Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarning shaxsiy gigiyenasi


Download 35.19 Kb.
bet1/2
Sana30.01.2024
Hajmi35.19 Kb.
#1817151
  1   2
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarning shaxsiy g


Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarning shaxsiy gigiyenasi

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarning

shaxsiy gigiyenasi
Gigiyenaga amal qilish sog’lom turmush tarzining asoslaridan biri hisoblanadi. Bu borada ko’pgina olimlar tadqiqot ishlari olib borganlar. Shaxsiy gigiyena va ularni saqlash shartlari, o’smirlar o’rtasidagi gigiyenik tarbiya mohiyati, o’smirlarning shaxsiy gigiyenasini tashkil etishning o’ziga xos jihatlari batafsil o’rganilgan.
Gigiyenaning bu jihatlari M.V.Antropova, M.I.Ismoilov, D.V.Kolesov, S.E.Mansurova, S.S.Solixo’jayev, D.J.Sharipova kabi olimlar tadqiqotlarida aks etgan.Boshlang’ich sinflarda gigiyena bo’yicha ko’pgina olimlar ish olib borganlar. Bulardan S.Solixo’jayevning ” Birinchi sinfga olti yoshdan” , Sh.I.Karimovning ”Sog’lom avlod uchun” risolasi Ibn Sino nomidagi nashriyot tomonidan 1993- yilda nashr etilgan. ”Bolalarga gigiyenik ko’nikmalarni ularni makt5ab ostonasiga qadam qo’ygan kunidan boshlab singdirish uchun oilada va maktabda qulay shart- sharoitlar yaratish zarur”. [ S.Solixo’jayev ”Bolalarda shaxsiy gigiyena ko’nikmalarining shakllanishi”. T. Ibn Sino 1993-y].
Bugungi kunda 1-4 sinflar uchun Salomatlik, Tabiatshunoslik va Odobnoma darslari o’tilmoqda. Darsliklarni maktab o’quvchilariga o’qitishdan maqsad sog’lom turmush tarzini shakllantirish sog’lom avlodni voyaga yetkazish omillari, shaxsiy va jamoat gigiyenalariga rioya etishni ularning ongiga singdirishda iboratdir.
Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi?
Bu avvalo kun tartibi, ularda harakat faolligi, teri va tanani parvarish qilish, me’yorida dam olib uxlash, vaqtida to’g’ri ovqatlanish, zarali odatlardan o’zini tiyish, o’rganilgan bo’lsa voz kechish, kiyim – kechaklarini toza tutish, zaruriy talab va shartlarga rioy qilishdan iborat. Kun tartibi nimani bildiradi?
Har bi o’quvchi kun tartibida xilma- xil unumli faoliyat bilan band qiladi. Maktabga boradi, uy ishlarini bajarishda ota – onasiga ko’maklashadi, o’rtoqlari bilan turli jismoniy mashqlar bajaradi, harakatli o’yinlar o’naydi, dars tayyorlaydi va hakozo. Buning uchun o’quvchi o’zi bajaradigan kundalik hamma asosiy ishlarini rejalashi lozim.
O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi va kun tartibi.
O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi rotsional kun tartibi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina masalalarni o’z ichiga oladi. Gavdani va og’iz bo’shlig’ini o’z vaqtida yuvib, tozalab turish, salomatlik va mashq qilishga putur yetkazadigan yomon odatlarni tashlash va boshqalar shular jumlasidandir. Maktab o’quvchisining kun tartibida quyidagilar bo;lishi nazarda tutiladi: uyqu, ovqatlanish, maktabda o’qish, uyda dars tayyorlash, toza havoda sayr qilish, uy ishi, yaxshi ko’rgan ish bilan shug’ullanish, sinfdan va maktabdan tashqari o’ykazilgan har xil tadbirlarda qatnashish, shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish. Kun tartibiga ertalabki badantarbiya, ko’ngil ochuvchi sport o’yinlari kabi mashg’ulotlarning faol turlari rejalashtirilgan bo’lishi shart. Shuning uchun kun tartibiga rioya qilish, sog’liqni saqlash va darsda muvaffaqiyatga erishish muhim omildir.
Tadqiqotimiz jaroyonida yosh avlodni sog’lom va baquvvat etib tarbiyalashda milliy ma’naviyatimiz asoschilarining, allomalarimizning pandu- nasihatlari Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardan foydalanib o’tkazilgan tadbirlardan foydalanish yaxshi samara berishiga amin bo’ldik. Shunday tadbirlardan birini 4- sinf uchun darsdan tashqari bir soatlik tadbir namunasini keltiramiz. Tadbir quyidagicha tashkil etildi va o’tkazildi. ( Bu ilovada berilgan).
Olib borgan tadqiqotimiz jarayonida I – IV sinf o’quvchisining taxminiy kun tartibini quyidagicha deb belgiladik.

  1. uyqudan uyg’onish.


7 - 7 badantarbiya, yuvunish, o’rinni yig’ish.


7 - 7 ertalabki nonushta.
7 - 7 maktabga tayyorgarlik.
7 - 8 maktabga borish yo’li
8 - 13 maktabda o’qish vaqti
13 – 13 maktabdan uyga qaytish yo’li.
13 – 14 tushki ovqat.
14 – 16 dam olish, harakatli o’yinlar.
16 – 17 dars tayyorlash.
17 – 18 yengil tamaddi.
18 – 19 ochiq havoda bo’lish, uy ishlari qilish.
19 – 20 kechki ovqat va erkin mashg’ulot.
20 – 21 kechki uyquga tayyorgarlik.
21 – 7 kechki uyqu.
O’quvchilarga qo’yiladigan gigiyenik talablar:
Har bir kishi butun hayoti davomida o’z tanasini, sochini, terisini, tirnoqlarini, og’iz bo’shlig’ini har doim va muntazam ravishda parvarish qilib borishi zarur. Chunonchi, teri organizmni tashqi muhitning har qanday salbiy ta’sirlaridan, turli zararli mikroblardan saqlaydi va tanada muntazam ravishda muayyan bir xil harorat saqlanib turishiga yordam beradi. Shuning uchun birinchi navbatta, badanni ozoda saqlashga e’tibor berishimiz zarur. Teri toza saqlanmasa, badanning turli zararli mikroblarga qarshi kurashish va himoyalash xususiyati susayib, har xil yara chaqalar paydo bo’lishi mumkin. Ayniqsa, badanning ochiq joylariga, tirnoq va tirnoq ostiga alohida ahamiyat berish, shu tufayli qo’lni doimo sovunlab yuvib turishga odatlanish kerak. Shu kabi talablarni muntazam bajarib borish uchun o’quvchilar o’z tana a’zolarini va uning bajaradigan vazifalarini, tanani chiniqtirish, gigiyena qoidalari, jismoniy mashg’ulotlarga rioya qilish haqida ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak. Buning uchun ularga ” Odam tanasining umumiy tuzilishi ”, ” Partada to’g’ri o’tirish qoidalari ”, ” Mushak va uning funksiyalari ’, ” Tishlar va ularni asrash”, ” Ovqatlanish gigiyenasi” kabi mavzularda dars mashg’ulotlarini o’tkazib boriladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari odam tanasining tuzulishi haqida birlamchi ma’lumotlarni o’qituvchidan oladilar, ya’ni, suyaklar, mushaklar, hazm qilish a’zolari, nafas a’zolari, qon aylanish, asab sistemasi, sezgi a’zolari haqida, kun tartibiga rioya qilish, badantarbiya, shaxsiy gigiyena qoidalari va hakozo. Amaliy mashg’ulotlarda:
  1. O’quvchilar o’zlarini kuzatadilar. Teri qoplamlarini, mushaklarini, suyaklarini ushlab ko’radilar.”Odam tanasining tuzilishi”jadvalidan o’qituvchi o’quvchilarga tushuntiradi.


  2. O’quvchilar o’zlarini kuzatadilar,ya’ni qo’llari bilan o’zlarining bosh suyaklarini, umurtqalarini, ko’krak qafaslarini, tos suyaklarini ushlab ko’radilar. Noto’g’ri o’tirish oqibatida mana shu suyaklar qiyshayib o’sishi mumkinligini o’qituvchi tushuntiradi.


  3. O’quvchilar o’zlarini va o’rtoqlarini pulslarini sanab ko’rishilari, qo’llarini ko’kraklariga qo’yib yurak urushlarini his qilishlari mumkin. Ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarini me’yorida o’tkazish kerak, chunki haddan tashqari zo’riqish charchashga, yurak kasalligini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarga nima sababdan yurakni asrab – avaylash kerakligini, qanday o’zini tutsa yuragi sog’lom va baquvvat bo’lishini bilishlari kerak.


Boshlang’ich sinf o’quvchilari tez o’sadilar. Ular harakatchanliklari tufayli tanalaridagi moddalar almashinuvi tez kechadi. Sarf energiyalarini qoplashlari uchun oqsil, yog’, uglevodlarga boy bo’lgan ovqatlar iste’mol qilishlari, ovqatlanish, uyqu gigiyenik talablar va boshqalarni odat bo’lib qolgan muayyan bir vaqtda o’tkazgan ma’qul. Anq rejim tufayli organizm me’yoriy og’irlik his etadi, sarflangan kuch tezroq va to’liqroq tiklanadi, organizm kamroq ishdan chiqadi. Faol harakatchanlik organizmni mustahkamlaydi, darsdan so’ng ochiq havoda yurish, cho’milish, safarga chiqish kabi dam olish bola ruhiga ijobiy ta’sir etadi. Sog’liqni zaiflashtiruvchi omillar: rejimga rioya qilmaslik, kam harakat qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, vaqtida ovqatlanmaslik kabi zararli odatlar sog’liqni zaiflashtiradi. O’quvchilar bilimini kengaytirish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida o’quvchilar orasida turli tadbirlar o’tkazish tavsiya qilinadi. Quyida ” Salomatlik tuman boylik” mavzusida IV sinfda o’tkazilgan tadbir ssenariysi namunasini keltiramiz. Tadbir quyidagicha tashkil etildi va o’tkazildi. ( Bu ilovada berilgan).


Uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichida o’quvchilar kun tartibiga amal qilish va gigiyena talablariga rioya qilishga tarbiyalansa, sog’lom tumush tarziga oid bilim va ko’nikmalar bilan shakllantirish aynan boshlang’ich ta’limda ro’yobga chiqishiga amin bo’ldik. Chunki asosiy ko’nikma bu bosqichda hosil bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, o’quvchilarning to’g’ri uyushtirilgan kun tartibiga rioya qilishi natijasida shunday fikrga to’xtaldik, ya’ni:
__ bolaning organizmi har tomonlama to’g’ri rivojlanadi;
__ o’quvchilar irodasi mustahkamlanadi;
__ turli kasalliklarga chalinish oldi olinadi;
__ o’quvchilarning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi kuchayadi;
__ o’quvchining ish qobiliyati ortadi;
__ har bir ishni o’z vaqtida bajarishga o’rganadi.
I.P.Pavlov jismoniy harakatning inson salomatligiga ta’sirini, insonni tashqi muhit bilan chambarchas bog’langan deb tavsiflaydi. Jismoniy mashg’ulot yoki bu muskullar guruhiga ta’sir qilmay, butun organizmga ta’sirini ko’rsatadi. Modda almashinuvi yaxshilanadi, to’qimalar oziq moddalarni yaxshi o’zlashtiradi, parchalahgan moddalarni organizmdan tezroq chiqarib tashlaydi. Yurak chiniqadi va yanada chidamli bo’ladi. Shu sababli jismoniy harakat bilan shug’ullanuvchilar tetik, ruhan yengil, quvvatga to’lgan, kayfiyati baland, dili ravshan bo’ladi. Bolalik davridan boshlangan chiniqish mashg’ulotlari ayniqsa foydalidir. [ Gluxov B.I.Fizicheskaya kultura ifomirovaniye zdarovogo obraza jizni. Kiyev.1989.79-b]
Respublikada ’’ Jismoniy tarbiyava sport to’g’risida’’ qonuninig qabul qilinishi, ” Sog’lom avlod uchun” ordening ta’sis etilishi sportni takomillashtirishda ilk poydevor bo’ldi.
Vatanimiz sha’nini munosib himoya qila oladigan sog’lom, baquvvat, irodali, chiniqqan, mahoratli yoshlarni tarbiyalash haqida g’amxo’lik qilishmoqda. Jismoniy tarbiya jarayonida sog’lomlashtirishgina emas, balki, ta’lim va tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ma’lumot shakllariga quyidagilarni belgiladik: gigiyena gimnastikasi, chiniqtirish, salomatlik daqiqalari, harakat uchun tanaffus, sayr qilish kuni uzaytirilgan guruhlar uchun jismoniy tarbiya soati, sport to’garaklari, salomatlik va sport kunlari, jismoniy tarbiya bayramlari, sog’lomlashtirish lagerlari, sport turlari bo’yicha maktab seksiyalari va boshqalar.
Hozirgi paytda eng muhim jarayon milliy an’analarimiz va O’zbekiston jug’rofiya – iqlim xususiyatlarini o’z ichiga olgan mazmunan boy sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni amalga oshirishdir. Agarda г muntazam ravishda o’tkazilib turilsa, kutilgan natijalarni beradi. O’zaro o’rganish yoki bilim olishni tashkil etishda jismoniy tarbiya mashg’ulotlar foydali va zarur degan e’tiqodga aylanadi, e’tiqod esa barqaror axloqiy me’yorlarga aylanadi.
O’zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi haqidagi va Jismoniy tarbiya va sport haqidagi qonunida O’zkekiston Respublikasi fuqarolari va salomatliklarini yaxshilash va mustahkamlash uchun jismoniy jihatdan chiniqishlari to’g’risida qayg’urishlari shrt, degan fikr ta’kidlanadi.
Bu qonun to’la ma’noda maktabdagi jismoniy tarbiya ishiga ham taalluqlidir. Ayniqsa O’zbekistonning sportdagi iftixorlari bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir.
Biz tadqiqotimiz davomida quyidagi sportchilar bilan tanishtirishni tavsiya qilamiz:
Bulardan 1998-yilda ”O’bekiston iftixori” faxriy unvonini olgan sportchilar:
Muhammadqodir Abdullayev, Lazizbek Zokirov, Artur Grigoryan, Temur To’laganov, Ruslan Chagayev va boshqalar.
1999-yilda ”O’zbekiston iftixori ” faxriy unvonini olgan sportchilar:
Akobir Qurbonov milliy kurash bo’yicha 1- jahon chempioni, Erkin Qutiboyev kikbokschi – muay- tay turi bo’yicha 3 karra jahon chempioni. 2000 – yilda Maxtumquli Maxmudov – milliy kurash bo’yich 2- jahon chempioni, Sambo bo’yicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbanov va boshqalar . O’quvchilarga bu sportchilarni tanishtira ekanmiz ularning ongida
  1. Vatanimiz sportchilariga nisbatan faxr tuyg’usi kuchayadi,


  2. Sportga mehrlari ortadi,


  3. O’quvchilar ularga o’xshashga intiladilar,


  4. Yangi g’alabalarga erishishga undaydi.


Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining asosiy mavzu sifatida shakilanishiga tor ma’nodaqamaslik lozim.chunki u turmush-tarzining asosiy qismi,millat salomatligi ta’minlovchi tizimdir.


Shuni unutmaslik kerakki, o’quvlarning o’zlariga ma’qul bo’lgan sport seksiyalariga doimo qatnashishi, musobaqalarda ishtirok etishi, sportning barcha turlarini o’zlashtirishi spotrning yuqori pog’onalari sari qo’yiladigan ilk maqsadli qadamdir. Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sportga doir ishlarning sifati qanday darajada bo’lishi bolalar va o’smirlar sport maktabiga o’quvchilarni ko’proq jalb qilishga bog’liqdir.
G’olib chiqqan komandalar rag’batlantiriladi.So’ngra keyingi musobaqalarga yo’lanma oladilar. Bundan tashqari shashka, shaxmat,basketbol,qo’l tennisi kabi sport musobaqalarning yakka g’oliblari ham aniqlanib boriladi. Bu esa Respublikamiz sportining kelajagini ham belgilaydi.
Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy so’glomlashtirish faoliyatining yana bir jihati maktab, oila, jamoat tashkilotlari va tarbiyaviy jarayonga aloqasi bo’lgan barcha shaxslarning o’zaro hamjihatlikda ishlash tizimini tashkil etishdir.
Bu sohada ”Sog’lomjon-polvonjon” sport festivali, ”Quvnoq startlar”o’yini ,”O’quvchilar spartakiadasi” ga keng o’rin berilagan.
Maktab, oila, pedagoglar, o’quvchilar va ota-onalarning o’zaro hamkorligi ish sifatini yanada yaxshilaydigan jismoniy tarbiyani, sog’lom hayot tarzini o’quvchilarning kundalik hayotiga tatbiq atadigan muhim vositadir deb hisoblaymiz. Bola sog’lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishi muhimdir. Kishi salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya qanday ahamiyatga ega ekanligini mashg’ulot davomida o’quvchilarga tushuntirib boriladi.
__Jismoniy tarbiya bilan shug’ullangan kishi kuchli, chaqqon, chidamli, irodali, bardam, jasur, go’zal va harakatchan bo’ladi.
Shuning uchun har bir harakatni mustaqil, yaxshi va kam kuch sarflagan
holda bajarishga harakat qiladi.Tarixiy manbalarga qaraganda , o’zbek xalqining milliy sport va milliy o’yinlari aholini yashash sharoitiga qarab xilma-xil bo’lgan va kishilarni faol, sermahsul ishlashga tayyorlagan.
Bunday milliy o’zbek o’yinlarining umumiy miqdori 3-5 mingdan kam emas. Bu o’yinlarni izlab topish, o’rganish va xalq orasida o’quvchilarga mashg’ulot davomida yangidan targ’ib qilish ma’naviyatimizni yangi bosqichga ko’tarishga,sog’lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi, tarbiyaviy ish mazmunini chuqurlashtiradi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ”kelajak avlod haqida qayg’urish sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir”. [I.A.Karimov ”Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”, 1997-y].
Sog’lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashning turli yo’l-yo’riqlari, usullari mavjuddir.Ayniqsa, bolalarning bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish, turli milliy harakatli o’yinlar o’rgatish muhimdir.Bola tarbiyasining bu tomoni ham davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masaladir.Yurtboshimiz bu muammoni davr talabi asosida hal qilishga alohida e’tibor berib, o’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan, ommaviy sport va jismoniy tarbiya shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish, ayniqsa, milliy sport o’yinlari haqida ma’lumotlar yig’ish, ularni boyitish va ular asosida yoshlarimiz o’rtasida keng tashviqot olib borish kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri ekani haqidagi fikrni ilgari suradi. [ I.A. Karimov ”Kelajakni jasoratli odamlar quradi’’ 1999-y.] Zero milliy harakatli o’yinlar, sport turlari ham xalq qadriyatlariga dahldor bo’lib, ularni yig’ish, boyitish va bolalarga taqdim etish sog’lom avlodni tarbiyalashning muhim vazifalardan biridir. Xalq harakatli o’yinlari , milliy sport turlari asrlar davomida davrlarga mos ravishda takomillashib kelgan.

  1. Xuddi shunibgdek ”Oq terakmi ko’k terak”,”Mushuk va sichqon”,”Chillak”,”Tosh o’yini”,”Ot o’yini”,”O’ningni top”,”Quvnoq g’ozlar” kabi milliy o’yinlaro’quvchilarni chaqqon, epchil, dovyurak bo’lib yetishishiga xizmat qiladi .


  2. Shuni ham aytish kerakki, o’yinning boshqa tarbiya usullaridan ustunligi bolalarning hamkorligini oshiradi.


Ijodiy tafakkurini rivojlantirib, shijoatli, qiyinchiliklarga chidamli


bo’lishini ta’minlaydi.
Chiniqib borishga har bir mashg’ulotda o’z oldiga maqsad qo’yish va mashq qilish jarayonida unga yetish uchun harakat qilishni o’quvchilar o’rganib boradilar. Masalan, ”Arqon tortish”o’yini.Bu o’yinda bolalar o’zlarining kuchini sinab ko’rib, naqadar sog’lomligini sinab ko’rishadi,shuningdek, ularning g’alaba qilish uchun qat’iy harakat qilishga rag’bati oshadi. Tortishuv jarayonida sabr-chidamli bo’lish ko’nikmalari ortadi. Qolaversa o’yi vaqtida bolalar fikrlashadi. Yengilayotgan guruh a’zolari oyoqlarini tirab, kuchlarini to’plab olish va birdamlik bilan harakat qilishga o’rganadilar.
__sabr chidamga o’rgatish;
__o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish;
__bolalarni fikrlashga o’rgatish;
__hozirjavob bo’lishga tayyorlash;
__o’yin davomida birdamlik va hamdardlikka o’rgatish;
__jamoa bo’lib oharakat qilishga o’rgatish va shu kabilar va shu kabilar.
Buyuk mutaffakkir Abu Ali ibn Sino o’z davrida badantarbiya bilan tana salomatligini yaxshilash va mustahkamlash, kasallikning oldini olish va undan forig’ bo’lish va boshqa hollarda keng foydalanish masalasini ko’p marta uqtirgan hamda asarlarida ifodalagan.
Shuning uchun Abu Ali ibn Sino ” Kishi salomaligida yugurmasa, kasalligida albatta yuguradi” yoki mashqlar bilan mo’tadil shug’ullangan kishi hech qachon dori – darmon ichishiga hojat qolmaydi” – deb bejiz aytmagan. Yoki ” Men qoldirib ketayotgan zo’r tabiblardan biri - tozalik, ikkinchisi – parxez, uchinchisi – badantarbiya, qolganlari –mijoz bilan kayfiyatdir”.-deydi.Jismoniy tarbiya sog’liqni mustahkamlash, yuqori ish qobiliyatga erishishga, hayotiy muhim harakat uquv va malakalarni egallashga yo’llangan.Uodamni unumli mehnat qilishga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.Jismoniy hususiyatlardan tashqari, bu vaqtda qimmatli ruhiy xususiyatlar ham rivojlanadi. Turli xil jismoniy mashqlar,harakatli o’yinlar, sport jismoniy tarbisining vositalari hisoblanadi. Ular bilan uy sharoitida, maktabda, bolalar sport maktsblarida shug’ullanadilar. Turli yoshda jismoniy tarbiya turli xil vazifalarga ega.
I-IV sinf o’quvchilari muskul sezgilarini harakat tempi va harakat ko’lamini, muskullar taranglashishva bo’shashish darajasini farq qilish qobiliyatini takommillashtiradilar. Ular harakatning to’g’ri texnikasini egallaydilar, ya’ni kerakli yo’nalishlarda, ritmda, tempda, tegishli muskullar taranglashishi bilan mashqlar bajaradilar.
Agar maktab o’quchilari harakatlarning asosiy elementlarni to’g’ri bajarishni o’rganmagan bo’lsalar, harakatni oxirigacha yetkazishga intilmasalar ular yetarli natijalarga erisholmaydilar. Harakat texnikasini takomillashtirish odam shaxsini shakllantirish bilan bo’g’liq. Jismoniy tarbiya organizmga rivojlantiruvchi, tuzatuvchi ta’sir etadi. Uqaddi – qomatdagi nuqsonlarni, umurtqa pog’onasini qiyshayganligini, bukchayganlikni yo’q qiladi; jismoniy mashqlar yordamida qomatdagi ayrim kamchiliklarni, ya’ni ko’krak botiqligi, yelka kichikligi va muskullar yaxshi rivojlanmaganligini ham to’g’rilashi mumkin.
Qiz bolalar va og’il bolalar uchun maxsus mashqlar ko’pmleksi mavjud. Ularda organizmning xususiyatlari o’g’il bolalar va qiz bolalar qomatiga bo’lgan estetik talablar hisobga olinadi. Bundan tashqari jismoniy mashqlar odamning psixik holatini, tashqi ko’rinishini va kayfiyatini yaxshilaydi, umumiy hayotiy tonusni oshiradi.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino ” bola xotirasini mustahkamlashda tongi badantarbiyani muntazam ravishda bajarish, chopish, suzish, tabiat manzarasini to’yib tamosha qilish va musiqa tinglash samarali natija beradi”, - [ ” Tib qonunlari ”. Abu Ali ibn Sino ]. deb uqtirgan.
Xulosa qilib aytganda, buyuk kelajagimiz vorislari bo’lgan yosh avlodni har tamonlama kamolatga yetishida jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishning ahamiyati kattadir. Maktab o’qituvchi xodimlari o’quvchilarga nosog’lom turmush tarzining kasalliklarga, azob – uqubatlarga yetaklashini, sog’lom turmush tarzi esa salomatlikka, baxtli umrga yetaklashini targ’ibot qilishlari lozim.



Download 35.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling