Androtseyning tuzilishi va turlari. Mikrosporogenez haqida umumiy tushuncha. Chang donachalarining tuzilishi va turlari. Reja


Download 0.94 Mb.
bet1/7
Sana21.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1374132
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
androtseyning tuzilishi va turlari


Androtseyning tuzilishi va turlari. Mikrosporogenez haqida umumiy tushuncha. Chang donachalarining tuzilishi va turlari.
Reja.

  1. Androtseyning tuzilishi.

  2. Androtsey- changchining kelib chiqishi va evolyutsiyasi

  3. Mikrosporogenez haqida umumiy tushuncha.

  4. Chang donachalarining tuzilishi va turlari

Androtseyning tuzilishi
Gulning muhim ya’zolari changchilar va urug‘chilardir. Guldagi changchilar soni о‘simlik turlariga qarab bitgadan bir necha о‘ntagacha bо‘lishi mumkin. Masalan, tol gulida 2 ta, gulasapsarda 3 ta, dukkakdoshlarda 10 ta, ra’noguldoshlarda va gulxayridoshlarda kо‘p sonda bо‘ladi. Changchilar ipining uzunligi bilan ham farq qilishi mumkin. Karamdoshlarda 2 ta qisqa va 4 ta uzun changchilar bо‘ladi.
/
I. II


119-rasm. Changchi (Androtsey) ning tuzilishi va turlari.
I. Changchi turlari. Atirgul changchisi (Rozarugosa). B-fialka (Violoa); V-piyozbosh (Allium sphaerosephalum). G-Ricinus communis; D- marmarak-shalfeya (salia). E-qarg`ako`z (Paris quadrifolia); J- zig`ir (Linum usitatissimum). Z-sholg`om (Brassia napus); 1-changdon; changchi ipi; 3—bog`lovchi; 4-nektarniki; II. Androtseyning tiplari. Androtsey xillari. A- ikki stilli (ikki ustunchali) changdon. Б -changdonlari yopishib naycha hosil qilgan changchilar (qoqidoshlarda). B. to`rt stilli (to`rt ustnchali) changdon (karamdoshlarda). Г- ikki to`dali changchilar (Dukkakdoshlar).

Guldagi changchilar tо‘plami androtsey deyiladi. Changchilar gulda bittadan bir necha yuztagachan bо‘lishi mumkin. Masalan, gulsapsarda – uchta, murakkabguldoshlarda beshta; piyozguldoshlarda oltita, kapalakguldoshlarda − о‘nta, itgunafshada − ikkita, tolda − bitta. Changchilarning soni shu o`simlik uchun, shu turkum uchun doimiydir. Chang iplarining uzunligi bitta gulda bir xil yoki bitta gulda turlicha bо‘lishi mumkin. Masalan, karamguldoshlarda tо‘rttasi uzun, ikkitasi kalta; labguldoshlarda ikkitasi uzun, ikkitasi kalta; qo`shilgan yoki qo`shilmagan, kapalakguldoshlarda tо‘qqiztasi asosi bilan qо‘shilgan, bittasi ayrim.ayrimlari giltojlar bilan qo`shilgan (tomatdoshlarda - ituzumdoshlarda), ayrimlari urug`chi tunshuqchasiga (g`o`zada) qo`shilgan holatda bo`ladi.


Bargning shakil va strukturasidan ixtisoslashgan gulning changchi va mevachi barglari keskin farq qiladi. Morfologik interpretaciya changchi va mevachi barglarning evolyutcion rivojlanishi haqida hozir ham har hil fikrlar mavjud (Parkin, 1951). Bu organlar bargning gomologi degan umumiy qabul qilingan teoriya ham mavjud. Shunday fikrlar ham mavjudki, changchini rivoshlanishini telom nazariyasi asosida tushuntirish mumkin ya’ni primitiv dihotomik shoxlangan о‘qtan changchi va urug‘chi kelib chiqgan degan fikr. Bu nazariyaga asosan changchilar uchida sporangiy bо‘lgan о‘qning qisqarishi va tizimning birikishi hisobiga hosil bо‘lgan (Wilson, 1937, 1942).Changchi va mevachi barglarning kelib chiqishi xaqida Beyli va uning hamkasiblari Ranales qabilasining kо‘pgina oilalarida morfologik solishtirma anotomik izlanishlarining natijalarini nashr qildirgan. Shu izlanishdan malum bо‘ldiki Ranalesning daraxtsimon turlari hozirda ksilemaning rivojlanishi nafaqat primitiv (dastlabki, soda tuzilishga ega) holatda saqlangan balki changchi va mevachi barglarning tiplari ham primitive holatda saqlangan (Beyli va Smith, 1942).
The stamens and carpels of highly specialized flowers differ greatly in structure and general shape from foliage leaves. Different opinions still exist as to the morphological interpretation and evolutionary development of the stamens and carpels (Parkin 1951).The most commonly accepted theory is that these organs are homologous to leaves.The opinion also exists that the development of the stamen can be explained on the basis of the telome theory,that is from primitive dichotomously branched axes.According to this theory the stamen has developed as the result of the reduction and fusion of a system of axes that bore sporangia at their tips( Wilson,1937,1942) New light was thrown on the phylogeny of stamens and carpels by Bailey and his co-workers from their morphological and comparative anatomical research in many families of the Renales. From these imvestigations it has become apparent that in the woody species of the ranels that exist today not only primitive stages of xylem development have been preserved (Bailey and Smith,1942)1.
Changchilar – changchi ipidan va changdondan tashkil topgan. Changdon ikki qismdan iborat bо‘lib, bir-birlaridan bog‘lagich orqali ajratilgan. Bog‘lagich changchi ipining davomi bо‘lib hisoblanadi. Har bir bо‘lagi (teka) ikkita chang uyasidan tashkil topib, ichida mikrosporalar yetiladi. Chang ipi juda uzun va juda kalta bо‘lishi mumkin.
Changchilar gulda erkin yoki о‘zaro kо‘shilib, hatto boylamlar ham hosil qiladi. Ularda chang iplarining asoslari yoki changdonlari bilan qо‘shilib ketishi mumkin. Dukkakdoshlar oilasida chang iplarining odatda 9 tasi qо‘shilib bittasi erkin qoladi. Astradoshlarda ular changdonlari bilan qо‘shilib ketgan. Choyо‘tdoshlarda uch tutam yoki boylamlar hosil qiladi. Changchining asosiy vazifasi mikrosporalar va chang donachalari hosil qilib, keyinchalik erkak gametofitni shakllantirishdir. U odatda chang ipi va changdondan iborat bо‘ladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling