Yuksak o’simliklar ularning tavsifnomasi va sistematikasi


Paporotniksimonlar - Pterophyta


Download 48 Kb.
bet4/4
Sana03.12.2023
Hajmi48 Kb.
#1806747
1   2   3   4
Bog'liq
YUKSAK O’SIMLIKLAR ULARNING TAVSIFNOMASI VA SISTEMATIKASI

6. Paporotniksimonlar - Pterophyta. Bular qadimiy o’simliklar bo’lib hisoblanadi. Qadimiyligi bilan ular riniofit va plaunsimonlardan keyin turadi. Geologik kelib chiqishi tahminan qirq bo’g’imsimonlar bilan bir davrga to’g’ri keladi.
Poporotniklar 300 avlod va 10000 turni o’z ichiga oladi. Bular cho’l, dasht, botqoqlik, ko’llar, sho’r suvlar va o’rmonlarda hayot kechiradi. Tropik iqlim sharoitida o’suvchi vakillarinnig balandligi 25 - 30 m ga, tanasining diametri 50 sm ga yetadi. Mayda vakillari bir necha mm ni tashkil qiladi.
Paporotniklar barglari yirik patsimon bo’lib, ular yer usti poyasida va yer osti ildiz poyasida spiral shaklida joylashadi.
Poporotniksimonlar sporadan ko’payadi. Sporalar sporangiyda, barglarda to’p-to’p bo’lib joylashgan soruslarda yetishadi - sporalar paydo bo’lish oldidan reduksion yo’l bilan bo’linadi. Sporalardan yangi yuraksimon o’simta rivojlanadi. Bu o’simtalardan urg’ochi jinsiy organ-arxegoniyli va erkak jinsiy organ-anteridiy vujudga keladi. Urug’lanish nam yoki kuchli yomg’ir, shudringda ro’y beradi. Paporotniklar, suvda urug’lanadi. Paporotniksimonlar 2 sinfga: dastlabki paporotniklar va chin paporotniklarga bo’linadi.
Dastlabki paporotniklar sinfi vakillari faqat qazilma holda topilgan. Ular hozirgi paporotniklardan kalta bo’yi, barglarining maydaligi, poyasining yaxshi o’smaganligi bilan farq qiladi. Hozir dastlabki paporotniklarning 60 ga yaqin turlari borligi aniqlangan.
CHin poporotniklar sinfi. Bunga kazilma holldagi va hozirgi vaqtda uchraydigan paporotniklar kiradi. Polebotanika fani chin paporotniklar yuqori perm davrida paydo bo’lgan deb hisoblaydi. CHin paporotniklar sinfi 2 ta tartibga bo’linadi: chin yoki teng sporali hamda suv paporotniklar yoki har xil sporali paporotniklar.
Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling