Yuksak o’simliklar ularning tavsifnomasi va sistematikasi


Download 48 Kb.
bet1/4
Sana03.12.2023
Hajmi48 Kb.
#1806747
  1   2   3   4
Bog'liq
YUKSAK O’SIMLIKLAR ULARNING TAVSIFNOMASI VA SISTEMATIKASI


YUKSAK O’SIMLIKLAR ULARNING TAVSIFNOMASI VA SISTEMATIKASI

Reja:




  1. YUksak o’simliklar

  2. Arxegonial o’simliklarning klassifikatsiyasi.

  3. Moxsimonlar (yo’sinlar).

  4. Plaunsimonlar.

  5. Bo’g’imlilar.

  6. Paporotniksimonlar.

1. YUksak o’simliklar - Cormobionta. YUksak o’simliklarning tuban o’simliklardan farqi tanasi to’qimalaridan tashkil topgan bo’lib, ildiz poya va barg hosil qiladi. Ular asosan quruqda o’sishga moslashgan bo’lib, evalyutsion nuqtai nazaridan suvo’tlaridan kelib chiqqan.
Olimlar fikricha yuksak o’simliklarda xlorofill donachalarining mavjudligi, kraxmal hosil qilish xususiyatlari ularni yashil o’simliklardan kelib chiqqan degan fikr yuritishga asos bo’lgan.
YUksak o’simliklarda anteridiy va oogoniylarning hosil bo’lishi ularning qo’ng’ir suv o’tlaridan kelib chiqqanligini asoslaydi. (G.SHenk, L.Kursanov, K.Meyer). YUksak o’simliklar Qizil suv o’tlaridan kelib chiqqan degan gipotizani ilgari suruvchi olimlar ham bor. (P. Van). Bu fikirlar yuksak o’simliklarni suvo’tlarining u yoki bu guruhlardan kelib chiqqanligini isbotlaydi.
YUksak o’simliklar suv o’tlaridan kelib chiqqan bo’lsada o’ziga xos morfologik xususiyatlarga ega

  1. Ko’p xujayrali organizmlar bo’lib poya, barg hosil qiladi.

  2. Suv o’tlaridagi qat- tana o’rniga ularda stela va epidermis hosil bo’lgan.

  3. YUksak o’simliklar rizoid va ildiz hosil qiladi.

YUksak o’simliklar ikkita katta guruhga bo’linadi. 1. Arxegonial o’simliklar. 2. Gullik o’simliklar.
2. Arxegonial o’simlikar, quyidagi 7 ta bo’limga bo’linadi.
1. Rinofitlar bo’limi. 2. Psilotlar bo’limi. 3. Moxsimonlar bo’limi. 4. Plaunsimonlar bo’limi. 5. Bo’g’imlilar bo’limi. 6. Paporotniksimonlar bo’limi. 7. Ochiq urug’lilar.
Arxegonial o’simliklar uchun xarakterli asosiy xususiyatlardan biri ko’p xujayrali arxegoniyning hosil bo’lishidir. O’simliklarni-ng tarqalishi spora va urug’ vositasida bo’ladi. Arxegoniyning asosiy vazifasi tuxum xujayrasini hosil qilishga xizmat qilishdir. Arxegonial o’simliklarning otalik organi anteridiy deb nomlanadi. Unda ko’p miqdorda spermatozoid hosil bo’ladi.
Gulli o’simliklarning 250000 turi mavjud. Ular uchun xarakteri xususiyat ko’payishga xizmat qiluvchi anteridiy va arxegoniyning qisqarib, o’rniga gulning hosil bo’lishidir. Guldagi tuxum xujayrasining otalanib rivojlanishidan urug’ va meva hosil qiladi. SHuning uchun bunday o’simliklarni yopiq urug’li o’simliklar deb nomlanadi. Gullik yoki yopiq urug’li o’simliklar ikkita sinfga bo’linadi. 1. Ikki pallalilar. 2. Bir pallalilar.

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling