Buxoro davlat pedagogika instituti 1O’A-22S guruh talabasi abdujalilova sarvinozning O’zbek adabiyoti fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Islomgacha bo’lgan davrdagi turkiy adabiyot


Download 1.05 Mb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1535417
1   2
Bog'liq
1-Eng qadimgi adabiy yodgorliklar Islomgacha bo\'lgan davrdagi qadimgi turkiy adabiyot

Islomgacha bo’lgan davrdagi turkiy adabiyot Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
Markaziy Osiyo, xususan o’zbek xalqining o’tmish tarixi haqida turli-tuman ziddiyatli fikrlar aytib kelingan bo’lsa-da, xalqimiz qadimgi O’rta Osiyoning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, o’ziga xos betakror jihatlari haqida bir qator manbalarda yetarlicha ma’lumotlar uchraydi. Turli xildagi yozuvlar, osori-atiqalar, “Avesto”, “Behustun ”, Urxun-Enasoy kabi yozma yodgorliklarda, Beruniy, Narshaxiy kabi tarixchilarning bir qator asarlarida, shuning grek, xitoy, hind, arman tarixchilarining asarlarida ham ko’plab ma’lumotlar mavjuddir. Xalqimizning tarixiy taqdiri, hayot tarzi, qarashlari, ilm va madaniyati haqida zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” ko’plab ma’lumotlar beradi. Shuningdek, Qadimgi Grek tarixchisi Gerodotning “Tarix” nomli kitobida O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari – ibtidoiy jamiyat sharoitida yashaganligi va, asosan, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanganligi aytilsa, Strabonning “Geografiya”, “Harbiy hiylalar” kabi asarlarida juda qadim zamonlardan Markaziy Osiyo teritoriyasida xilma-xil qaysar, yovvoyi va urushqoq qabilalar yashaganligi va ular o’zaro munosabatlarida halollik, mardlik, vatanparvarlik va odillikni har narsadan afzal bilganliklarini qayd etadilar. “To’maris”, «Shiroq», «Amorg va Sparetra» kabi bir qator tarixiy afsonalar mazmun-mohiyati ma’lum ma’noda bu fikrlarni tasdiqlaydi.
Hozirda fanga ma’lum bo’lishicha, ana shunday Markaziy Osiyo xalqlarining geografik joylashish o’rni Baqtriya, Xorazm, Sug’diyona, Marg’iyona, Parfiya, Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon vohalari va boshqa joylarni o’z ichiga olgan. Bu yerlarda Xorazmiy, So'g’diy, Sak, Massaget kabi qabilalar, Chigil, Yag’mo, Tuxsi, O‘g’uz, Tangut kabi elatlar istiqomat qilganlarki, bular hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari ekanligi shubhasizdir. Olib borilgan arxeologik qazilmalar va qidiruv ishlari so’ngida topilgan Qo’hitang’ yozuvlari, Ilonsoy (Samarqand) Hojikent (Toshkent) Teshikbosh (Farg’ona) deb ataluvchi joylardan topilgan yozuvli suratlar, turli xil asbob-anjomlar, uy-ro’zg’or buyumlari, kumush va tilla tangalar ana shu xalqlarning madaniyati yuksak bo’lganligidan darak berib turadi.Qadimgi madaniyat. Turon - qadimiy adabiy-madaniy markazlardan biri. Turon insoniyat madaniyati tarixining qadimiy go’shalaridan biridir.Arxeologik kuzatishlar bu zaminda uzoq o’tmishda ham kishilar yashashi uchun tabiiy sharoit mavjudligini tasdiqlaydi. Boysun tog’larining Teshiktosh darasida 8-9 yoshli bolaning bosh suyaklari topilishi fikrimizning yorqin dalilidir.
Insoniyat tarixining ilk davrlari haqida ma’lumot beruvchi ushbu ashyoviy dalil neondertal odam zoti avlodidan bo’lib, yovvoyilik davrining quyi pag’onasida yashab o’tganligi aniqlandi (O’zbek adabiyoti tarixi. 1-tom, Toshkent - 1977 , 19-bet). Umuman, Markaziy Osiyo hududida eramizdan ko’p ming yillar ilgari odamlar yashagan degan fikrlar mavjud. Kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o’lkamizda ilm-fan, madaniyat va san’at rivojlanib bordi. Xalqimiz madaniyati tarixi haqida yunon, xitoy, hind va arman tarixchilari kitoblarida, “Avesto”, Behustun, Bundaxishn, O’rxun-Enasoy yodgorliklari kabi bir qancha manbalar va Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy singari ulug’ olimlarimizning asarlarida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.Qadimgi Turon hududi eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalarida Baqtriya, Marg’iyona, So’g’diyona, Xorazm, Parfiya, Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon vohalari, Parkana (Farg’ona) va boshqa joylardan tarkib topgan edi. Bu yerlarda til va turmush tarzi jihatidan bir-biridan uncha farqlanmagan massagetlar, xorazmiylar, so’g’dlar, parfiyanlar kabi qabila va elatlar istiqomat qilishib, ba’zan ko’chmanchilik, ba’zan esa o’troq holda kun kechirishgan.
Bular ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ovchilik va baliqchilik, keyinchalik esa chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanishgan. Dehqonchilik, asosan, toshqin suvlardan foydalanish asosida tog’ yon bag’irlarida va soylik joylarda rivojlangan. Jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy, siyoiy-tarixiy, axloqiy-madaniy taraqqiyoti natijasida dehqonchilikda sun’iy sug’orishdan keng foydalanila boshlangan. Bunday jarayonning tadrijiy takomili ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni kuchaytiradi. Natijada katta qabilalar ittifoqi, quldorlik davlatiga asos solinadi. Kishilarning bu shakldagi uyushmalari ularning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayotiga o’zining sezilarli ta’sirini ko’rsatdi. Kanal qazish, to’g’onlar qurish, sug’orish shahobchalarini tozalash, mudofaa inshoatlarini qurish kabi ishlar amalga oshirilgan.Qadim Turonda quldorlik davrida Maroqand (Samarqand), Kiropol (Hozirgi Tojikiston davlatiga qarashli O’ratepa shahri) singari shaharlar barpo etiladi, konchilik va hunarmandchilik taraqqiy qiladi. Arxeologik kuzatishlar va ba’zi manbalarning ma’lumot berishicha, o’lka aholisi konlarda mehnat qilishgan, mis va temir eritish asosida turli harbiy va mehnat qurollari yasash, kemasozlik, to’quvchilik, binokorlik, zargarlik kabi hunarlar rivoj topib, bu odamlarning savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanishlari va hatto neftdan foydalanishlari uchun imkon hozirlab beradi.
Feodalizmning ilk davrlaridan boshlab sug’orishga asoslangan dehqonchilik, shaharlar hayoti ham zaiflashgan. Yirik quldorlik shaharlari o’rnini kichik feodal shaharlari egallagan. Kishilar ko’proq hunarmandchilik, savdo-sotiq va boshqa ishlar bilan mashg’ul bo’lgan.Ajdodlarimizning tabiat mo’jizalari oldidagi ojizligi olamda ezgulik va yovuzlik kuchlarining muntazam to’qnashuvi mavjudligi to’g’risidagi tushunchalarini shakllantiradi. Bular orasida kosmogonik tushunchalar alohida ahamiyat kasb etadi. Qadimgi kishilikning Quyosh kulti (Mitra)ga sig’inishi tabiatda ulug’ va foydali kuchlar - quyosh va suv (Anaxita suv ma’budasi) abadiy bo’lgan o’lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar - zulmat va kulfat abadiy mavjud bo’lgan o’lkaning borligiga ishonish bilan bog’liq holat - hodisalar shakllangan. Bu singari ajdodlarimiz topingan kultlar eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan zardushtiylik diniga qo’shilib ketadi. Qadimgi Turonda kishilar budda dini (buddizm), moniy dini (manixeizm), nasora (nestarian) xristianligi, yahudiy dini, Ellin xudolari (Zevs, Afina, Poseydon, Apollon va boshqalar)ga ham e’tiqod qilganliklari ma’lum.
Ammo arab xalifaligi istilochilik harakatlaridan so’ng juda katta hududlardagi aholi uchun islom dini asosiy e’tiqod bo’lib qoladi (Mallayev N. O’zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1976, 30-bet).Markaziy Osiyo xalqlarining katta qismi eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda eron tillari guruhiga mansub lahja va shevalarda so’zlashishgan. Bunday til Grek-Baqtriya davlati hukmronligi yillarida va Markaziy Osiyo ahamoniylar tomonidan istilo qilingan davrda ham rivojlanib borgan. Ammo Baqtriya shohlari saroyida grek tilining nufuzi sezilarli darajada baland bo’lgan. Turon hududida turkiy tilning shakllanish va rivojlanish jarayoni xunnlarning bu yerga ko’chib kelishi hamda o’troqlashishi bilan bog’liq. Olimlarning fikricha, ularning aksariyati Oltoy tili shajarasining turkiy guruhiga mansub tillarda gaplashishgan. Xunnlarning dastlab eramizdan avvalgi II asrda Turon zaminida paydo bo’la boshlagani ko’pchilik qadimshunos va elshunos olimlar tarafidan e’tirof qilinadi. Ularning Yettisuv va Sirdaryo bo’yidagi cho’llarga ko’chib kelib mahalliy xalq - skif-massagetlar bilan chatishib ketishi eramizdan avvalgi II - I asrlarga to’g’ri keladi.
Bu jarayonning davom etishi o’lkamizda turkiy tillar guruhining keng tarqalishiga imkon yaratadi. Shunday qilib, asosan, turk xoqonligi davlati davrida Shimoliy Enasoydan Mo’g’ulistongacha bo’lgan hududda turkiy til keng iste’molda bo’lgan. Markaziy Osiyodagi Eron tillari guruhiga mansub lahja va shevalarda so’zlashuvchi yerli xalq sekin-asta turkiy tillarda so’zlashuvchi aholi bilan chatishib ketib, turkiy tillarda so’zlay boshlaydi.Markaziy Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan yozuvdan ham foydalanib kelishgan. Turon, Eron va ularga tutash o’lkalarda dastlab oromiy yozuvi qo’llanilganligi juda ko’p manbalarda qayd etiladi. Greklar tomonidan Markaziy Osiyoning zabt etilishi bilan grek yozuvi ham e’tibor paydo qila boshlaydi. Olimlarning fikricha, oromiy, grek, forsiy mixxat yozuvlari ma’lum davrlar mobaynida ma’muriy hujjatlarda qo’llangan. “Avesto”, Xorazm, so’g’d, kushon, run (O’rxun-Enasoy), uyg’ur yozuvi va boshqa shunga o’xshash yozuvlar esa eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida asta-sekin oromiy yozuvi negizida paydo bo’lgan mahalliy yozuvlardir
.“Avesto”, Xorazm, so’g’d yozuvlarining eng qadimgi xat turlaridan ekanligini arxeologik kuzatishlar asosida bizgacha etib kelgan yodgorlik va ayrim manbalar tasdiqlaydi. Fanda “O’rxun-Enasoy” yoki “turkiy run yozuvi” deb nomlangan yozuv I asrda vujudga kelgan bo’lib, Shimoliy Enasoydan Mo’g’ulistonga qadar cho’zilgan hududda istiqomat qiluvchi xalqlar va qabilalar tomonidan keng qo’llanilgan. O’rxun va Enasoy daryolari bo’ylaridan topilgan V-VII asrga mansub yodgorliklarda ham mazkur yozuvdan foydalanilganligi ma’lum bo’ldi.So’g’d xati negizida O’rxun-Enasoy yozuvi bilan oldinma-keyin vujudga kelgan xat uyg’ur yozuvi nomi bilan shuhrat topdi. Sharqiy Turkiston, Movarounnahr va Xurosonda uyg’ur yozuvi juda uzoq yillar tatbiq etildi. Arablar istilosidan so’ng yurtimizda arab yozuvi joriy etilgan bo’lsa-da, temuriylar davriga qadar uyg’ur yozuvidan foydalanildi.
. Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” dostonining Venadagi kutubxonada saqlanayotgan qo’lyozma nusxasi, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”si, Mavlono Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari uyg’ur yozuvida ko’chirilgan. Ilm-fan, madaniyatimiz tarixida arab yozuvi muhim ahamiyat kasb etadi. VIII asrdan keng tarqala boshlagan arab yozuvidan o’zbek xalqi taxminan 1200 yil davomida istifoda etdi. Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” dostonining Namangan va Qohira shaharlarida saqlangan nusxalari arab yozuvida bitilgan eng qadimiy turkiy yodgorlik sanaladi. Ko’rinadiki, Markaziy Osiyo xalqlari yozuvdan juda qadim zamonlardan, eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalaridanoq foydalana boshlashgan va u madaniyat, ilm-fan, jumladan, adabiyotning rivojiga sezilarli ijobiy ta’sir ko’rsatgan.Qadimgi Turonda ilm-fan taraqqiyoti jarayoni va darajasi haqida ma’lumot beruvchi yodgorliklar bugunga qadar juda kam miqdorda yetib kelgan.
Bizgacha saqlanib kelgan so’g’d taqvimi, Beruniy asarlari va boshqa yozma manbalardagi ma’lumotlar Turon zaminning donishmand farzandlari fanning astronomiya, geometriya, geodeziya, fizika, kimyo va boshqa tarmoqlari bilan shug’ullanganliklari hamda ayni sohalarda sezilarli ijobiy muvaffaqiyatilarni qo’lga kiritganliklaridan darak beradi. Ayniqsa, falakiyot ilmining ikki - jabhasi ilmi hay’at (astronomiya) va ilmi nujum (astrologiya) shu sarzaminda o’zining ma’lum taraqqiyot bosqichlarini o’tagan. Jumladan, otashparastlik dini vakillariga o’n sakkizta sayyora ma’lum bo’lgan. Bulardan yettitasi Quyosh (sayyora sifatida tushunilgan), Oy, Utorid, Zuhra, Mirrix, Mushtariy va Zuhal bo’lib, yetti sonining ilohiylashuviga sabab hisoblanadi. So’g’d, Xorazm va boshqa yerlardagi olimlar asosiy sayyoralar, yulduzlarni o’rganib, ularni nomlaganlar hamda Burj (Zodiak) sistemasini aniqlab olganlar. Shohlar saroyida munajjimlar faoliyat ko’rsatishgan. Ular goroskoplar tuzib, yulduzlar olamini kuzatishgan. Ayni chog'da munajjimlar matematika, fizika, falsafa, tibbiyot kabi fan tarmoqlari bilan shug’ullanishgan. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asaridan keltiriladigan quyidagi to’rtlik turkiy xalqlar fanning bu sohasi bilan qadimdan mashg’ul bo’lganliklarini tasdiqlaydi:
Qara to’nug kechursadim,
Ag’ir uni uchursadim.
Jeti kanin qachirsadim,
Saqish ichra kunum tug’di.
Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling