Yuksak o’simliklar ularning tavsifnomasi va sistematikasi


Download 48 Kb.
bet3/4
Sana03.12.2023
Hajmi48 Kb.
#1806747
1   2   3   4
Bog'liq
YUKSAK O’SIMLIKLAR ULARNING TAVSIFNOMASI VA SISTEMATIKASI

Barg poyali moxlar sinfi. Asosan tanasining poya va bargga bo’linganligi, rizoidlarining ko’p xujayrali hamda sershox bo’lishi bilan jigar moxlardan farq qiladi. 3 ta tartibga bo’linadi. 1. YAshil moxlar, 2. Sfognum moxlar, 3. Andera moxlari. YAshil moxlar tartibiga kakku- zig’iri va respublikamiz xududida uchraydigan funariya moxi kiradi. Kakku - zig’iri ko’p yillik bo’yi 20 - 40 smga yetadigan o’simlik.
4. Plaunsimonlar. Lycophyta. yer yuzida tarqalgan yuksak o’simliklar orasida eng qadimiysidir. Plaunsimonlar toshko’mir davrida keng tarqalgan bo’lib, daraxtsimon vakillarining bo’yi 30 metrga yetgan. Hozirgi vaqtda bu bo’lim ko’p yillik o’tsimon past bo’yli yashil (plaun, selaginella) o’simliklarni eslatadi. Daraxtsimon vakillari toshko’mir qoldiqlarini hosil qilishda juda katta rol o’ynagan. Plaunsimonlar bo’limi ikki sinfga: plaunlar va lepidodendroplarga bo’linadi.
Plaunlar sinfi ikkita tartibni o’z ichiga oladi: plaunsimonlar-teng sporalilar va selaginallar har xil sporalilar.
5. Bo’g’imlilar - Sphenophyta. Bu bo’limning bo’g’imlilar deb nomlanishiga sabab poyalari bo’g’im va bo’g’im oraliqlarga bo’lingan, qolaversa, barglari mayda bo’lib, reduksiyalangan poyasiga halqasimon shaklida birikkan bo’ladi. Ko’payish uchun xizmat qiluvchi sporafit ham boshoqchada doira shaklda joylashgan. Bo’g’imlilar devon davrida yashagan. Toshko’mir davrida juda barq urib o’sgan. Baland daratsimon turlari yer yuzini koplashda katta rol o’ynagan. Hozirgi vaqtda ko’p yillik vakillaridan faqat qirq bo’g’imlar saqlanib qolgan.
Bu bo’lim uch sinfga: giyeniyasimonlar, bo’g’imlilar va qirq bo’g’imsimonlarga bo’linadi. YUqoridagi ikki sinf vakillari allaqachonlar yo’qolib ketgan. Faqat qirq bo’g’imlar oilasi vakillari soqlanib qolgan.
Qirq bo’g’imsimonlar sinfi. Bu sinf bo’g’imlilar bo’limining boshqa sinflardan poyasining ichi kovak bo’lishi hamda o’simliklarning deyarli hammasida barglar doira shaklida joylashishi bilan farq qiladi. Bular spora yetishtirish yo’li bilan ko’payadi. Sporalar sporangiylarda yetishib, sporangityalar shakli o’zgargan barg hisoblanadi. Sporafillar qalqon shaklida bo’lib, poya uchidagi halqalarda joylashadi. Ba’zi yo’qolib ketgan avlodlari ikkilamchi yo’g’onlanish xususiyatiga ega bo’lgan. Dala qirq bo’g’imi Markaziy Osiyo Flarasida ko’p uchraydi.

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling