Buxoro amirligida davlat muassasalari faoliyati
Download 210.42 Kb.
|
Sobirov ahrorbek
Qushbegi mahalliy beklar orqali markaziy davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir qatorda, chet mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan olinadigan boj to’lovlari ustidan nazoratni ham amalga oshirgan .Qushbegi lavozimiga davlatning tajribali, ishbilarmon, siyosatdon kishilari tayinlangan. Nomzod avval devonbegi mansabida faoliyat yuritgan bo’lishi lozim bo’lgan. U saroydagi eng yuqori unvon egasi sifatida davlatda amirdan so’ng turgan.Turklardagi ulug’ vazir yoki Yevropadagi davlat kantsleri singari qushbegi amirning eng yaqin maslahatchisi va ishonchli kishisi bo’lgan. Qushbegi bir vaqtning o’zida amirning shaxsiy muhrini saqlash, boshqa davlatlar bilan aloqalarni nazorat qilish, shuningdek, moliya ishlarini boshqarish kabi mas’ul vazifalarni ham amalga oshirgan. Buxoro amirligida savdo-sotiqdan olinuvchi barcha bojxona to’lovlariboshqaruvi ham qushbegi qo’lida bo’lishi bilan bir qatorda, u yer solig’ini yig’ish va yer-mulklarni berishni ham nazorat qilgan.Otaliq - amirlik markaziy boshqaruvida o’ziga xos vakolatga ega bo’lgan, mang’it hukmdorlarining tayanchi hisoblangan va ularning hurmatiga sazovor bo’lgan mansab egasi. Binobarin, otaliq amirga ota o’g’liga qilganidek xushmuomalalik bilan munosabatda bo’lishi lozim edi. Unga Buxoro shahri va Samarqanddan Qoraqo’lgacha bo’lgan hududlarda suv taqsimotini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. O’z navbatida otaliq Shohrud kanali mirobligi vazifasini ham bajargan.
Download 210.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling