Buxoro amirligida davlat muassasalari faoliyati
Download 210.42 Kb.
|
Sobirov ahrorbek
Buxoro xonligida davlatni boshqarish boshqa xonliklardan deyarli farq qilmagan. XVI – XVII asrda otaliq lavozimidagi shaxs xonning o’ng qo’li hisoblanib, u butun mamlakatni boshqargan. Naqib harbiy ishlar va tashqi siyosat bilan shug’ullangan. Vaqf yerlarni nazorat qilish sadrlar zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, qo’shin uchun alohida qozi (qoziaskar) tayinlangan. Qonunshunoslikka va umuman shariatga doir muhim masalani echish va hayotga tatbiq etish a’lam zimmasida bo’lgan.Devonbegi otaliq mansabidan keyin turgan. U urush va sulh ishlari, ayrim viloyat boshliqlarini tayinlash va boshqa masalalar bilan shug’ullangan. Parvonachi xon yorliqlarini topshirish va harbiy qismlarga boshchilik qilish kabi vazifalarni ado etgan. Shuningdek, xonlikda yasovul, eshikog’aboshi, miroxur, shig’ovul, amiri lashkar, to’pchiboshi, mirzaboshi, xazinachi, mehtar, mirob, qushbegi kabi lavozimlar bor edi. Mang’itlar sulolasi davrida ham mustabid hokimiyat shakli mavjud bo’lib, amir huquqi chegaralanmagan oliy hukmdor edi.Devonbegi otaliq mansabidan keyin turgan. U urush va sulh ishlari, ayrim viloyat boshliqlarini tayinlash va boshqa masalalar bilan shug’ullangan. Parvonachi xon yorliqlarini topshirish va harbiy qismlarga boshchilik qilish kabi vazifalarni ado etgan. Shuningdek, xonlikda yasovul, eshikog’aboshi, miroxur, shig’ovul, amiri lashkar, to’pchiboshi, mirzaboshi, xazinachi, mehtar, mirob, qushbegi kabi lavozimlar bor edi. Mang’itlar sulolasi davrida ham mustabid hokimiyat shakli mavjud bo’lib, amir huquqi chegaralanmagan oliy hukmdor edi.Markaziy davlat boshqaruvini bir necha idoralar yig’indisi tashkil etib, davlatning oliy boshqaruv organi — oliy davlat mansabi hisoblangan qushbegi tomonidan boshqariladigan davlat devonxonasi (qushbegi devonxonasi hisoblangan. Qushbegi mansabi ilgaridan mavjud bo’lgan bo’lsada, XVII asrga kelib “otaliq” unvoniga nisbatan uning ahamiyati va vakolat doirasi ancha toraygan XVIII asrning o’rtalariga kelib qushbegi mansabi etakchi o’ringa chiqib, u davlat apparatining asosiy bo’g’ini sifatida barcha boshqaruvning asosiy funktsiyalarini o’z qo’lida to’play borgan.Download 210.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling