan. Boburning aruz vazni va qofiya masalalariga bagʻishlangan. “Mufassal” nomli asari ham boʻlganligi maʼlum, biroq bu asar bizgacha yetib kelmagan. Bobur oʻzining maʼlum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijgimoiy masalalar yechimiga oʻz hissasini qoʻshgan olim sifatida xalqimiz maʼnaviy madaniyati tarixida munosib oʻrin egallaydi. “Bobur” soʻzi forsiy tilidan “babr”, yaʼni “bars”,“yoʻlbars” degan maʼnoni bildiradi. Barcha shahzodalar singari Zahiriddin Muhammad Bobur taʼlim va tarbiyani otasining saroyida oladi. Kurashlar hech qanday natija bermaydi, unda katta harbiy kuchga ega boʻlgan Shayboniyxonning qoʻli baland keladi. Bobur Samarqandni tashlab ketadi. Biroq Shayboniyxon 1504 yili Andijonni ham qoʻlga kiritadi va Bobur janub tomon bosh olib ketishga majbur boʻladi. Kobul ulusida oʻz hokimiyatini oʻrnatadi. 1505-1515 yillar davomida u Markaziy Osiyoga qaytishga harakat qiladi, biroq bu urinishlaridan ham hech narsa chiqmaydi. Bobur oʻz mavqeini tiklash maqsadida 1519-1525 yillarda Hindiston uchun bir necha bor janglar olib boradi. 1526 yil Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Loʻdi bilan jang qiladi. 1527 yili esa Chitora hokimi Rano Sango bilan kurashadi. Ikki kurashda ham Boburning qoʻli baland keladi. Shu tariqa Bobur Hindistonda oʻz hokimiyatiga asos soladi. Bobur asos solgan sulola tarixda eng yirik sulolalardan biri boʻlib, uning avlodlari 350 yildan ortiq Hindistonga hukmronlik qiladi. Bobur hukmronligi davrida Hindiston gullab-yashnaydi. Adabiyot, sanʼat, shaharsozlik rivojlanadi. Uning oʻgʻillari va avlodlari davrida Hindiston qudratli mamlakatlardan biriga aylandi. Boburning avlodlari bobosining bunyodkorlik ishlarini munosib davom ettirishadi. Mamlakatda mukammal maʼnaviy-ruhiy muhit vujudga keladi. Hindiston tarixida Boburning ahamiyati nihoyatda katta. Yirik hind olimi Javoharlaʼl Neru u haqida shunday deydi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va yangi ragʻbatlantirishlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi”. Bulardan soʻng Bobur uzoq yashamadi: 1530 yili Agrada 47 yoshida vafot etadi. Rivoyatlarga koʻra, Boburning toʻngʻich oʻgʻli Humoyun Mirzo ogʻir dardga chalinadi. Bobur uch kechayu uch kunduz Yaratgandan oʻgʻlining dardiga shifo soʻrab, farzandi chekayotgan dardni oʻziga berishini soʻraydi. Humoyun Mirzo tuzaladi, biroq Zahiriddin Muhammad Bobur koʻp oʻtmay vafot etadi. Bobur oʻzbek tarixida tom maʼnoda yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va dilbar shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Bobur hukmdorlik majburiyatlaridan ortib yirik asarlar yozishga muvaffaq boʻlgan. Uning lirikasi adabiyotdagi oʻziga xos lirika. Shubhasiz, sheʼriyatining asosiy mavzui Vatan, Vatan sogʻinchi boʻlgan. Taxt uchun qondosh aka-ukalarning dushman boʻlib kurashishi, atrofdagi insonlarning xiyonati, vatanini birlashtirolmaganidan soʻng tortgan azoblari va nihoyat umrining soʻnggigacha Vatan sogʻinchi uning sheʼriyatiga koʻchgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bu mavzular Bobur gʻazallari, ruboiylarida keng yoritilgan. Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferentsiya "Intellektualnoye naslediye Zaxiriddina Muxammada Babura i sovremennost".
Shu bilan birgalikda Bobur lirikasida yuksak va oliyjanob insoniy tuygʻular, adolatparvarlik, insonparvarlik tuygʻularini madh etgan. Xalqda uning:

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,


Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonligʻ hargiz
Har kimki yomon boʻlsa, jazo topqusidir.
Ruboiysi mashhur. Bobur sheʼriyatini asosan ishqiy mavzudagi asarlar tashkil etadi. Ishqiy gʻazallarda Bobur hazrat Navoiydan ilhomlangan boʻlsa ajab emas. Bobur sheʼriyatida axloq va diniy mukammallik masalalari ham koʻtarilgan. Lirikasining oʻziga xosligi shundaki, u asarlarini nihoyatda sodda, samimiy, hammaga tushunarli boʻlgan tilda yozishga harakat qilgan. Gʻazal va ruboiylarida balandparvoz soʻzlar, mukammal iboralarni qoʻllamagan. Xususan, bu haqida u oʻz “Boburnoma” asarida ham toʻxtalib oʻtgan: “Ravshan va toza shaplar yordamida, soddaroq yoz: va senga ham, seni xatingni oʻqugʻanga ham oson boʻladi”.
Oʻzni, koʻngul, aysh bilan tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak.
Ayshu tarab gulbunigʻa suv berib,
Gʻussa niholini qurutmoq kerak.
Tiyra turur zuhd damidir koʻngul,
Ishq oʻti birla yorutmoq kerak.
Har nimagʻa ham yema, gʻam koʻp turur,
Aysh bila oʻzni unutmoq kerak.
Qoʻyma mashaqqat aro, Bobur, koʻngul,
Oʻzni farogʻat bila tutmoq kerak.
Bobur lirikasi mana shunday nasihatlarga boy, sodda va samimiydir. Shoirning sheʼriy merosi koʻpqirrali. U nasrda ham salmoqli ijod qilgan. Boburning barcha nazmiy asarlari “Qobul devoni” soʻngra “Hind devoni”ga jamlangan. U 1521 yili falsafiy-diniy asari “Mubayyin”ni yozadi. Asarda islom shariatining 5 ustuni, shuningdek “Mubayyinu-l-zakot” soliq chiqimi kitobini yozgan. “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” kabi ilmiy asarlar yozgani maʼlum, biroq ular hanuzgacha topilmagan.
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra boʻldi roʻzgʻorim ul qaro qoshdin yana.

Men xud ul tifli parivashgʻa koʻngul berdim, vale,


Xonumonim nogahon buzulmagʻay boshdin yana.
Yuz yomonliq koʻrub ondin telba boʻldung,ey koʻngul,
Yaxshiligʻni koʻz tutarsen ul parivashdin yana,
Tosh urar atfol mani,uyida forigʻ ul pari,
Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana.
Oyogʻim etgancha Boburdek ketar erdim,netay,
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.
Bobur sheʼrlarining umumiy hajmi 400 dan ortiq. Shulardan 119 tasi gʻazal, 231 tasi ruboiy. Bobur tuyuq, qitʼa, fard, masnaviy kabi janrlarda ham asarlar yaratgan. Uning “Aruz haqida risola” ilmiy asari Sharq tilshunosligida katta ahamiyatga ega. Asarda shoir nutqdagi urgʻuli va urgʻusiz, uzun va qisqa boʻgʻinlar tizimi nazariyasini boyitgan, uning tasnif va turlarini rivojlantirgan. Oʻz qarashlarini arab, fors tojik va turk sheʼriyati manbalari bilan asoslab bergan. Shu bilan u Alisher Navoiy anʼanalarini munosib davom ettiradi. Xalq sheʼriyatiga eʼtibor beradi. Baʼzi asarlarida xalq qoʻshiq sanʼati haqida qimmatli maʼlumotlar beradi.
Oʻlum uyqusigʻa borib jahondin boʻldum osuda,
Meni istasangiz, ey doʻstlar, koʻrgaysiz uyquda.
Nekim taqdir boʻlsa, ul boʻlur tahqiq bilgaysiz,
Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.
Oʻzungni shod tutqil, gʻam yema dunyo uchun zinhor
Ki, bir dam gʻam yemakka arzimas dunyoyi farsuda.
Zamona ahli ichra, ey koʻngul, oyo topilgʻaymu,
Seningdek dard paymovu meningdek dard paymuda.
Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur,
Magar oʻlsam bu olam ahlidin boʻlgʻaymen osuda.

Shoh va shoir, shuningdek, badiiy tarjimalar bilan ham shugʻullangan. Yirik soʻfiy, Bahouddin Naqshbandiyning izdoshi Xoji Ahror Valining “Volidiya” yaʼni “Ota onalar risolasi”ni sheʼriy koʻrinishga tarjima qilgan. Arab grafikasi asosida “Xatti Boburiy”ni tuzadi. Ushbu grafika asosida muborak Qurʼoni karim hamda Boburning shaxsiy asarlari qayta yozilgan.


Jonimdin oʻzga yori vafodor topmadim,
Koʻnglumdin oʻzga mahrami asror topmadim.
Jonimdin oʻzga jonni dilafkor koʻrmadim,
Koʻnglum kibi koʻngulni giriftor topmadim.
Usruk koʻziga toki koʻngul boʻldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xoʻy etmisham, netay,
Chun vasligʻa oʻzumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey koʻngul,

Nechaki borib eshigiga bor topmadim.


Bobur, oʻzungni oʻrgatakoʻr yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.
"Boburnoma" asari
“Boburnoma” Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti ustuni. Jahon adabiyoti va manbashunosligida muhim va noyob yodgorlik. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan. Asarning “Boburiya”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi koʻplab nomlari ham maʼlum.
Temuriylar tarixi haqida batafsil soʻylaydigan yirik manba. Asarning oʻndan ortiq qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutida saqlanadi. Koʻplab dunyoviy, jumladan, fors, ingliz, rus, turk, golland, frantsuz tillariga tarjima qilingan. Xususan, asar fors tiliga Boburning nabirasi, yirik hukmdor Akbarshoh amri bilan tarjima qilinadi, unga eng mahoratli hind rassomlari tomonidan miniatyuralar chizilgan. Hozirgi vaqtga qadar “Boburnoma” 25 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.
Asar voqealari 12 yoshlik kichkina Boburning hukmdor boʻlganidan boshlanadi. Asar birinchi shaxsdan soʻzlangan boʻlib, unda Bobur hayotida koʻrganx-kechirganlaridan tashqari, janglari, yurishlari, qadami yetgan shaharlar va maskanlari haqida qiziqarli maʼlumotlarni qoldiradi. Aytish mumkinki, “Boburnoma” har tomonlama ajib asar. Birinchidan, u avtobiografik-Bobur hayoti, zamondoshlari haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Ikkinchidan, asar oʻsha davr geografiyasi, madaniyatshunosligi, sanʼati, hattoki, oʻsimliklar olami haqida ham maʼlumotlarga boy. Qiziq jihati shundaki, asarda 1508 yildan 1519 yilgacha boʻlgan biror voqea kuzatilmaydi. Bu balki muallifning xohishi yoki qoʻlyozmaning turli sabablarda yoʻqolgan boʻlishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Ushbu asar Boburning har tomonlama yetuk, ziyrak, zukko shaxs boʻlganidan dalolat beradi. Ayniqsa, asardagi hikmatlar qadrlidir. Unda sharqona donishmanlik aks etgan. Masalan: “...har kimdin yaxshi qoida qolgʻon boʻlsa, aning bilan amal qilmoq kerak”, “agar ota yomon ish qilgʻon boʻlsa, yaxshi ish bilan badal qilmoq kerak” kabi nasihatlar ham uchraydi. Boburnoma asosida bir qator badiiy asarlar yaratilgan. Xususan, frantsuz adibasi Flora Anna Stilning “Boburxon”, yana bir frantsuz adibi Fernard Grenard “Bobur”, amerikalik yozuvchi Harold Lembning “Bobur yoʻlbars” romanlari. Hindistonlik Muni Laʼl boburiylar tarixiga asoslanib 6 ta roman yozgan. Oʻzbek adabiyotida esa Oybek, Pirimqul Qodirov, Xayriddin Sulton, Xurshid Davron kabi yozuvchilar Boburga atab qissa-romanlar yozgan. Ayniqsa, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” hamda Boburiy shahzodalar haqida “Avlodlar dovoni” kabi asarlari juda mashhur. Yozuvchi Xayriddin Sulton Bobur qadami yetgan manzillar haqida qiziqarli roman yozgan. Xurshid Davron “Samarqand xayoli” qissasi, “Bobur sogʻinchi” pyesasini yaratgan. Boburning qizi sharq adabiyotida birinchi tarixchi, olima, adiba Gulbadan-begim “Boburnoma” asarining davomi sifatida “Humoyunnoma” asarini yaratadi. Yana bir boburiyzoda malika Zebunniso ham mumtoz oʻzbek adabiyotida oʻzining nafis gʻazallari bilan mashhur. Shoir nomini abadiylashtirish maqsadida uning ona shahri Andijonda haykal oʻrnatilgan. Bir qancha maskan va manzillarga Bobur nomi berilgan. Har yili 14 fevral respublika boʻylab Bobur tavallud topgan kun keng miqyosda nishonlanadi. Shoh shoir shaxsiyatiga xos 7 fazilat -Vatanparvarlik; -Yuksak himmatlilik; -Jasurlik; -Boshqaruvda benazirlik; -Odamlarga farovonlik sog‘inish; -Jangchilar ko‘ngliga yo‘l topish; -Adolat qilmoqlik. Zahiriddin Bobur hikmatlaridan namunalar «Shafqatsiz kishi azobga loyiqdir.» «Yaxshi kishilarni Yaratgan yaxshi do‘stlar bilan siylaydi.» «Ko‘pchilik bahodirlar qanchalar kuchli bo‘lmasinlar, ular hargiz o‘z jahllari va qo‘rquvlaridan ustun kela olmaydilar.» «Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l.» Mirzo Bobur to‘g‘risida 6 ta jahonshumul fikr Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga bergan xalq hech qachon xor bo‘lmaydi, muqarrar tarzda saodatga erishadi.
Islom Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Bobur Hindistonga kelgandan keyin katga siljishlar yuz berdi va yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san’atga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi.
Javaharlal Neru, jamoat arbobi
Bobur fe’l-atvoriga ko‘ra sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan.
Eduard Holden, tarixchi olim
Mirzo Boburning Hindistondagi qudrati uning bosib olgan yerlari bilan emas, u hind xalqining ko‘nglida uyg‘ota olgan hurmat-ehtirom bilan o‘lchanadi.
Qamar Rais, jamoat arbobi va adabiyotshunos
Boburning hind xalqiga qilgan eng katta xizmati shuki – u xalqimizning ruhiy-ma’naviy olamini kengaytirib, ularni o‘z kulbalaridan tashqariga qarashga, dunyoning naqadar katta ekanini anglashga majbur qildi. Bobur san’at va, ayniqsa, adabiyotni sevardi.
Javoharlal Neru, jamoat arbobi
Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati, ularga mashg‘ulligi bilan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta hukmdor topilmaydi.
Uilyam Erskin, «Boburnoma»ning ingliz tarjimoni Boburiylar sulolasi haqida 10 dalil Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi nomi bilan tarixga kirgan Boburiylar sulolasidan oldin ham, undan keyin ham Hindiston tarixida bu qadar qudratli davlat barpo etilmagan. Bu sulola ham ma’rifat, ham qudrati bilan buyuk va ibratli podshohlarni tarbiyaladi. Quyida sizga bu imperiyaga oid 10 dalilni taqdim qilamiz. Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi nomi bilan tarixga kirgan sulolaning 5 vakili – Zahiriddin Bobur, shoh Humoyun, Jahongir Mirzo, Shoh Jahon va Avrangzeb davrida imperiya har jihatdan rivoj topdi. Bahodir Shoh II sulolaning so‘nggi podshohi bo‘lgan. Mirzo Bobur sulolaning asoschisi bo‘lib, uning kelib chiqishi Amir Temur va Chingiz Xonga bog‘lanadi. 1526 yil bo‘lgan Panipat jangidan keyin Bobur Mirzo Hindistoning shimoliy hududlarida mutloq hukmdorlik o‘rnatadi. 3 Imperiya hukmronligining cho‘qqisi Shoh Avrangzeb davrida Hindiston aholisining deyarli barchasi sulola hukmronligini his qildi. Podshohlik chegarasi Afg‘onistondan Hindistonning janubiy viloyatlariga, Hind ummoni yaqinigacha o‘rnatilgan.
Vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga, yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan mustahkam oʻrin oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), «Xatgi Boburiy», “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalari islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
Tarixiy maʼlumotlarda aytilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va Sikri jangidagi bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil-kesil oʻrnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300-yildan ortiq vaqt hukmronlik qildi.
Bobur bu gʻalabadan keyin uzoq yashamadi — 1530-yil dekabr oyida, Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Kobulga keltirib dafn etdilar.
Boburning davlat ishlaridagi xizmati nimada? Avvalo, u Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, mamlakat yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish bogʻ-rogʻlar yaratish ishlariga shaxsan oʻzi homiylik qildi. Hozirgacha mashhur boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar, bogʻlar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning oʻgʻillari va avlodlari davrida kengaydi, deyish mumkin. Hindiston sanʼati va meʼmorchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida oʻsha davrning ilgʻor va zehni oʻtkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir maʼnaviy-ruhiy muhit vujudga kelgandi. Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida hind xalqining mashhur arbobi Javoharlaʼl Neru shunday yozgan edi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katga siljishlar yuz berdi va yangi ragʻbatlantirishlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi”.
Bobur Hindistonda katta hajmdagi adolatli davlat ishlari bilan bir qatorda, adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr etilgan asarlarini yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur boʻlgan shoh asari “Boburnoma” hisoblanadi. Maʼlumki, unda Bobur yashagan davr oraligʻida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yaxshi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat boʻlib, uning birinchi qismi — XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda roʻy bergan voqealarni; ikkinchi qismi — XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, yaʼni Afgʻonistonda roʻy bergan voqealarni; uchinchi qismi — XVI asrning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bagʻishlangan. “Boburnoma”da oʻsha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, oʻz yurti Fargʻona viloyatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Oʻsh, Urganch, Oʻratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir maʼlumotlar keltirilgan. Unda Kobul ulusining yirik shaharlari Kobul, Gʻazna va ular ixtiyoridagi koʻpdan-koʻp tumanlar, viloyatlar, Shimoliy Hindiston haqida maʼlumotlarni uchratish mumkin.
“Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston xalqlariga xos boʻlgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi.
Murakkab davr voqea-hodisalari batafsil bayonini “Boburnoma”da koʻrgan boʻlsak, shoh va shoir Boburning ichki kechinmalari, qalb tugʻyonlari va orzu-aʼmollari uning sheʼrlarida koʻrinadi. Bobur sheʼriyatida Vatan tuygʻusi, Vatan sogʻinchi, unga qaytish umidi mavj ura boshladi.
Toleʼ yoʻqki jonimgʻa baloligʻ boʻldi,
Har ishnikim, ayladim xatoligʻ boʻldi,
Oʻz yerin qoʻyib Hind sori yualandim,
Yorab, netayin, ne yuz qoroligʻ boʻldi.
Bobur lirikasida yor vasli, uning goʻzalligi, hijron azobi, ayriligʻ alamlari, visol quvonchlari goʻzal va mohirona ifoda etiladi.
Xazon yaprogʻi yangligʻ gul yuzung hajrida sargʻardim,
Koʻrub rahm aylagil, ey lola ruh, bu chehrai zardim.
Sen ey gul, qoʻymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayogʻingga tushub bargi xazondek muncha yolvordim.
Shoir oʻz lirik sheʼrlarida har doim odamlarni yaxshilikka, adolat, insonparvarlikka, yuksak insoniy tuygʻularni qadrlashga chaqiradi:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonligʻ hargiz,
Har kimki yamon boʻlsa, jazo topqusidur.
Zahiriddin Muhammad Bobur lirik sheʼrlari va tarixiy “Boburnoma”-sidan tashqari, islom qonunshunosligi va tasavvufda yaxshi asarlar yaratgan.
Xulosa shuki, adolatli shoh va buyuk shoir Bobur oʻzining maʼlum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir hamda ijtimoiy masalalar yechimiga oʻz hissasini qoʻshgan olim sifatida xalqimiz maʼnaviy madaniyati tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Biz BuxDUda tahsil oladigan barcha talaba-yoshlar buyuk vatandoshimizdan jasurlik, fidoyilik, yurtparvarlik va oilasiga, avlodlariga oqibatlilik, jonfidolikni oʻrganib boramiz. Mirzo Boburning Hindistondagi qudrati uning bosib olgan yerlari bilan emas, u hind xalqining ko‘nglida uyg‘ota olgan hurmat-ehtirom bilan o‘lchanadi”. Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qoldirgan.
Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, o‘zbek xalqining jahon madaniyati xazinasiga qo‘shgan buyuk hissasi, ma'naviyati uzoq o‘tmishdan dunyoga ma'lum va mashhur bo‘lib kelgani ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Allohning inoyati, ajdodlarimizning aql-zakovati, mehnati va intilishlari tufayli bu zahmatkash xalq orasidan Amir Temur, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab va Nodirabegim kabi necha o‘nlab allomayu daholar, olimu fozillar, shoiru rassomlar, podshohu sarkardalar yetishib chiqdilar.
Millat nomini ulug‘lagan allomalar xaqida gap borganda, o‘zining iqtidori, aql-zakovati, murakkab taqdiri hamda ochiq ruhiy olami bilan shoir Zahiriddin Muhammad Bobur kishi e'tiborini o‘ziga ko‘proq tortadi.
U davlat arbobi, shoir, sarkarda, olim, tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos va ayni paytda xushxulq inson sifatida ko‘plab ajoyib fazilatlarga ega bo‘lgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, tog‘a-jiyanlar, amakivachchalar o‘rtasida hokimiyat — ulug‘ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
Adabiyot, nafis san'at, tabiat go‘zalligiga yoshligidan mehr qo‘ygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida, yetuk ustozlar rahbarligida egalladi.
Bugungi kunda Boburiylardan qolgan o‘lmas meros hozirgacha ardoqlanib kelinmoqda. Boburiylar davrida Hindiston siyosiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanibgina qolmay, ular tomonidan ilm-fanga katta e'tibor berildi. Boburiylar davrida Hindiston G‘arb va Sharq o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tadi, shu bilan birga Boburiylar ichki siyosati har tomonlama shakllangan bo‘lib turli dinga mansub aholini bir joyga jamlay oldi va bu saltanat uch asr umr ko‘rdi.
Qisqa bir vaqt ichida Bobur Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bog‘-rog‘lar yaratish ishlariga homiylik qildi.
Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur bo‘lgan me'moriy yodgorliklar, bog‘lar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning o‘g‘illari va avlodlari davrida keng miqyosga yoyildi.
Hindiston san'ati va me'morchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida o‘sha davrning ilg‘or va zehni o‘tkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir ma'naviy-ruhiy muhit vujudga keldi.
Keyinchalik bu muhit yangi davrda O‘zbekiston bilan Hindiston va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada rivojlanishiga muhim zamin yaratdi.
Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida Javaharla'l Neru shunday yozgan edi: «Bobur Hindistonga kelgandan keyin katga siljishlar yuz berdi va yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san'atga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi».
Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda o‘zining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va ko‘plab buyuk asarlarni yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur bo‘lgan shoh asari «Boburnoma»dir. Ma'lumki, unda Bobur yashagan davr oralig‘ida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yoritilgan.

Download 33.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling