“jahon madaniyati tizimida o’zbekiston arxeologiya yutuqlari” fanidan
Download 205.5 Kb.
|
Tursunov Orzimurod Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: Xolmatov N.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGISharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat UniversitetiTarix fakulteti“JAHON MADANIYATI TIZIMIDA O’ZBEKISTON ARXEOLOGIYA YUTUQLARI” FANIDANKurs ishiMavzu: Qadimgi So’g’d svilizatsiyasi70220301-Tarix (yo`nalishlar va faoliyat turi bo`yichaBajardi: Tursunov O.Tekshirdi: Xolmatov N.Samarqand-2022Mavzu: Qadimgi So’g’d svilizatsiyasiReja: I.Kirish: II.Asosiy qism: 1.Qadimgi So’g’d svilizatsiyasi va uning rivojlanishi. 2. So’g’diyonaning tarixiy manbalardagi tavsifi. 3. So’g’diyonada shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va takomillashishi III.Xulosa. Sug’d – Zarafshon va Qashqadaryo havzasida joylashgan qadimiy va madaniy voha hisoblanib, Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy jarayonlarida o’ziga xos o’ringa ega bo’lib kelgan. O’tmishda bir necha bor dunyo madaniyati markazlaridan biri darajasiga yetgan Turonzaminning markaziy qismi, xususan Zarafshon va Qashqadaryo vohalari bo’ylab joylashgan qadimiy dehqonchilik hududlari arab istilosiga qadar Sug’d deb atalardi. Bu mamlakat zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da ham “Gava - sug’diylar yashaydigan yurt”, deb ta’kidlangan1. O’rta Osiyo va O’zbekistonning qadimiy hududlari jamiyati to’g’risida muhim yozma manbalar “Avesto”, Ahamoniylar davri yozma yodgorliklari va qadimgi yunon tarixshunoslari hikoyalarida uchraydi. “Avesto”ni eng qadimgi qismlarining barchasi bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Bu to’plam milodning III-VII asrlarida tahrir qilingan. “Avesto” ning bizgacha yetib kelgan matnlari to’rt kitobni o’z ichiga oladi. “Avesto” ko’p qatlamli, murakkab manba bo’lib, asrlar davomida shakllangan. Uning turli qismlarida Zaratushtra “zaotara” yoki “ataurvon”, ya’ni koxin tarzida tilga olinadi. Zardushtiylik dini tarixi bo’yicha yetakchi mutaxassislar mazkur holatga o’z e’tiborlarini qaratib, Zaratushtra bu dinning yagona asoschisidir, shuning bilan birga u ham koxin, ham payg’ambar edi, deb faraz qiladilar. “Avesto” ma’lumotlarining tarixiy sanalari ko’p yillardan beri olimlar orasida tortishuvlarga sabab bo’lib kelmoqda. “Avesto”da ko’rsatilgan mamlakatlarning geografik o’rnini va chegaralarini aniqlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzumini va “Avesto” tushunchalarini o’rganishga bag’ishlangan katta ilmiy adabiyot mavjud. “Avesto”ning eng qadimiy qismlari keng xududda joylashgan jamiyatni tasvirlab, bu jamiyat haqidagi yozuvsiz zamonlarga oid tasavvurlarni saqlaganlar. Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, “Avesto” tili qadimda fors tilidan nisbatan ancha oldingi bosqichda paydo bo’lgan. O’rta Osiyo uchun “Avesto” ma’lumotlari arxeologik manbalar bilan solishtirilgan holda keng davriy chegara oralig’ida - bronza davridan tortib qadimgi dunyo - antik davrgacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy tarixni yoritishsa foydalaniladi. Bunday yondashuv hamisha ham o’zini oqlayvermasada, yozma va arxeologik manbalarni bir-biriga solishtirish zaruratidan kelib chiqqan. “Avesto”ning eng qadimgi qismlari So’g’diyonaga ta’rif berib, mamlakatni ikkita nomda ajratib ko’rsatadi – So’g’dda va Gava So’g’dda. Bu dalil So’g’dda “mamlakati” yana Gava singari alohida viloyatlarga bo’linishidan dalolat bermasmikan yoki Gava, So’g’ddaning eng qadimgi nomini tashkil etganmi? “Avesto”ning mamlakatlar ro’yxatida birinchi navbatda tilga olinayotgan Aryoshayyona, AryonamVayjoni - bu keng hududda joylashgan o’lka deb tushunish mumkin. Videvdat kitobning maxsus bobida Arenam Vayjo Vanxvi Daiti daryosi atrofida joylashgan deb e’lon qilingan. “Qish u yerda o’n oy davom etadi, yoz ikki oy, qish oylarining suvlari sovuq, yerlari sovuq, o’simliklari sovuq, qishning oxirida u yerda katta toshqin suv paydo bo’ladi”. Vanxvi Daiti daryosi bizga noma’lum bo’lib, u haqida - bu yirik sersuv daryo deb faraz qilish mumkin. Aryonam Vayjo iqlimi baland torli viloyatlar tabiatiga yaqin bo’lib ko’rinadi. Ammo Arenam Vayjoning geografik chegaralari to’g’risida “Avesto”da aniq ma’lumotlar yo’q. Xuddi shunday vaziyat O’rta Osiyo ko’chmanchi elatlarining tarixiy geografiyaini o’rganishda takrorlanadi. Gerodot massagetlarning hududiy joylashuvi haqida bunday yozadi: “Bu massagetlar jasur va behisob qabiladir. Ular sharqda, quyosh chiqishi yo’nalishida, Araks daryosining narigi yog’ida joylashganlar... Araks daryosi Marg’iyona tog’laridan boshlab oqadi”. Araks - bu Amudaryo, Matiyona tog’lari Gerodotning tushunishicha, Pomir yoki Xindiqush tizmalaridir, chunki tarixchining aytishicha, Marg’iyona tog’laridan Hind daryosi ham boshlanadi. Ahamoniylar yozuvlari saklarning yashash joylarini dengiz va daryolar bilan bog’laydi. Katta sersuv daryo yonida (Amudaryo) “cho’qqi qalpoq kiyib yurgan” ko’chmanchilar, “dengizdan narigi yog’dagi saklar” to’g’risida ham manbalarda ma’lumot bor. So’nggi yillar ilmiy adabiyotlarida O’rta Osiyo qadimgi viloyatlarining hududiy chegaralari to’g’risidagi bahs-munozaralar yana jonlanib ketdi. Ayniqsa, Baqtriya va So’g’diyona chegaralari to’g’risidagi mavzu eng dolzarb masala bo’lib, bu muammoni hal qilish uchun olimlar maxsus tadqiqotlar olib borilmoqda. Yunon-rim tarixchilari xududiy chegaralarni O’rta Osiyodagi yirik daryolar bo’yicha ko’rsatib berishlari an’anasiga aniq fikr bidirish mumkin. Bunday an’ana mahalliy aholining yashash yerlari va viloyatlarning chegaralari to’g’risida qadimgi tarixshunoslar aniq va to’la tasavvurga ega bo’lmaganlari haqida dalolat beradi. Shuning uchun ham yunon-rim tarixchilari hududiy chegaralarni daryolar bo’yicha ajratganlar. Araks, Oks yoki Amudaryoni chegara sifatida ko’rsatganda, “daryo madaniy chegara» va “daryo ma’muriy yoki siyosiy chegara” sifatida ta’kidlash mumkin. Ba’zi bir olimlar fikricha, Amudaryo ko’p hollarda hududiy-siyosiy chegara vazifasini bajargan bo’lsada, viloyatlar o’rtasida hech qachon madaniy chegara bo’lmagan. Bu fikr bilan to’la qo’shilib bo’lmaydi, chunki turli davrlarda, ahamoniylar davri yoki antik davrda Amudaryo davlatlar o’rtasidagi chegara vazifasini bajarmagan. Qadimgi zamonlarda Amudaryo bo’yidagi zamonaviy Karki shahri atrofidan boshlab hech kim yashamaydigan yoki juda kam aholi yashaydigan “hech kimga qarashli” bo’lmagan bepoyon dashtlar va cho’llar boshlangan. Bunday “chegaralar” - xududlar yuzlab kilometrlarga cho’zilgan. Shuning uchun ham bu yerlar yozma manbalarda bevosita so’g’diylarga qarashli deb ko’rsatilgan. So’g’diyona hududi ahamoniylar davrida va bundan qadimroq zamonlarda Amudaryodan o’tish bilan boshlanmagan, chunki Qashqadaryo vohasida topib tekshirilgan o’troq so’g’diy aholining qishloq xarobalari Amudaryodan ancha olis masofada joylashgan. Shuning uchun ham So’g’diyona bilan Baqtriya o’rtasidagi xududiy chegaralar Amudaryodan o’tmagan bo’lishi kerak. O’troq aholi yashovchi viloyatlar o’rtasida chegara vazifasini tabiiy geografik omil sifatida cho’llar va tog’lar bajargan. Ko’p xollarda cho’l va tog’lar etnik chegaralarda aralash joylashuv yerlarga aylanib qolganligi tasodif bo’lmasa kerak. Hisor, Boysun va Ko’hi tog’ tizmalari Baqtriya va So’g’d o’rtasidagi tabiiy chegara bo’lgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, qadimgi Xorazm hududi o’rta Amudaryo oqimidan boshlab Orol dengizigacha yerlarni o’z ichiga olgan, Baqtriya yerlari - bu Afg’onistonning shimoli-sharqi Balxob, Qunduz, Panj, Badaxshon vohalari, Janubiy Tojikiston Kofirnihon, Vaxsh, Panj vohalari, Surxondaryo viloyati. Baqtriyaning hududiy chegaralari: janubda - Hindiqush tizmasi, shimolda - Hisor tog’lari, sharqda - Pomir, g’arbda - Amudaryoning o’rta oqimi hisoblanadi. So’g’diyona - hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalaridir. So’g’diyonaning geografik chegaralari: g’arbda Buxoro vohasidan sharqda Hisor tog’lari bo’ylab, janubda Qashqadaryo va Ko’xitog’ oraligida, shimolda esa Nurota tizmalariga borib taqalgan. So’g’diyona yozma manbalarda mil.av. I ming yillikning o’rtalaridan boshlab tilga olinadi. Ulardan eng qalimgilari Doro I ning Bexustun yozuvlari hisoblanadi. Unda yozilishicha, mil. av. VI asrda So’g’diyona Ahmoniylar imperiyasiga boj to’lab turadigan 23 ta satrapliklardan biri bo’lgan. Shuningdek, Bexustun yozuvlarida Doro I ning Suzadagi saroyi qurilishida lazurit va qizil serdolik kabi qimmatbaho toshlar So’g’diyonadan keltirilganligi ma’lum qilinadi.Ilk yozma manbalarda So’g’diyonaning tarixi va madaniyati haqida ham ma’lumotlarni beradi. Xususan, Geradot birinchilardan bo’lib, “parfiyaliklar, xorazmiylar va so’g’dlar Ahmoniylar imperiyasining 16 viloyati tarkibiga kiradi va 300 talant soliq to’laydilar”. Yana bir qadimgi yunon tarixchisi Ktesiy Knidskiy (mil.av.V-IV asrlar) O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari, xususan baqtriyaliklar, saklar va so’g’dlar haqida gapirib, asosan Geradotning ma’lumotlarini to’ldiradi. Antik davr manbalarida So’g’diyona hududi janubda Amudaryo va sharqda Sirdaryo bilan chegaralanishi qayd qilinadi. Antik davrning mashhur geografi Klavdiy Ptolomey: “So’g’dning chegarasi janubda Oks (Amudaryo) hamda Kavkaz tog’laridan (bu erda Badaxshon tog’lari nazarda tutilgan); shimolda Oks tog’lari, Skifiya, sharqda Yaksart (Sirdaryo) va Kamel tog’lari orqali skiflar bilan chegaradoshligi ta’kidlanadi. Shuning bilan birga u Marakandani Baktriya shaharlari qatoriga qo’shadi. So’g’d hududlariga katta maydonli cho’l hududlarining ham kirishini Kvint Kurtsiy Ruf ham ta’kidlagan. U ehtimol Shimoliy So’g’d haqida gapirgan bo’lsa kerak. So’g’diyona chegaralari haqidagi ancha aniq ma’lumotlar Arrianning asarlarida keltirilgan; “shimolda So’g’d sak yerlari bilan, shimoli sharqda esa ushbu chegara Yaksart daryosi orqali o’tadi”. So’g’diyona va so’g’diylar haqida Strabon ham yozib qoldirgan. U: “so’g’diylar bilan baqtriyaliklarning hayot tarzi bir biriga o’xshash, shuning bilan birga ularning hayoti ko’chmanchilarnikidan kam farq qiladi”. Milloddan avvalgi I va millodning I asri tarixi haqida xitoy manbalari ham hikoya qiladi. Xitoyning Ban Gu tomonidan yozilgan “Xan Tsyan Xan shu katta uyining tarixi” nomli asarda I asrning oxirlarida O’rta Osiyoga kelgan savdogarlar haqida hikoya qilinadi. V asrning birinchi yarmida yashagan Fan Xua tomonidan yozilgan “Xan Xau Xan shu kichik o’g’lining tarixi” nomli asarida ham shu haqda ma’lumotlar keltirilgan. Manbada II asrga oid ma’lumotlardan foydalanilgan. So’g’diyona haqidagi ko’plab ma’lumotlar arab fors tarixiy va geografik adabiyotlarida ham uchraydi. Ularning asosini Samarqandning bosib olinishi va vayron qilinishi haqidagi afsonalar tashkil qiladi. Bunday afsonalardan eng qadimgisi o’rta fors davriga oid “Eronshahr shaharlari” nomli asarda saqlanib qolgan. Unda haqqoniy dalillar afsonalarga qorishtirib yuborilgan. VI va VII asr boshlariga oid “Xvaday namak” (hukmdorlar kitobi) ga kirgan so’ngi sosoniylar davri xronikalarida So’g’d, Eron, Turon va “Afrosiyob podsholigi” haqidagi epik hamda tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlar Firdavsiyning Shoxnoma asarida o’z aksini topgan. O’rta asr manbalarida keltirilgan ma’lumotlarda So’g’diyona hududi ancha qisqargan holatda keltiriladi. Ularda So’g’d haqida gapirilganda o’rta Zarafshon va ayrim manbalarda unga Qashqadaryo viloyati hududlari ham kiriladi. Hatto VI asrning oxirlariga oid manbalarda, jumladan, fors tili lug’atida faqatgina Samarqand atrofidagi hududlar tilga olinadi.Arab tarixchisi Istaxri So’g’diyona haqida gapirganda, Dobusiyadan Samarqandgacha bo’lgan hududlarni tilga oladi. Shuning bilan bir vaqtda u buxoroliklarni so’g’d tilida gaplashadi, deydi. Bu erning qulay iqlim sharoitlari haqida yozma manbalarda ham boy materiallar keltirilgan. Al Maqdisiy Samarqandni ta’riflar ekan, uni Movaraunnahrning birinchi shahri, deb atagan. Al Istaxri esa, o’zining “Masalik al mamalik” (“Davlatlar yo’llari”) asarida Samarqand so’g’di erlarini odam yashashi uchun qulay bo’lgan uchta zamindan biri sifatida baholaydi. Beruniy davrining manbalarida Buxoro vohasini So’g’diyona hududlariga kirganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Qashqadaryoning So’g’diyona tarkibiga kirganligi haqida isbotlangan dalillar mavjud. Yaqin kunlargacha Kitob Shahrisabz hududlarining aholisi o’zlarini sug’utiy so’g’dlar deb atashganlar. O’rta asrning boshqa mualliflari, jumladan, Yaqubiy Buxoro, Nasaf va Keshni So’g’diyona tarkibiga kiritgan va uning poytaxtini Samarqand, deb hisoblagan. Ammo, boshqa bir manbada u Keshni asosiy shahar deb keltiradi. Istaxriyning fikricha, Dobusiya, Robinjon, Kushoniya va Ishtixon “So’g’dning yuragidir”. Mahmud Qoshg’ariy esa, So’g’diyona deganda Buxoro va Samarqand oralig’idagi hududlarni tushungan. V.V.Bartoldning fikricha, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida So’g’diyona deganda Zarafshon daryosi oqimidagi hududlar tushunilgan. Temuriylar davrida esa, Oqdaryo va Qoradaryoning oralig’i “Nim So’g’d” yoki “So’g’idi Xurd”, Oqdaryodan shimoldagi hududlar “So’g’udi Kalon” deb atalgan. Hozirgi kunda So’g’d nomi Sugut shaklida Zarafshonning yuqori oqimidagi Yagnob vodiysida saqlanib qolgan. Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga va So’g’dga yurishlari taniqli sharqshunos olim V.V.Grigorev tomonidan yaxshi o’rganilgan. Shuningdek, ushbu masala bilan ingliz olimi V.V.Tarna hamda rus olimi K.V.Treverlar ham shug’ullanganlar. Shu davr siyosati va harbiy tarixini B.A. Litvinskiy ham sinchkovlik bilan o’rgangan. So’g’d haqidagi yozma manbalar bilan I.V.Pyankov maxsus shug’ullangan. Uning ishlarida Aleksandrning O’rta Osiyo ichkarisiga yurish qilgan davrlardagi siyosiy voqea hodisalar yaxshi aks ettirilgan. Yunon tarixchilarining asarlarida So’g’d hududlarida grek baqtriya podsholigi qulagandan keyingi tarix kam aks ettirilgan. Qadimgi fors tilida So’g’diyona Suguda nomi bilan tilga olinadi. So’g’diyona nomi Avestoning I bobida “Gava So’g’di” nomi bilan keltiriladi. Ammo, bunda So’g’dning qaysi qismi haqida so’z borayotgaligini tushunish qiyin. Avestoning geografiyaga bag’ishlangan bo’limida: “... chuqur va keng daryolar Gava So’g’diga va boshqa davlatlardan oqib o’tadi”, deyilgan. Gava termini turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, V.V. Bartold, “Gava” terminini “Fau” deb qabul qilishni va bu “Naxri Pay” kanalining nomidan kelib chiqqanligini qabul qilishni taklif qiladi Boshqa bir tadqiqotchila “Gava” nomini Xitoy manbalarida Kushon imperiyasi Xau deb nomlangani va uni Samarqand vohasidagi Miyonqal’adan axtarish kerakligini ta’kidlaydilar. So’g’diyona haqidagi ma’lumotlar 1906 yilda Dunxuanning g’arbidan topilgan I asrga oid so’g’d yozuvlarida ham uchraydi. Ushbu yozuvlar IV asrlarga oidligi aniqlangan. Bu yerda so’g’d shaharlarining tuzulishi, aholining mashg’ulotlari va maishiy sotsial hayoti, mulkchilik va oila munosobatlari, shuningdek, IV asrning boshlarida xunlarning yurishlari bilan bog’liq Xitoy g’arbiy chegaralaridagi tashvishli harbiy siyosiy ahvol haqida ham ma’lumotlar bor. Shunday qilib, yunon manbalarida “So’g’d” yoki “So’g’diyona” termini ostida Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yirik hududlar tushunilsa, vaqt o’tishi bilan ushbu taponim bilan bog’liq hududlar qisqarib boradi. Ammo, hamma vaqtlarda ham Zarafshon vohasi, xususan Samarqand so’g’dning markazi sifatida qolib kelgan. Bizning hududlarimizda davlatchilikning asosiy omillari bo’lgan jarayonlar so’nggi bronza va ilk temir davriga kelib yanada jadallashadi. So’g’diyona hududlariga odamlar eng qadimgi davrlardayoq kirib kelib, tog’, daryo vohalari, keyinchalik esa dasht hududlariga tarqaladilar. Bu hududlarda mavjud bo’lgan qulay tabiiy-geografik sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Mil. avv. IX-VII asrlarga oid tarixiy-madaniy yodgorliklar (ayniqsa ko’hna shahar xarobalari) So’g’diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi. So’g’diyona O’rta Osiyoning muhim tarixiy-madaniy hududlaridan bir bo’lib, qo’shni hududlar ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Qadimgi Sharq tarixchilari ushbu hududni “Markaziy Osiyoning yuragi”, deb ataganliklari ham bejiz emas2. Turli manbalardagi So’g’da, So’g’uda, So’g’diyona nomlari bilan mashhur bo’lgan qadimgi tarixiy-madaniy o’lka hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o’z ichiga olgan. Ilk temir davri So’g’diyona hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonlarini kuzatish mumkin. Bu rivojlanish jarayoni mil.avv. IX-V asrlarga oid ko’p sonli manzilgohlar va ko’hna shahar xarobalaridagi turli-tuman topilmalar va me’morchilik tuzilish bilan izohlanadi. Zarafshon vohasi uch tomondan tog’lar bilan va faqat g’arb tomondan dasht hududlari bilan ajralib turadi. Ushbu hududlarni o’rta Zarafshon vohasi ham deyishadi. Zarafshon vohasi barcha davrlarda So’g’diyonaning markazi hisoblanib kelingan. So’nggi 10-15 yil ichida So’g’diyona hududlaridan olingan yangi arxeologik ma’lumotlar ilk davlat uyushmalari paydo bo’lishini yanada kengroq izohlash imkonini yaratadi. Bu ma’lumotlarga qaraganda ilk temir davri Baqtriya, Marg’iyona, Xorazm va So’g’diyona umumiy jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oiladan iborat uy jamoalari tashkil etgan. Makonlar joylashuvining tashqi belgilari katta oilali uy jamoalari ancha yirik uyushmalarga kirganligidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta oilalar jamoasi boshliqlari yoki uy xo’jayinlari, shuningdek, alohida qishloq qo’rg’onlarini boshqaruvchi eski jamoalar katta o’rin tutgan. Har bir katta oila mumkin bo’lgan qarindoshlik aloqalariga qaramasdan alohida uyga, ishlab chiqarish buyumlariga ega bo’lishgan, o’zining qishloq xo’jalik mahsulotlari zahiralari va chorvalari bo’lgan yoki o’zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo’jalikni aks ettirgan. Mil. avv. VII-VI asrlarda ancha yirik bo’lgan Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So’g’diyona davlatlarining aholisi qon-qarindosh bo’lib, bir-biriga o’xshash tilda gaplashganlar va juda yaqin madaniy an’analarga ega edilar. Bu davrda jamiyatning hududiy bo’linishi ko’zga tashlanib, o’troqlashuv jarayoni kuchaydi. Muhim savdo yo’llari bo’yida tayanch istehkomlar qurildi. Turli qurilishlar bunyod etishda mudofaa inshootlarining ahamiyati birinchi o’ringa chiqdi. Mil. avv. VI-IV asrlarda So’g’diyona hududlarida ko’plab shahar va qishloqlar bo’lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to’lab turar edilar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridan bu davrga oid Uzunqir, Yerqo’rg’on, Daratepa, Sangirtepa, Lolazor, Afrosiyob, Xo’ja Bo’ston kabi 50 dan ziyod ko’hna shahar va manzilgohlar ochib o’rganilgan. So’g’diyonaning poytaxti bo’lgan Afrosiyob (Samarqand)da shahar hayotining rivojlanishi So’g’diyona va butun O’rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan. So’g’diyonaning “ikkinchi poytaxti” bo’lgan Yerqo’rg’onni (Qashqadaryo) tadqiqotchilar yunon-rim tarixchilari tomonidan eslatilgan Ksenippa viloyatining markaziy shahri deb hisoblaydilar. So’g’diyona hayotida dehqonchilik katta ahamiyatga ega edi. Shunisi muhimki, dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslangan bo’lib, bu haqda yozma manbalar ma’lumot beradi. Xususan, Straboning yozishicha, Politimet (Zarafshon) daryosi vohadagi eng katta suv manbayi bo’lib, sug’oriladigan yerlarga kanallar orqali suv chiqarilgan. Ko’hna shaharlarda esa hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanib borgan. Qadimgi So’g’diyona hududida katta-kichik shaharlar, qo’rg’onlar ko’p bo’lgan. Ularning har birining o’z husn-tarovati, go’zalligi, jozibasi bo’lgan. Ular orasida eng qadimiysi Samarqand shahri bo’lib, bu shaharning nomi tilga olinganda ko’z o’ngimizda doimo uning o’tmishi, buguni va kelajagini ifodalaydigan osori-atiqalari namoyon bo’ladi. Qadimgi So’g’diyonaning janubiy hududlarida joylashgan Qashqadaryo vohasi qadimiy shaharsozlik jarayonlari tizimiga kiradi. Bu tizimda Qarshi vohasining ahamiyati nihoyatda kattadir. Qashqadaryoda miloddan avvalgi birinchi asrning boshida ikkita asosiy voha - Qarshi va Shahrisabz vohalari shakllanadi. Yunon tarixchilari milodning IV asri oxirida Qashqadaryo vodiysidagi ikkita tarixiy-madaniy viloyat - Nautaka va Nikshapa haqida ma’lumot berib o’tadilar. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zida «O’zini uzoq va boy o’tmish davomida goh Nikshapa, goho Naxshab, keyinchalik Nasaf degan nomlar bilan atalgan ko’hna Qarshi shahri tarix va bashariyat uchun, avvalo, betakror tsivilizatsiya va madaniyat beshigi sifatida, ko’p - ko’p ulug’ siymolar, buyuk mutafakkir zotlar, aziz avliyolarni vatani sifatida qadrli va mukarramdir» - deb ta’kidlab o’tadilar. So’g’dning qadimgi shaharsozlik madaniyati yaqin yillargacha noaniqlikka ega bo’lib XX asrning ikkinchi yarimidan boshlab qadimgi shahar tipidagi yirik dehqonchilik manzilgohlarida biri Qarshi vohasidagi Yerqo’rg’on yodgorligida muntazam olib olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida ushbu yodgorlikda mil. av. IX-VII asrlarga oid madaniy qatlam aniqlandi. Qarshi vohasida saqlanib qolgan Yerqo’rg’on shahar xarobasida keyingi chorak asr mobaynida olib borilgan keng ko’lamdagi arxeologik tadqiqot ishlarining natijasi So’g’diyonada urbanizatsiya jarayonining paydo bo’lishi, shakllari va davri hamda vohada urbanizatsiya jarayoni vujudga kelishi masalalarini oydinlashtirdi. So’g’d hududlarida poytaxt markazlarining biridan biriga «ko’chishi» jarayoni ancha qadimgi asoslarga ega. Bu o’rinda ikkita poytaxt shahar (Uzunqir va Yerqo’rg’on) Qashqadaryo vohasida joylashgan. Aleksandr Makedonskiy yurshilaridan keyingi asrlar davomida Qarshi vohasining qadimgi nomi - Ksenippa o’zgarmay, buzilgan shaklda o’rta asrlar qishlog’i nomida, keyin esa Qarshi shahridan 25 km. shimoli-g’arbda joylashgan Koson shahri nomida saqlanib qoladi. Naxshabning nomi haqidagi eng qadimgi ma’lumot mil. avv. IV asrga oid Afg’onistondan topilgan oromiy hujjatlarida Nikshapaya (Nikshapa) shaklida uchraydi. Ushbu mahalliy Nikshapa atamasi yunonlarda Ksenippa shaklini olgan. Qarshi vohasida turli davrlarga oid voha shahar markazining joylashuv hududining o’zgarib turishi siyosiy va ijtimoiy- qtisodiy omillar bilan ham bog’liq edi. Misol uchun arab bosqini va Muqanna qo’zg’olonining bostirilishi Naxshab inqiroziga sabab bo’lgan bo’lsa, mo’g’ul bosqini oqibatida Nasafda hayot to’xtaydi. Nisbatan qadimgi davrdagi Yerqo’rg’on - Nikshapaning inqirozi esa aholining ko’chishi, yangi erlarni o’zlashtirish zaruriyati, sug’oriladigan erlarning o’zgarishi hamda yangi sug’orish tartibining paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan. Shaharlar taraqqiyotida antik davr o’z xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shaharsozlik madaniyati va sug’orish tartibi, yozuv va pul muomalasi, moddiy va badiiy madaniyatga oid ko’p sonli va turli-tuman yodgorliklar aynan o’ziga xoslik va rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi. Qarshi vohasida o’troq dehqonchilik madaniyatining shakllanishi jarayonining ilk temir davridan antik va ilk o’rta asrlargacha bo’lgan bosqichlari xronologik jihatdan aniqlandi. Yerqo’rg’on, Nasaf, Qarshi yonma-yon, jug’rofiy jixatdan o’zaro aloqador holda joylashgan. Biroq, eng muhimi, ular davriy muntazamlikda joylashishgan, ya’ni, garchi ular turli davrlarda turlicha nom bilan atalgan bo’lsa-da, aslida Naxshab vohasi poytaxti shahrining turli taraqqiyot bosqichlarini o’zlarida mujassam etgan. O’rta Osiyo tarixida o’z taraqqiyot jarayonida shaharlarning bunday o’rin almashinuviga ko’plab misollar keltirish mumkin. Binobarin, Shimoliy Vokzal hududining Mingo’rik istehkomida 2000 yillar avval tashkil topgan qadimiy Toshkent ham arab istilosidan so’ng Chorsu va Xadra tomon ko’chgan va o’sha paytlarda u Binkat yoki Madinat-ash-Shosh deb atalgan. O’rta Osiyodagi Marv, Axsikent, Quva, Termiz, Shahrisabz va ko’plab boshqa shaharlar uzoq davom etgan o’z tarixiy taraqqiyotlari davomida ana shunday ko’chishlarni boshlaridan kechirishgan. Bunday «ko’chmanchi» shaharlarga misollar Qadimiy Sharqda ko’plab topiladi. Masalan, Afg’onistondagi Balx shahri o’z joyini bir necha marotaba o’zgartirgan. Katta Bobil deb ataladigan, 600 kvadrat kilometrga yaqin hududni tashkil etadigan bu shahar turli davrlarda alohida - alohida bunyod etilgan bir necha shahar qoldiqlaridan iborat bo’lib, ular Qadimiy Sharqdagi bu yirik joyning shaharlashuv markazi sifatidagi turli taraqqiyot bosqichlarini aks ettiradi. So’g’d hududlarida poytaxt markazlarining biridan biriga «ko’chishi» jarayoni ancha qadimgi asoslarga ega. Bu o’rinda ikkita poytaxt shahar (Uzunqir va Yerqo’rg’on) Qashqadaryo vohasida joylashgan. Aleksandr Makedonskiy yurshilaridan keyingi asrlar davomida Qarshi vohasining qadimgi nomi - Ksenippa o’zgarmay, buzilgan shaklda o’rta asrlar qishlog’i nomida, keyin esa Qarshi shahridan 25 km shimoli-g’arbda joylashgan Koson shahri nomida saqlanib qoladi. Naxshab poytaxt markazining tarixi, So’g’d tarixi kabi, eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarga mansub ilk temir asrining yangi qishloq va shaharlari paydo bo’lishidan boshlangan. Naxshab poytaxtining dastlabki ko’rinishi xarobalari hozirgi Qarshi shahrining shimoliy hududlariga tutashgan bo’lib, uni mahalliy aholi Yerqo’rg’on deb ataydi. Yerqo’rg’on yayloq cho’l o’rtasida, Qashqadaryo o’zaniga yahin joyda o’troq aholi manzili sifatida vujudga kelgan. Daryo suvidan dehqonchilik qilishda, ekin-tikinlarni sug’orishda foydalanilgan. Tevarak-atrofdagi keng yaylovlar, to’qayzor va yulg’unzorlar, shubhasiz, chorvachilik uchun ham juda qulay edi. Bu dastlabki shahar VI asrdagi jangu jadallar tufayli vayron bo’lgandan so’ng, markaziy shahar vazifasini undan 1-2 km janubi - g’arbdagi hozirgi Shulluktepa o’rnidagi yirik qo’rg’on bajargan. Uning nomi ham Naxshab bo’lib, arab manbalarida Nasaf shaklida qayd etilgan. Qadimgi So’g’diyonaning janubi hisoblangan Qarshi vohasining poytaxt shahri Yerqo’rg’on vayronalari joylashgan erdagi qazishma ishlari olib borilgan bu tepalik zardushtiylarning dunyodagi eng qadimiy dahmasi qoldiqlari bo’lib chiqdi. Dahma miloddan oldingi II asrda qurilgan bo’lib, bir oz foydalanilgandan so’ng ko’mib tashlangan. Kunbotar tomondan ham dahmaga taqab qurilgan pastroq yana bir maydoncha bo’lib, uning ostiga pishirilgan g’isht terilgan. Bu maydoncha dafn marosimlarini o’tkazish uchun xizmat qilgan. Bu inshoot So’g’diyonada mamlakatni Aleksandr Makedonskiyning Yunon – Baqtriya saltanati vorislaridan bo’lgan bazievslardan tortib olib, o’z hokimiyatini o’rnatgan sak hukmdorlari davrlariga mansubdir. Yerqo’rg’ondagi bu dahma butun shahar aholisiga emas, balki faqat voha hukmdorlariga xizmat qilgan. Ayni paytda u miloddan avvalgi II asrlargacha Naxshab aholisining Zaratushtra ta’limotiga amal qilganini ko’rsatadi. Dahma ko’p vaqt ishlatilmagan va taxminan miloddan avvalgi ikkinchi asrda xom g’isht bilan berkitib qo’yilgan. Bu hol shaharning tashqi devori qurilganidan so’ng sodir bo’lgan bo’lsa kerak. Dahma qadimiy sharq me’morchiligi an’analari asosida qurilgan. Dahmadan miloddan avvalgi II-I asrlarda qisqa muddat foydalanilgan. III-IV asrlarda – sulolalar o’zgarishi va urug’lar ko’chishi davrida tub etnomadaniy o’zgarishlar sodir bo’lgan. Bu davrdagi Naxshabning madaniy aloqalariga oid ishonchli arxeologik yodgorlik Yerqo’rg’on shahar ibodatxonasi ustki qismini qazish paytida topildi. Ibodatxona binosi III-IV asrlardan VII asrgacha ishlab turgan va bu davrlarda bir necha bor qayta qurilgan. Taxminan beshta yirik qayta qurish amalga oshirilgan, biroq ibodatxonaning umumiy tarhi, bir o’q bo’ylab joylashgan ayvon va hovli doimo saqlanib kelgan. Yerqo’rg’on shaharining kengayib kattalasha borishini ayrim qadimshuioslar Kushanlar davriga bog’laydilar. Masalan, P.Lerish “Yerqo’rg’on shaharchasi So’g’diyonada 34 gektarli kichik aholi manzili bo’lib, qiyos etilayotgan Oyxonum darajasiga faqat Kushanlar davrida erishdi”, degan fikrni aytadi. Yerqo’rg’onning shahar sifatida shakllanish tarixi bu joyda muntazam ilmiy-tekshirish ishlari, o’tkazgan arxeologlar tomonidan moddiy ashyolarga, topilgan osori atiqalarga asoslanib aytilgan va dalolat etilgan. Yerqo’rg’on shaharchasidagi boshqa qazuv ishlari moddiy ashyolari ham dalolat etgani kabi, u eramizga qadar bo’lgan VIII-VII asrlarda yirik qadimiy dehqonchilik manzili sifatida vujudga kelib, eraga qadar bo’lgan asrlarda keskin taraqqiyotni boshdan kechirdi. Bu davrda u sharqiy tarafdan qariyb 40 tanob maydonni to’rt burchak shaklidagi nomutanosib, egri devor bilan o’rab olingan», degan so’zlari diqqatni jalb etadi. Yerqo’rg’onda bir necha yillar davomida shaharning uylarida, ishlab chiqarish, jamoa va mudofaa inshrotlarida 15 dan ziyod qazuv ishlari o’tkazildi. Shu qazuvlardan biri, xususan, favqulodda ko’p sopol buyumlar majmuini bergan kulollar mahallasida o’tkazilgan 13 qazuv yerning tabiiy yuzasiga qadar olib borildi. Yerqo’rg’on shaharchasidagi madaniy qatlam va uning jinslari eraga qadar bo’lgan IX-VIII, asrlardan to eramizning VIII-IX asrlariga qadar kulolchilikning muttasil taraqqiyoti manzarasini ifoda etadi. Naxshabning vujudga kelishi, unda hayotning davom etishi bu joyda tadqiqot olib borgan boshqa olimlar tomonidan ham aytib o’tilgan. Jumladan, V. A. Pirin «shaharcha ichidagi tadqiqotlar natijasida siyosiy-ma’muriy, istehkom inshootlari, hunarmandlar va yashash joylari ochildi. Sopol buyumlarni o’rganish shaharchaning voqe bo’lish ko’lami tarixini aniq belgilash imkonini berdi (eragacha bo’lgan IX—VIII asrlar— eraning VIII— IX asrlari)», degan xulosaga keladi. R.X.Sulaymonovning Qashqadaryo vohasi (Janubiy So’g’d) qadimgi shaharlari, xususan, Yerqo’rg’onni o’rganish uchun olib borgan arxeologik tadqiqotlarining guvohlik berishicha, bu ko’hna shahar hududi mil.avv. VII-VI asrlarda jadallik bilan o’zlashtiriladi. Keltirilgan fikrlar Yerqo’rg’on eraga qadar bo’lgan IX—VIII asrlarda dastavval kichik aholi manzilgohi sifatida vujudga kelib, ikki-uch asrdan so’ng taraqqiyotga yuz bergan. Chunonchi, M.X.Isomiddinov qayd etgani kabi, eragacha bo’lgan VI—V asrlarda mustahkam qo’rg’onga, mudofaa devoriga ega bo’ladi. S.K.Kabanov Yerqo’rg’onda 1948 yilda o’tkazilgan mavsum natijalaridan kelib chiqib fikr yuritgan, albatta. O’sha yili ikkita xum, sopol buyumlarning mo’’jaz majmui, jom idishining quyi qismi, xullas, o’ziga xos kulolchilik shakllariga ega bo’lgan buyumlar topiladi. S. K. Kabanov shu ashyolarga ko’ra, shaharchaning quyi madaniy qatlamin eraga qadar bo’lgan II asrlardan eraning II asrga qadar bo’lgan davrlarga taalluqli deb, yuqori madaniy qatlamni esa III—IV aslarga oid deb aniqlaydi. S.K.Kabanovdan 30 yildan so’ng Yerqo’rg’onda qazuv yshlarini o’tkazgan M.X.Isomiddinov “Yerqo’rg’onning qadimiy qatlamlari stratigrafiyasi” degan maqolasida sharqiy qismda joylashgan tepalikda olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslanib, o’z fikrlarini tafsil etadi. Bu gal qazuv ishlarining teranlashganligini qayd etish lozim. Zero, ayrim joylarda Erning tabiiy yuzasi 8,5 m, chuqurlikda ekanligi aniqlanadi. Yerqo’rg’on II va III deb belgilangan qazuv joylarida madaniy qatlam eragacha bo’lgan VI asrlarga oid deb qaraladi. Olimning dalolat etishicha, Yerqo’rg’onning quyi madaniy qatlamida eraga qadar bo’lgan VIII asrning ikkinchi yarmi va VII asrlarga taalluqli kulolchilik buyumlari, yuqori sifatli sopol-idishlar qoldiqlari bilan qoplangan. M.X.Isomiddinovning fikricha, Yerqo’rg’onning arxaik davrlariga xos bo’lgan qadimshunoslik majmui unda kishilarning dastlabki yashash davrlariga to’g’ri kelib, Qarshi vohasining chorvadorlar madaniyatini o’zida tashiydi. Albatta, bu madaniyatning shakllanishi bu joydagi mayda dehqonchilik, chorvachilik madaniyatiga ijobiy ta’sir o’tkazgan yanada madaniyroq jamoaning nomn bilan bog’liqdir. Yerqo’rg’on ibodatxonasi eramizning birinchi, ming yilligi birinchi yarmida amalda bo’lgan. Shu davr oralig’ida bu joyda beshta yirik qurilish qilingan, oqibatda, ibodatxona tagzamini (platforma) ancha balandga ko’tarilgan. Yerqo’rg’onda keyingi yilarda olib borilgan qazuv ishlari olimlarning ilmiy xulosalarini yanada boyitishga xizmat qildi. R.X.Sulaymonovning diqqatini asosan ibodatxona binolari jalb etgan edi. Uning shahodat etishicha, shaharcha markazida - sharqiy va g’arbiy qismlarda joylashgan ibodatxona binolari oralig’i ochib tozalanganda pastdan bundan ancha oldin qurilgan ikki bino qoldig’i topiladi. Ularning yoshi eradan avvalgi V asrlar, deb aniqlangan, Jom idishlar, xumchalar ham borki, ularni birinchi ibodatxona qurilishi davriga xos, deyish mumkin. Birinchi ibodatxona esa eradan avvalgi VI-V asrlarda qurilgan. 5 m chuqurlikda uchraydigan devor qoldig’i va madaniy qatlam, shuningdek, sopol buyumlar eragacha bo’lgan III-II asrlarga oid ekanligi aniqlangandir. Bu qadimiy shahar aholisining madaniy aloqalari alohida e’tiborga loyiq. Undagi me’moriy va san’at yodgorliklari qadimiy madaniyatlarning G’arbda etrussklar va yunonlardan boshlab Sharqda Hindiston va Sibirga qadar madaniy aloqalar rivojlanganligini ko’rsatadi. Shahardagi ilk me’moriy yodgorliklardan biri sifatida saqlanib qolgan, zardushtiylarning dafn marosimlarini o’tkazilish joyi bo’lib xizmat qilgan dahma ikki qavatlik baland imorat shaklida qurilib, uning yuqorisidagi ochiq maydonida marhum shahar zodagonlarining suyaklari etidan tozalangan. So’ng aziz ustuxonlar maxsus joylarda saklangan. Dahma qadimiy sharq me’morchiligi an’analari asosida qurilgan. Yerqo’rg’on ibodatxonasining ikki ustunli maxram sajdagohi va bu ibodatxonaning old tomonida keng hovliga qarata qurilgan to’rt ustunli peshayvoni yunonlarning megaron usulidagi inshoatlari tarxidan kelib chiqqanligini ko’rsatadi. Yerqo’rg’on hukmdorining eramizdan avvalgi III asrlarda qurilgan balandligi o’n metrli piramida shaklidagi maqbarasi o’z tarixiga ko’ra Afg’onistondagi Surx Kotal deb ataladigan mashhur Kushon ehromining takroridir. Amaliy san’at ashyolari, shu jumladan, qadimiy muhrlar — qimmatbaho toshlarga ishlangan tasvir syujetlari Naxshab aholisining keng madaniy aloqalaridan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi V asrlardagi etrussklarga xos bo’lgan ana shunday muhrlardan birida Zevsning burgut tutib turgan bo’ybasti gavdalantirilgan. Yana bir noyob toshda fil minib olgan Kushon hukmdori tasvirlangan (Kushon imperiyasi qadimda Surxondaryo vodiysidan Janubiy Hindiston va Koshg’arga qadar cho’zilib ketgan edi). Iloxlar, qahramonlar va tabarruk zotlarning gildan qoliplab yasalgan ko’plab minatyura tasvirlari, kiyinish usullari, urflari, liboslari va soch turmaklashlar yunon-lardan skiflarga qadar, forslardan hindlarga qadar bo’lgan jihatlarni o’zida mujassam etganligini ko’rsatadi. Yerqo’rg’onning qaysi sanadan, Qarshi vohasining ilk markaziy poytaxti hisoblana boshlagani alohida masaladir. Qashqadaryo ekspeditsiyasining ilk qazishma ishlaridan shu narsa aniqlanadiki, shaharning ichki devori eramizdan avvalgi VI asrlarda tiklangan; uzunligi 0,5 metrli to’g’ri burchakli xom g’ishtdan devor tiklash ana shu davrlarga xos xususiyat edi. Bu devorga tutash qatlamlardan eramizdan avvalgi I ming yilliklarga mansub sopol idishlar topildi. Biroq bu qadimiy shahar hududida qazilgan alohida qazishmalardagi tekshiruvlar undan dalolat beradiki, bu devor tiklanishidan ancha avval — ilk temir davrida ham bu erda dehqon jamoalari yashagan, O’rta Osiyoning bu o’troq aholisi sopol idishlarni kulolchilik charxida emas, balki qo’lda yasashgan, pishirishdan oldin ulardagi uchburchak, zig-zag va zanjirli bezak qatorlarini qizil hamda jigarrang bo’yoqlar bilan jilolashgan. Pishirilgandan so’ng bu idishlar juda chiroyli ko’rinish olgan. Bunday turdagi idishlar So’g’diyona hududining Samarqand vohasi va qadimgi Keshdan ham topilgan bo’lib, odatda ular eramizdan avvalgi IX-VII asrlarga to’g’ri keladi. Yerqo’rg’onning eramizdan oldingi VII-VI asrlarida yasalgan sopol buyumlar topilgan madaniy qatlamidan 1999 yilning kuzida qalinligi 3 metrdan oshiq bo’lgan mahobatli devor qoldiqlari aniqlandi. Devor balandligining 2 metrdan ortiqroq qismi omon qolgan va kulollar mahallasining birinchi asrlarga oid qatlamlari ostida ko’milib ketgan. Bu devor Yerqo’rg’onning eramizdan avvalgi VI asrlarda qurilgan, bugunga qadar saqlanib qolgan ichki devoriga parallel ravishda tiklangan. Shuni taxmin qilish mumkinki, kulollar mahallasi ichkarisidan topilgan bu devor dastlabki davrlarda Yerqo’rg’onning istehkomi vazifasini o’tagan, biroq shahar hududi kengayib, hozirga qadar saqlanib qolgan ichki devor qurilgandan so’ng eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda qurilgan. Eski devor noqulaylik tug’dirgani uchun buzib tashlangan va uning tuprog’idan shahar kulollari buyumlar yasash uchun foydalanishgan. Kulollar tomonidan eski shahar devorlari qoldiqlaridan xom ashyo sifatida foydalanish hollari O’rta Osiyoning boshqa hududlarida ham uchrab turadi. Xullas, eramizdan avvalgi VIII-VII asrlardayoq Yerqo’rg’on, aftidan, mudofaa devori bilan qurshab olingan ilk shahar sifatida shakllanib bo’lgan. III asr Yerqo’rg’onning eng so’nggi va eng yuksak gullab-yashnagan davri bo’ldi, bu davrda shaharda ehrom va maqbara, ark va saroy qurildi, istehkom devorlari o’zgartirilib ta’mirlandi. Bu davrda Naqshab hukmdorlari tomonidan zarb etilgan tangalar va tasviriy san’at namunalarida Parfiya ta’siri seziladi. III asrda bunyod etilgan hukmdor maqbarasida olib borilgan qazishmalar dafn marosimining o’ziga xos xususiyatini ochib berdi. Yerqo’rg’onning ichki mudofaa devorini qazish vaqtida miloddan avvalgi VI-V asrlarga oid devor ostidan xom g’isht aralash paxsadan qurilgan qadimiy shahar devorlari qoldiqlarini topiladi. Bu eng ko’hna shahar devori bo’lib, Samarqand Afrosiyobining, Chelak qishlog’i yaqinida joylashgan Ko’ktepa va Uzunqirdagi Keshning ilk shahar devorlariga oid barcha konstruktiv xususiyatlarini takrorlab o’tadi, sanasi miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga borib taqaladi. Bu topilma o’sha davrda Sug’dda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylaridagi asosiy dehqonchilik vohalarida yirik shahar markazlarini bunyod etish imkoniga ega qudratli davlat mavjud bo’lganidan dalolat beradi. Yerqo’rg’on shahrining asosiy mahobatli imoratlaridan sanalmish qasr ikki marta qayta qurilgan. qad.imshunoslar qo’lga kiritilgan sopol buyumlar «yoshi»ga qarab, uning sanasi III-V asrlar, deb qaraladi. Qasrni tadqiq etgan R.H.Sulaymonov va N.Yu.Nefedovlar «majmuani qazish davomida qo’lga kiritilgan qadimiyat ashyolari hokim saroyi Yerqo’rg’onning III-V asrlar bilan belgilanadigan so’nggi qurilish davrining gullab-yashnagan paytida vujudga kelgan va amalda bo’lgan degan xulosaga keladilar. Yerqo’rg’onni eng mustahkam qudratli istehkom binolaridan bo’lgan ark eraga qadar bo’lgan I asr va yangi eraning I asrlari oralig’ida qurilgan. Arkida keyinchalik amalga, oshirilgan qo’shimcha qurilishlar eraning IV asrlariga oidir. Ark to VI asrga qadar faoliyat ko’rsatgan. Tarixchilarning fikricha, So’g’diyonaning markazi Samarqand bo’lgan. Samarqand shahar sifatida juda erta mashhur bo’lgan. Bunga sabab, avvalo uning sahovatli tabiati, dunyoning to’rt tarafini bog’lab turgan savdo yo’llari kesishgan chorrahada joylashganligi, aholisining tadbirkorligi, hunarmandchilik va savdoda tengi yo’qligi va afsonalarga aylanib ketgan boyligi bo’lgan. Boy tarixi, betakror ma’naviyati va ma’rifati, madaniyati bilan dunyo ahli diqqatini o’ziga tortgan Samarqand – jahonning eng qadimiy shaharlarining oldingi qatorlaridadir. Olimlar uni qadimda Rim, Vavilon, Afina va dunyoning boshqa shu kabi ko’hna shaharlari bilan teng yoshda, deb hisoblaydilar. Yevropa sivilizatsiyasining shakllanishida Rim qanday rol o’ynagan bo’lsa, Markaziy Osiyo tamaddunida, ma’naviyat va ma’rifat tarixida Samarqand shunday yuksak o’rin tutadi. Yunon mualliflari Arrian, Strabon va Kvint Kursiy Ruflarning ma’lumotlariga ko’ra, miloddan avvalgi 329 yilda Aleksandr Makedonskiy qo’shinlari Hindikushdan oshib o’tib, Marokandani zabt etib, vayron qilgan. Kvint Kursiy Ruf jumladan, bunday yozadi: Tog’li qabiladan shikast egan Iskandar to’rtinchi kuni Marokand (Samarqand) shahriga etdi. Shahar devori etmish stadiy uzunlikda bo’lib, Shahriston (ichki qal’a) boshqa devor bilan o’ralgan edi. U shahar mudofaasi uchun ming nafar jangchini qoldirib, atrof-tevarakdagi qishloqlarga hujum qildi, ularni taladi va yondirdi. So’ng u Tanais daryosi sari yurdi va to’rt kun o’tib Marokandga qaytdi. U go’zal shahar bo’lib, atrofdan aylanib oqadigan daryo tufayli yaxshi muhofaza etilgan edi. Diadorning yozishicha, Iskandar 120 ming so’g’diyonalikni qatl etgan. Bu yerda behisob boylik to’plab, yurtiga jo’natib turgan. Masalan, bir galgi talangan boylikni yuklash uchun o’n ming juft qo’tos va uch ming tuya kerak bo’lgan. So’g’diylar ibodatxonasidan bir olishda 50 ming talant tillani qo’lga kiritgan. Marokanda miloddan avvalgi VIII asrdan to milodning IX asrigacha so’g’diycha Smarakansa, so’ng forsiycha Samarqand, IX asrdan turkiycha Semizkent nomi bilan manbalarda uchraydi. Keyinroq Samarqand nomi shaharning mutloq nomiga aylandi. Uning Afrosiyob nomi esa shaharning qadimiy Qal’ai Hisor – Ko’hna qal’a qismiga nisbatan XVII asrdan boshlab mahalliy aholi tomonidan ishlatila boshlangan. Samarqandni arxeologik jihatdan o’rganish ishlari XIX asrning oxirlarida boshlangan. 1895 yilda sharqshunos olim V.V.Bartoldning tashabbusi bilan tuzilgan. Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi a’zolari Samarqanddagi Afrosiyobni ko’p asrlar xazinasi deb qarab, unda keng ko’lamdagi arxeologik qazilma ishlarini olib bordilar. V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiylar o’tkazgan arxeologik qazilmalar natijasida turli holdagi qadimiy buyumlar topilib, muzeyga berildi. 1908 yilda V.L.Vyatkin Samarqand chekkasida joylashgan Ulug’bek rasadxonasining o’rnini aniqladi va qazish ishlarini o’tkazdi. Natijada rasadxona xarobasi hamda uning er ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi3. Ikkinchi jahon urushidan keyin O’zbekiston FA ning Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan A.I.Teryonojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari o’tkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi VI-V asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. V.A.Shishkin va Ya.G’ulomovlar rahbarligida olib borilgan keng ko’lamli arxeologik qazishlar natijasida qadimiy madaniy qatlam materiallari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966 yil 13 iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks o’rganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, Afrosiyob ― arxeologik qo’riqxona deb e’lon qilinib, uni o’rganish ishiga Toshkent (hozirgi O’zMU) va Samarqand davlat universitetlari hamda San’atshunoslik instituti ham safarbar etildi. Aniq ilmiy rejalar asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning ko’p asrlik yoshi, balki uning turli davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan bo’ronlar davri aniqlandi. Samarqand ixshidlarining shohona saroyi ochildi. 1970 yilda Samarqandda O’zbekiston FAning mustaqil Arxeologiya instituti tashkil etildi. Arxeologik qazishmalar natijasida Samarqandning yoshi aniqlandi va 1970 yilda shaharning 2500 yillik yubileyi keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida arxeologik qazish va ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida fransiyalik akademik, sharqshunos arxeologlar Pol Bernar va Frans Grene, o’zbek arxeolog olimlari professor M.Isomiddinov, A.Anorboyev va tadqiqotchi A.Otaxo’jaevlar bilan hamkorlikda ishladilar. Natijada, Afrosiyobdagi eng quyi madaniy qatlamlarni o’rganish jarayonida er sathidan 10-15 m. chuqurlikda miloddan avvalgi IX-VII asr o’rtalariga oid ashyolar topildi. Bular qo’lda yasab rangli naqsh berilgan sopol idishlarning parchalari, 7 metr qalinlikdagi guvaladan tiklangan mudofaa devori qoldiqlari va boshqalar. Topilgan ushbu namunalar Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida o’rganildi va ular miloddan avvalgi VIII asrga, ya’ni 2750 yoshga taalluqliligi isbotlandi. Qashqadaryo vohasi uzoq o’tmishga ega. Arxeologlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida tosh davriga oid makonlar topilgan. XX asrning 50-yillaridayoq vohada qadimgi odamlar yashaganligi V.Lev va S.K.Kabanov tomonidan taxmin etilgan edi. 2001-2004 yillarda professor R.H.Sulaymonov boshchiligidagi O’zMU arxeologiya kafedrasi va Kolorado Universiteti Antropologiya Departamenti (AQSh) a’zolari tomonidan Kitob tumani tog’li va tog’ oldi hududlaridagi kuzatuv ishlari jarayonida paleolit davrining muste bosqichiga taalluqli Oyoqchisoy vohsida joylashgan Angillak, Quruqsoy vohasida joylashgan Qorakamar g’orlari va ibtidoiy surat aks etgan Siypantosh yodgorligi topildi. Angillak va Qorakamar g’orlaridagi qazuv ishlarida topilgan tosh qurollarining ishlov berish texnologiyasi qo’shni Samarqand viloyatida joylashgan Omonqo’tondagi tosh qurollariga o’xshash hamda olimlarning fikriga ko’ra xom ashyo ham o’sha yerdan olib kelingan bo’lishi mumkin. Mezolit va bronza davrlari oralig’ida chizilgan Siypantoshdagi suratlar asosan markazda buqa tasviri va turli geometrik shakllardan iborat. So’nggi eneolit va bronza davriga oid yodgorliklar asosan Poykent majmuasi (Buxoro bilan chegradosh hududlarda, Qashqadaryoning qurib qolgan o’zanlarida asrning 60-yillarida Ya.G’ulomov rahbarligidagi Mohandaryo arxeologik ekspedisiyasi tomonidan topilgan) va To’rtko’ltepa (Yuqori Qashqadaryo, M.Isomiddinov) topib o’rganilgan. Ilk temir davrida urbanizasiya jarayoni kuchayib, So’g’dning janubiy qismi hisoblangan Qashqadaryo vohasida ham ilk shaharsozlik madaniyati vujudga keladi. Buni Podayotoqtepa, Sangirtepa, Uzunqir va Yerqo’rg’on misolida ko’rish mumkin. Podayotoqtepa, Sangirtepa va Uzunqir yodgorliklari XX asrning 80-yillaridan boshlab hozirgi O’zMU arxeologiya kafedrasi bazasida tashkil etilgan Kesh arxeologik-topografik ekspedisiyasining A.Sagdullayev boshchiligidagi otryad tomonidan o’rganila boshlangan. XX asrning 20-yillaridan turli tadqiqotchilar nazariga tusha boshlagan Yerqo’rg’on yodgorligida tadqiqot ishlari asosan Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda S.K.Kabanov va M.Y.Massonlar tomonidan olib borilgan bo’lsa, 1973 yildan O’zR FA Arxeologiya institutining R.H.Sulaymonov rahbarligi ostida tuzilgan Qashqadaryo ekspedisiyasi tomonidan deyarli 30 yil davomida o’rganildi. Natijada vohada shaharsozlik madaniyati bundan 2700 yil avval paydo bo’lganligi aniqlandi. Buxoro – butun Sharqning ma’naviy va diniy markazi sifatida ming yillardan buyon dunyoga mashhur qadimiy shaharlardan biridir. O’tmishda savdo-sotiq va madaniy markaz sifatida Turon – Turkistonda Balx, Hirot, Marv (Mari), Samarqand, Termiz, Nasaf (Qarshi), Choch-Shosh (Toshkent) va Xorazm-Xiva va Urganch kabi shaharlar orasida o’z o’rniga ega. Ilk o’rta asrlar Xitoy manbalarida turlicha (An, Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer, Buxuaer, Buxala, Buxuala, Fuxo, Puxuala va b.) atalgan. Bu atamalarning avvalgi uchtasi Buxoroning xitoycha nomlari bo’lib, qolgani “Buxoro” so’zining xitoy tilidagi talaffuzidir. O’rta asr arab manbalarida esa Buxoro Numijkat, Navmichkat, Bumichkat (Yangi qo’rg’on), al-Madina as-sufriyya (Mis shahar), Madinat at-tujjor (Savdogarlar shahri), Foxira (Faxrli shahar), kabi nomlar bilan tilga olingan. Buxoro atamasi sanskritcha “vixara” so’zining turk-mo’g’ulcha shakli “buxor” (ibodatxona) dan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Keyingi tadqiqotlar natijalariga ko’ra bu atama so’g’diycha “bug’” yoki “bag’” (tangri) hamda oro (jamol) so’zlaridan iborat bo’lib, “tangri jamoli” degan ma’noni bildiradi, degan fikr ilgari surilmoqda. O’rta asrlarda Buxoro Movarounnahrdagi yirik savdo, hunarmandchilik va ma’muriy markazlaridan bo’lgan. Aynan shu shahardan Yaqin va O’rta Sharqni Hindiston va Xitoy bilan bog’lovchi xalqaro karvon yo’li o’tgan4. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov e’tirof etganidek: “Bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda”... Bu ko’hna tuproqda milodgacha bo’lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o’zining ko’rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o’lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Buxoro vohasini arxeologik jihatdan o’rganish XX asrning 30-yillaridan boshlagan. Uni turli yillarda yirik arxeolog olimlar o’rganishgan: Ya.G’.G’ulomov, A.R. Muhammadjonov, V.A.Shishkin, V.A.Nilsen, A.A.Asqarov, O’.Islomov, M.R.Qosimov, M.Bulatova, X.Muhammedov, R.H.Suleymanov, I.Axrorov, T.Mirsoatov, O.V.Obelchenko, S.K.Kabanov, G.V.Shishkina, J.K. Mirzaahmedov, N.B.Nemseva, Sh.Odilov va boshqalar. Buxoro va uning atrofida olib borilgan ko’p yillik arxeologik tadqiqotlar natijasida vohaning qadimgi tosh, bronza davriga odi yodgorliklar tadqiq etilib, bu erda yashagan aholining o’troqlashishi, chorvachilik va dehqonchilik xo’jaligining tarkib topishi, kattaa va kichik shaharlarning paydo bo’lishi, shuningdek Zarafshon daryosining quyi oqimida shaharsozlik va davlatchilik tarixi bilan bog’liq urbanizasiya jarayonining rivojlanishiga doir ko’plab ma’lumotlar to’plandi. Buxoro vohasida mil. avv. birinchi ming yillikda sun’iy sug’orish tarmoqlari v mustahkamlangan qishloq manzilgohlari vujudga kela boshlagan. Zarafshon daryosining qadimgi tarmog’i – Shohrud bo’ylaridagi dastlabki qishloqlarning, jumladan hozirgi Buxoro o’rnida bo’lgan qishloqning barpo bo’lishi aynan shu davrga to’g’ri keladi. asrning 70-yillarida Buxoroning eski shahar qismida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Buxoroni arxeologik jihatdan o’rganish tarixida birinchi marta materik qatlamga qadar etib borishga va madaniy qatlamlanish chuqurligi 20 m dan ortiq ekanligini aniqlashga muvaffaq bo’lindi. Mir Arab madrasasi yaqinida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida materik qatlam ustida to’q jigarrang torf qatlami (40-70 sm) borligi, uning ichida esa yovvoyi va xonaki hayvonlar suyaklari qoldiqlari hamda sopol idish va buyumlar parchalari ko’p ekanligi aniq bo’ldi. Torf qatlami madrasa tomon tobora qalinlashib borib, bino ostiga kelganda qalinligi 7,5 m ga etgan. Bu esa qadimda Buxoro hududidan Zarafshon daryosi tarmoqlaridan biri – ilk o’rta asr manbalarida qayd etilgan “Rudi zar” (Oltin irmoq) ning o’tganligini tasdiqlaydi. Arxeologik tadqiqotlar keyinchalik qurib qolgan mazkur tarmoqning haar ikki qirg’og’i bo’ylab bir qancha mustahkamlangan qishloqlarning vujudga kelgani va ular Buxoroning eng qadimgi shahar o’zagini tashkil qilganini tasdiqlaydi. Shahar o’zagi 3 qism “Oltin irmoq”ning o’ng qirg’og’ida joylashgan ark, ya’ni qal’a hamda uning o’ng va so’l qirg’oqlaridagi qishloqlaridan iborat bo’lgan. Bu erdan topilgan ko’plab ashyoviy dalillar, xususan sopol idishlar va buyumlar Buxoro tarixning turli davrlari (mil. avv. 1-ming yillikning 3-choragidan XX asr boshlariga qadar) ga oid bo’lib, ulardan ikkitasi mil. avv. V asrga taalluqli ekanligi aniqlandi. XX asrning 80-90-yillarida shaharning tarixini aniqlash borsida keng ko’lmli arxeologik tadqiqot ishlari yirik yodgorliklarda – Poykend, Qo’rhoni Vardonze, Romitan, Varaxsha, Xoja Bo’ston, Qo’zimontepa, Oqsochtepa va boshqa shahar xarobalarida olib borildi. Natijada 1997 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrining 2500 yilligi keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida ham Buxoroda arxeologik tadqiqot ishlari davom ettirilib, bugungi kunda asosan o’zbek arxeologlari Davlat Ermitaji arxeologlari bilan birga qazuv ishlarini olib borishmoqdaki, voha tarixiga oid juda qiziqarli ma’lumotlar topilib, keng jamoatchilikka yetkazilmoqda. Xulosa: Qadimgi So’g’diyona tarixi haqidagi bilim va ma’lumotlar, tarixiy dalillar uzoq yillar mobaynida to’plangan. Ularning aksariyati qadimiy Sharq va G’arb manbalariga, XIX-XX asr boshlaridagi sayyohlarining ma’lumotlariga asoslangan. XIX asrning 80-yillaridan boshlab So’g’diyona hududida olib borilgan keng miqyosli arxeologik tadqiqotlar bu shaharning qadimiy va ilk o’rta asrlar tarixi, madaniyatini butunlay yangicha yoritish, uning shakllanish va rivojlanish tadrijini kuzatish imkonini berdi. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida So’g’diyona haqidagi yozma manbalarda keltirilgan ma’lumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi. So’g’diyona tamadduni Zarafshon va Qashqadaryo daryolari oralig’ida vujudga kelgan O’rta Osiyodagi madaniyat o’choqlaridan biri bo’lgan hamda ko’p asrlik taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Zarafshon daryosining yuqori oqimidagi dastlabki manzilgohlar tosh davridayoq vujudga kelib, bu yerda qadimdan insonlar yashay boshlaganligini mintaqada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tasdiqlaydi.Mil. avv. IX-VIII asrlardan ilk shaharsozlikka xos bo’lgan xususiyatlarni o’zida jam qilgan va qadimiy tarixiy manbalarda viloyat yoki shahar nomlari bilan kirgan, baland mudofaa devori va keng xandaq bilan o’rab olinadi (bu xil manzilgohlar mil. avv. I ming yillik boshidan O’rta Osiyoning dehqonchilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). So’g’diyona madaniyati deb atalgan madaniyat yaratgan qadimiy so’g’diylar hozirgi uch viloyat hududida – Samarqand (Markaziy So’g’d), Qashqadaryo (Janubiy So’g’d), Buxoro (G’arbiy So’g’d) da o’zaro birlashib va to’xtovsiz taraqqiy etib borib, o’z davrida kattagina tarixiy viloyatga aylangan. So’g’diyonaning Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashganligi ilk davrlardan boshlab hunarmandchilik tarmoqlari (kulolchilik, temirchilik, misgarlik, zargarlik, zardo’zlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik va h.k.) va savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga turtki bo’ldi. Shunday qilib, O’zbekiston taraqqiyotida So’g’diyonaning tutgan o’rni yuksak hisoblanib, u nafaqat O’zbekiston, balki butun O’rta Osiyoning qadimgi madaniyati xazinasi durdonasi sifatida tarixda qoldi. Bu madaniy merosini o’rganish va ularni himoyalash masalalari bilan bugungi kunda keng ko’lamli tadbirlar olib borilmoqda. Download 205.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling