Buxoro davlat pedagogika instituti 1 OʻA-22S guruh talabasi Imomova Gulnoza O‘zbekistonnig eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 85.93 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi85.93 Kb.
#1465039
Bog'liq
Fonema va tovushning dialektik munosabati

Buxoro davlat pedagogika instituti 1 OʻA-22S guruh talabasi Imomova Gulnoza Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

Fonema va tovushning dialektik munosabati

Fonema — ma’no anglatishda ishtirok etgan nutqning eng kichik qismi (unsuri): qil, qol, qo’l .

Nutq tovushlarini o'rganuvchi aspektlardan biri fonologiya deb yuritiladi. Nutq tovushlarining vazifaviy qiymatini fonologiya o‘rganadi. Fonologiyaning o'rganish obyekti fonemadir.

Fonema so‘z, so‘z shakllari va morfemalami tashkil etuvchi, ma’no farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik, boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan til birligidir. Masalan, tup - tub; quy - qo ‘y; sut - sud so'zlari fonemalar yordamida farqlanadi. Tarkibidagi birgina fonema bilan farq qiluvchi so‘zlar kvaziomonimlar deb yuritiladi.

Fonemalarning bogianishi, o‘zaro munosabati fonologik tizimni tashkil etadi. Tilshunoslik tarixida tovush sistemasini o‘rganishda ikki davr farqlanadi: 1) “fonema” tushunchasi shakllanishiga qadar boMgan davr; 2) fonologiya, ya’ni XIX asming ikkinchi yarmi va XX asrda fonema nazariyalarining yuzaga kelish davri. Birinchi davrda fonema va tovush, ba’zan harflar o‘rtasidagi farq aniq ko‘rsatilmay, tovushlaming talaffuzi so‘zlardagi u yoki bu holatda etimologik o‘zgarishlarga uchrashiga ko‘proq e’tibor berilgan.

“Fonema” atamasini keng ta’riflagan, bu tushunchaga asos solgan olim I.A.Boduen de Kurtenedir. “Fonema” atamasini o‘zbek tilshunosligida birinchi boiib professor U.D.Polivanov qoilagan. Hozirgi tilshunoslikdagi ikki taiimot – Moskva va Leningrad fonologiya maktablari nazariyalari turkiy tillarga ham tatbiq etilmoqda.

Fonema (grekcha phone - tovush, ovoz) nutqni tovush tomondan shakllantirishda ishtirok etuvchi vosita sifatida tilning eng kichik birligidir. Chunki nutqning muhim elementi sanalgan so‘zlar, uning ma’noli qismlari (morfemalar), so‘z formalari ana shu fonemalar vositasida shakl lanadi va shu fonemalar yordamida ma’no jihatidan o‘zaro farqlanadi. Fonema tilning eng kichik birligi sifatida tilning fonetik sistemasida muhim o‘rin tutadi. Fonema insonlar jamiyatining asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutqni shakllantiruvchi so‘zlarning asosiy elementidir.

A.Abduazizov “fonema”ga shunday ta’rif beradi: “Fonema – tildagi ma’nodor birliklar boigan so‘z va morfemalarni tashkil etuvchi va ularni farqlash uchun xizmat qiluvchi, tilning eng kichik, o‘zi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan birlikdir”

Fonema murakkab birlik boiib, turli artikulyatsion-akustik belgilami o‘z ichiga qamrab olgan va bu belgilardan tashkil topgan. Masalan, t fonemasida portlovchilik belgisini s fonemasidagi sirg‘aluvchilik belgisiga qiyoslab ajratib ko‘rsatish mumkin: tol-sol-, к fonemasidagi jarangsizlik belgisini g fonemasidagi jaranglilik belgisi bilan qiyoslash mumkin: kul - gul. Demak, fonema turli belgilaming majmuyi sifatida namoyon boiadi. Xususan, til oldi, tish, portlovchi, jarangli belgilarning yigindisi d fonemasini tashkil etadi. Shu belgilardan biri jarangli d fonemasini jarangsiz t fonemasidan farqlaydi. Ana shunday bir fonemani ikkinchisidan farqlash uchun xizmat qiluvchi artikulyatsion yoki akustik belgilar farqlanish belgilari yoki fonologik belgilar deb ataladi, fonema tarkibida farqlanish belgilari bilan birga tovushlarni farqlamaydigan, fonologik boimagan belgilar ham bor. Masalan, o‘zbek tilida unlilaming cho‘ziq-qisqaligi, undoshlaming yumshoq-qattiqligi fonologik jihatdan ahamiyatsizdir.


Download 85.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling