Buxoro davlat pedagogika instituti 1 OʻA-22im guruh talabasi xayitov sardorning hozirgi adabiy jarayon fanidan tayyorlagan mustaqil ish slaydlari


Download 449.35 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi449.35 Kb.
#1555124
1   2   3   4
Bog'liq
Xurshid Do‘stmuhammad - romannavis

. Gunohning ham uncha-muncha jo‘n-xashakilarini emas, borib turgan e-eng noyobu nodir – kabira gunohlarni ilishadi bo‘yningga! Bu qabildagi gunohlar esa u dunyoyu bu dunyo afv etilmaydi – oxiratingga dovur kuyib kul bo‘ldi deyaver!.. Qani edi, lom-mim deb og‘iz ocholsang, sening “lom”ingdan ham, “mim”ingdan ham cho‘loq qumursqaning undek momiq tuproq yuzida qoldirgan izi qadrliroq bo‘lib turgan bir zamonda… Biror marta xit bo‘lganmisan? Xit bo‘lish nima ekanini bilasanmi, o‘zi?.. Seni dunyoga keltirgan volidai muharraming ham badbashara yalmog‘iz bo‘lib ko‘rinadi ko‘zingga…

  • . Gunohning ham uncha-muncha jo‘n-xashakilarini emas, borib turgan e-eng noyobu nodir – kabira gunohlarni ilishadi bo‘yningga! Bu qabildagi gunohlar esa u dunyoyu bu dunyo afv etilmaydi – oxiratingga dovur kuyib kul bo‘ldi deyaver!.. Qani edi, lom-mim deb og‘iz ocholsang, sening “lom”ingdan ham, “mim”ingdan ham cho‘loq qumursqaning undek momiq tuproq yuzida qoldirgan izi qadrliroq bo‘lib turgan bir zamonda… Biror marta xit bo‘lganmisan? Xit bo‘lish nima ekanini bilasanmi, o‘zi?.. Seni dunyoga keltirgan volidai muharraming ham badbashara yalmog‘iz bo‘lib ko‘rinadi ko‘zingga…

Belanchakka belangan nevarachangning ma’sum qiqirlashi ham iblisning qah-qahasidek botadi qulog‘ingga. Voy, deysanmi, ih yoki uh deb yuborasanmi, yo, falak deya nola chekasanmi?.. Bas, yetadi, shuning o‘zi seni gunohkorga chiqarish uchun kifoya qiladi – chunki, eshitgansan, bilasan – har bir tirik jon peshonasiga qazoi haq tamg‘asi yanglig‘ muqarrar gunohkorlik tamg‘asi urib qo‘yilgan, osiy banda. Hamon shunday ekan, Sizif ham o‘ziga ravo ko‘rilgan qismat hadyasi oldida bosh egishdan o‘zga chorasi yo‘q. Axir harchand tavalloyu dod-faryod ko‘tarma, peshonangga yozilganidan qochib qutulolmaysan, inson. Eng ayanchlisi, o‘z manglayingdagi yozuvning bir satrini ham oldindan o‘qiy olmaysan – istiqbolda nimalar kutmoqda seni, qanday saodatli yoxud qandayin maxzun kunlar yo lahzalar intiq-intizor quchoq ochib turibdilar, bilolmaysan. Quvonchli damlarni boshdan kechirganda yaratganga shukrlar qilasan, yetkazganiga shukr deysan, boshingga musibat gurzisi tushganda esa dalli tasalli aniq: peshonamda bor ekan-da, demoqdan boshqaga yaramaysan!

  • Belanchakka belangan nevarachangning ma’sum qiqirlashi ham iblisning qah-qahasidek botadi qulog‘ingga. Voy, deysanmi, ih yoki uh deb yuborasanmi, yo, falak deya nola chekasanmi?.. Bas, yetadi, shuning o‘zi seni gunohkorga chiqarish uchun kifoya qiladi – chunki, eshitgansan, bilasan – har bir tirik jon peshonasiga qazoi haq tamg‘asi yanglig‘ muqarrar gunohkorlik tamg‘asi urib qo‘yilgan, osiy banda. Hamon shunday ekan, Sizif ham o‘ziga ravo ko‘rilgan qismat hadyasi oldida bosh egishdan o‘zga chorasi yo‘q. Axir harchand tavalloyu dod-faryod ko‘tarma, peshonangga yozilganidan qochib qutulolmaysan, inson. Eng ayanchlisi, o‘z manglayingdagi yozuvning bir satrini ham oldindan o‘qiy olmaysan – istiqbolda nimalar kutmoqda seni, qanday saodatli yoxud qandayin maxzun kunlar yo lahzalar intiq-intizor quchoq ochib turibdilar, bilolmaysan. Quvonchli damlarni boshdan kechirganda yaratganga shukrlar qilasan, yetkazganiga shukr deysan, boshingga musibat gurzisi tushganda esa dalli tasalli aniq: peshonamda bor ekan-da, demoqdan boshqaga yaramaysan!

Download 449.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling