Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


yilda A.M.Butlerov izobutelenni sulfat kislota ishtirokida birinchi marta polimerlab, poliizobutilen hosil qildi


Download 0.76 Mb.
bet75/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

1877 yilda A.M.Butlerov izobutelenni sulfat kislota ishtirokida birinchi marta polimerlab, poliizobutilen hosil qildi.

  • +^CH3 CH3 x +

CH2 = C^CH + H2SO4 CH3 C HSO4
3 (H++HSO4 ) CH3 ^
Keyinchalik izobutilen va boshqa monomerlarning polimerlanishini o‘rganish kation polimerlanish uchun boshqa kislotalar, bor, alyuminiy, titan va qalay galogenidlari, ya’ni kuchli elektron akseptor (elektrofil reagentlar) xususiyatiga ega moddalar ham katalizatorlik vazifasini o‘tay olishi aniqlandi.




Bular ishtirokida ma’lum sharoitlarda juda yuqori molekulyar massali polimerlar olish mumkin.


Katalizator tabiati va monomerning nukleofilligi katta ahamiyatga ega. Masalan, izobutilenni BF3 ishtirokida polimerlash hatto juda past haroratlarda ham deyarli portlash tezligida boradi va bir necha soniyada tugaydi; AIBr3 ishtirokida esa reaksiya vaqti daqiqalar bilan, TiCI4 - ishtirokida soatlar bilan o‘lchanadi.
Olefinlarning metall galogenidlari ta’sirida polimerlanish mexanizmini stirolning qalay to‘rtxlorid ishtirokida polimerlanishi misolida ko‘rish mumkin. Stirol SnCI4 bilan ta’sirlashib, avvalo kompleks hosil qiladi va u navbatdagi stirol molekulasi bilan birikib faol markaz - karboniy ioni hosil qiladi:


Zanjir rivojlanish reaksiyasi karboniy ionining zanjir uchida tiklanishi bilan monomer molekulasining birikishidan iborat:


Bunda rivojlanayotgan ion qarama-qarshi uchlarining to‘qnashishi natijasida katalizatorning ajrab chiqishi va makromolekula uchlaridagi zvenolarning birida qo‘shbog‘ hosil bo‘lishi bilan zanjir uziladi:


Demak, kationli polimerlanish kuchli kislotalar va tuz ionlarga ajraluvchi ionli tezlashtirgichlar (katalizatorlar) ishtirokida olib boriladi, bunday ionli tezlashtirgichlar elektronlarning kuchli akteptorlari (yutuvchilari) hisoblanib, kimyoviy jihatdan barqaror moddalar hisoblanadi. Ionli tezlashtirgichlar sifatida kupincha Fridel-Krafts katalizatorlari ishlatiladi, ularni polimerlanish jarayonidagi nisbiy faolligi quyidagi tarnibda o’zgarib boradi:

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling