Buxoro davlat pedagogika instituti 1O’A-22S guruh talabasi abdujalilova sarvinozning O’zbek adabiyoti fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.05 Mb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1535417
  1   2
Bog'liq
1-Eng qadimgi adabiy yodgorliklar Islomgacha bo\'lgan davrdagi qadimgi turkiy adabiyot

Buxoro davlat pedagogika instituti 1O’A-22S guruh talabasi ABDUJALILOVA SARVINOZning O’zbek adabiyoti fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI


Eng qadimgi adabiy yodgorliklar Islomgacha bo'lgan davrdagi qadimgi turkiy adabiyot
Xalq tafakkuri va ijodining mahsuli bo`lgan mif va afsonalar tarixiy sharoit va voqealardan kelib chiqadi. Xalq mashaqqatlari va orzu-umidlarini o`zida aks ettirgan bu miflar, afsonalar insoniyat jamiyatining dastlabki davrlaridagi go`zal badiiy lavhalardir. Mif va afsonalarning yuzaga kelish paytini belgilash g’oyat mushkul bo`lganidek, ularda tasvirlangan hodisalarning hayot haqiqatiga qanchalik mos kelishini aniqlash ham oson emas. Ammo ularda tasvirlangan qator syujetlar real borliq va inson hayoti ko`rinishlariga asoslangani aniq.
Bizgacha yetib kelgan mif va afsonalarning barchasi yozma manbalarda uchraydi. Ammo ular yozma manbalarga xalq og’zaki ijodi orqali kirib kelgan. Shuning uchun ularni xalq og`zaki ijodiga mansub, deb qaraymiz. Afsonalarning xalq hayotiga singib ketgani, ayrim marosim va urf-odatlarga asos bo`lgani esga olinsa, bu xulosa yanada qat`iylashadi. Ulardan ayrimlari bilan tanishib o`tamiz:
Kayumars afsonasi. Markaziy Osiyo va Eron xalqlari orasida eng qadimiy davrlardan boshlab mashhur bo`lgan afsonalardan biri “Kayumars” dir. Kayumars afsonasining asosiy manbasi “Avesto” bo`lib, N.Mallayevning “O`zbek adabiyoti tarixi” kitobida aytilishicha, u Gaya Martan deb atalgan. Axura Mazda tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho`kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Kayumarsni Axriman o`ldiradi. Uning jasadidan 55 xil don, 12 xil o`simlik, sigir va ho`kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo`ladi; odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi.
Bu afsonaning mufassal bayoni va uning turli nusxalari to`g’risidagi ma`lumotlar “Tarixi Tabariy” asarida berilgan. Firdavsiyning “Shohnoma” asarida Kayumars afsonasiga bir bob bag’ishlangan. Afsonaning qisqacha tafsiloti Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” asarida ham mavjud.
Jamshid haqida afsona. Qadimgi afsonalarda insoniyat hayotining turli lavhalari o`z aksini topgan. Jamshid haqida afsonada hayot mantiqi, shaxsiy intilishlar yo`liga o`tishning mudhish oqibatlari ochiq bayon qilingan. E.Bertelsning “Istoriya tadjiksko-persidskoy literaturi” asarida “Avesto” dagi Jamshid-Yima afsonasi bayoni berilgan. Tarixiy manbalarning ko`pchiligida Jamshid haqida afsonalar keltirilgan. Firdavsiy, Tabariy, Beruniy va Navoiy asarlarida ham Jamshid to`g’risida ancha mufassal ma`lumotlar bor.
Navoiy “Tarixi muluki Ajam” da Jamshid uchun maxsus bob ajratadi va uni peshdodiylar tabaqasiga mansubligini, barcha ijobiy ishlarini sanab o`tadi.
Navoiyning yozishicha, u “husnu jamolda dilnazir va fazlu kamolda benazir erdi, g’arib ixtirolar qildi”. Qurol yasash, qalqon qilish undan boshlangan. Jamshid hammom bino etgan, to`quv ashyolarini, rang ishlatishni bunyod qilgan, Istahr shahrini kengaytirgan, Chil minor degan g’oyat muhtasham bino qurgan. O`sha imoratda Jamshid taxtga o`tirgan kun “Navro`z” deb atalgan. Uning hukmronligi 700 yil davom etgan. Keyin manmanlik kasaliga chalinib, o`ziga behad bino qo`yadi va hatto o`zini xudo deb e`lon qiladi. O`z suratida butlar yasaydi. Zahhok Jamshidni tutib, “arra bilan ikki bo`lib, jismin pora-pora qildi”. Navoiy Jamshid hikoyasiga xulosa yasab shunday deydi:
Chu Jamshid taxt uzra tutti maqom,
Dimog’iga yo`l topdi savdoyi xom.
Ani qildi xaq amri aylab sitez,
Siyosat qilichi bila rez-rez
Sirli hodisalar o`rtasidagi tortishuv, bahs va kurashlar o`rnini asta-sekinlik bilan vatanparvarlik, qahramonlik motivlari egallay bordi. Markaziy Osiyo xalqlarining xuddi shu mazmundagi o`nlab qissa va eposlari turli manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Xususan, Sak shohi Amorg va uning rafiqasi Sparetra haqidagi qissa Yunon tarixchilari Ktesiy va Polisiy asarlarida, To`maris qissasi Gerodotning “Tarix” kitobida, Shiroq qissasi Polienning “Harbiy hiylalar” asarida, “Zariadr va Odatida” Xoris Mitilenskiy asarida, “Iskandar” qissasi “Tarixi Tabariy”, “Tarixi ibn al-Asir” (XIII asr), “Tarixiy Banokatiy” (XIV asr), “Shohnoma”, “Tarixi muluki Ajam”, “Saddi Iskandariy”, “Iskandarnoma”, “Oynai Iskandariy” kabi asarlarda qayd etilgan.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling