Buxoro davlat pedagogika instituti 1 OʻA-22S guruh talabasi Charosxon Raxmatovaning umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 118.77 Kb.
bet3/3
Sana08.06.2023
Hajmi118.77 Kb.
#1465720
1   2   3
Bog'liq
yosh davri inqirozlari

A.P.Larinning to‘plagan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘jarlikning asosiy sabablari –bolaning mustaqilligini cheklab qo‘yish, erkinlik tuyg‘usi va tashabbusni so‘ndirish va uning ongini (anglash suratini) kamsitishdan iborat. Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va uning psixik o‘sishi davomida muayyan darajada o‘zgarib boradi. Ularning o‘zgarishi kattalarning bolaga u erishgan kamolot bosqichini xisobga olib, oqilona munosabatda bo‘lishiga bog‘liq.

Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo‘lgan o‘jarlik va nojo‘ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o‘zgarish ro‘y berganini, endi bolaga uning xozirgi o‘sish darajasini xisobga olib, munosabatda bo‘lish zarurligini bildiradi. Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari sifatida quyidagilarni extirof etish mumkin: - kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini xisobga olmasliklari; - xohish va istaklarini mustaqil xolda turmushda qaror toptirishga intilishlariga to‘sqinlik qilishlari;

- ayrim ko‘zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga o‘rinishlariga yo‘l qo‘ymasliklari; - bola o‘z xolicha ish tutishini cheklashlari. Kattalar bolalarning rayiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o‘z-o‘zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi. Oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida shaxslararo munosabatlar ilmiy asosda qurilib, muayyan qoidalarga suyanilsa va pedagogik odob doirasidan chetga chiqilmaca, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas.

O‘jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi – bolaning kattalarga qaramlikdan qutulishga o‘rinishi va kichik maktabgacha Yosh davridan maktabgacha Yosh davriga o‘tishning tashqi ifodasi xisoblanadi. Mustaqillikka intilish mazkur Yosh davridagi o‘zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy xatti-harakatni va “men o‘zim”ni anglashning mahsuli sifatida yuzaga chiqadi. Ko‘pchilik psixologlarning tadqiqotlaridan ma’lumki, bolalar mazkur inqiroz davrida bir nechta ko‘rinishdagi qaysarlikni namoyon etadi. Ana shunday ko‘rinishlarninsh bittasi biz nazarda tutgan 3 yoshli inqirozga to‘g‘ri keladi. SHu davrda uning ruhiy dunyosida sifat va miqdor jihatdan turli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar uning olamni boshqacha kashf qilayotganiga, psixikasi ma’lumot va axborotlar bilan kun sayin boyib borayotganligiga bog‘liqdir. Ayni shu yoshda boladao‘z irodasiga ishonch hissi tug‘iladi, u o‘zligini anglay boshlaydi. O‘zligini anglash qarama-qarshiliklarni, ziddiyatlarni engish bilan amalga oshadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 118.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling