1-mavzu: parfiya, baqtriya temir davri arxeologiyasi. Reja: O’rta Osiyoning temir davri ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari
Download 24.14 Kb.
|
1-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.O’rta Osiyoning temir davri ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari.
- 2. Parfiya (Turkmaniston) hududi temir davri arxeologiyasi.
1-MAVZU:PARFIYA, BAQTRIYA TEMIR DAVRI ARXEOLOGIYASI. Reja: 1. O’rta Osiyoning temir davri ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari. 2. Parfiya (Turkmaniston) hududi temir davri arxeologiyasi. 3. Baqtriya mintaqasi ilk temir davri arxeologiyasi. Tayanch iboralar: O’rta Osiyoda ilk temir davri, Anov-IX-VIII, Daratepa-mil. av. VII-VI asrlar, Quyisoy-mil. av. VII-VI asrlar, Dalvarzintepa - mil. av. VIII-VII asrlar, Surxon, Janubiy Tojikiston, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari hamda Farg’ona vodiysi hududlari, Qadimgi Choch va Ustrushona. 1.O’rta Osiyoning temir davri ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari. So’nggi bronza davri oxirlarida O’rta Osiyoning janubiy o’lkalari (Baqtriya, Marg’iyoni) o’zgacha ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Yuksak darajada rivojlangan protoshahar turidagi madaniyat markazlari inqiroz jarayoni, ya’ni protoshahar turidagi manzilgohlar tashlab ketilishi kulolchilikda qo’lda yasalib, sirtiga geometrik naqshlar berish an’anasining qayta jonlanishi, haykaltaroshlik, torevtika san’tining yo’qolishi kabilar sodir bo’ladi. Bu jarayon o’tgan asr davr tadqiqotlarda O’rta Osiyodan shimolda so’nggi bronza davrida hayot kechirgan oriy qabilalariga tegishli andronova madaniyati sohiblarining janubga siljigani natijasi ekanligi arxeolog olimlar tomonidan ma’qullanmoqda. Bronza davri yakunlanishi davomida keyingi davr O’rta Osiyo hududidan topilgan dastalbki temir buyumlar mil. av. I ming yillikning boshlari (Anov-IX-VIII asr, Daratepa-mil. av. VII-VI asr, Quyisoy-mil. av. VII-VI asr, Dalvarzintepa - mil. av. VIII-VII asr) bilan sanaladi. Lekin ularning keng tarqalishi mil. av. VI-V asrlarga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham O’rta Osiyoda ilk temir davrining boshlanishi sanasi to’g’risida ilmiy munozaralar mavjud. Ba’zi bir olimlar O’rta Osiyoda ilk temir davri Eron va Hindistonga zamondosh bo’lib, mil. av. X-VIII asrlarda boshlangan deb hisoblaydilar. O’rta Osiyo hududidan topilgan barcha temir buyumlarning sanalaridan xulosa qilib, bu yerda ilk temir davrini mil. av. VII-IV asrlar deb hisoblash maqsadga muvofiq. Mil. av. X-VIII asrlarni esa bronza davridan ilk temir asriga o’tish davri, deb hisoblash mumkin. Umuman, mil. av. I ming yillikning boshlarida O’rta Osiyo hududida yashagan qadimgi dehqon, dehqon va chorvador qabilalari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida qator o’zgarishlar sodir bo’ladi. O’troq dehqonchilik vohalarida sug’orish tizimi yanada takomillashib, dehqonlar tomonidan yangi yerlar o’zlashtirildi. Manzilgohlarning soni ortib, ularning maydoni kengayadi, hamda ichki tuzilishi murakkablashib, yirik shaharlar qaror topadi. Shahar va qishloqlarda me’morchilik va hunarmandchilik takomillashadi. Bu esa ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti-dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralib chiqish jarayonini ta’minlaydi. Yirik davlat birlashmalari paydo bo’ladi. O’rta Osiyoning janubiy hududlari, xususan, Janubiy Turkmaniston (Kopetdog’ yonbag’irlari, Seraxs va Murg’ob vohalari) Surxon, Janubiy Tojikiston, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari hamda Farg’ona vodiysi hududlarida muhim o’zgarishlar: dehqonchilikning rivojlanishi va yangi dehqonchilik vohalarining o’zlashtirilishi hamda sug’orish tizimining takomillashishi kuzatiladi. Manzilgohlar soni ortib, muhim madaniy-iqtisodiy markazlar paydo bo’ladi. Qadimgi Choch va Ustrushona hududlarida ham o’zgarishlar bo’ladi. Bu yerda aholining o’troqlashuvi va dehqonchilik xo’jaligi shaklining vujudga kelish kuzatiladi. Dehqonchilik vohalari atrofida, hamda shimoliy va sharqiy mintaqalarida xo’jalikning muhim shakli-ko’chmanchi chorvachilik paydo bo’ldi. Ko’chmanchi-chorvador qabilalarining moddiy madaniyatiga oid topilmalar Orolbo’yi, Sirdaryoning quyi oqimi Janubiy Tojikiston hududlaridan topib tekshirilgan. Ular o’troq dehqonchilik aholisi bilan doimiy aloqada bo’lganlar. Ular o’rtasidagi aloqalar va o’zaro ta’sir O’rta Osiyoning tarixiy taraqqiyotidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Mil. av. I ming yillikning boshlarida O’rta Osiyoning barcha hududlarida yashovchi xalqlar ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan o’zgarishlarning eng muhimi temirdan yasalgan mehnat qurollari, qurol-yarog’lar va zeb-ziynat buyumlarining tarqalishidir. O’rta Osiyo hududida qaror topgan umumiy va o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turuvchi bir necha dehqonchilik madaniy markazlari aholisining ijtimoiy munosabatlari, diniy tushunchalari, tarixiy viloyatlar, ilk davlat birlashmalari, tabiy-geografik joylar, alohida joylar va ularning chegaralari bilan bog’liq bo’lgan qisqa ma’lumotlar «Avesto», ahamoniylarning mixsimon yozuvlari va yunon-rim tarixchilarning asarlarida o’z aksini topgan. 2. Parfiya (Turkmaniston) hududi temir davri arxeologiyasi. O’rta Osiyo hududida ilk temir davri arxeologiyasi yaxshi o’rganilgan hududlardan biri Murg’ob vohasi sanaladi. O’lkadagi dastlabki yodgorliklar (Yozdepa, Aravalidepa, Ko’hnedepa va Uchdepa) 1903 yili amerikalik tadqiqotchi olim R.Pompeli tomonidan aniqlangan bo’lib, 30-yillarda ham tekshirish ishlari olib borilgan. O’tgan asrning 50-60 – yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli qazishma ishlari olib borilishi bilan tadqiqotlar jadallashib ketadi. Natijada Yozdepa majmuasining ilk temir davri xronologik ustuni ishlab chiqiladi: Yoz I mil. av. 900-650 yillar Yoz II mil. av. 650-500 yillar Yoz III mil. av. 500-350 yillar Lekin o’tgan asrning oxirlarida Yozdepa yodgorligida amalga oshirilgan radiokarbon tahlili Yoz I davrini mil.av. 1300 bilan belgilagan. Bu voha Murg’ob daryosidan bosh oqadigan anhorlar yoki hosil qilgan deltalari tashkil etgan kichik vohalar yoki xo’jalik tumanlari Toxirboy, Yazdepa, Aravalidepa, Toip va To’g’aloqlardan tashkil topgan bo’lib, ularning har birida 3 tadan 25 tagacha kata-kichik manzilgohlar, butun vohada 60 ga yaqin manzilgoh aniqlangan. Yozdepa ular orasidagi nisbatan yirik va markaziy vohani tashkil etadi. Ular arkli nisbatan yirik manzilgohlar, arksiz yirik manzilgohlar va kichik qishloqlar uy- qo’rg’onlar. Voha aholisining asosiy xo’jalik mashg’uloti sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikni tashkil etgan. Arxeologik tadqiqotlar davomida Marvliklarning asosiy xo’jaligi sug’orma dehqonchilikdan iborat bo’lgan. Yozdepa kichik vohasida Gatioqar (eni 5-8 m, chuqurligi 2-3 metr, uzunligi 55 km) va Aravalidepa kichik vohasida esa Guniyab (5-6 m, chuqurligi 1,5-2 metr, uzunligi 36 km.) kabi hozirda mavjud bo’lgan anhorlar tadqiqotchi olimlarning taxminlariga ko’ra o’sha davr o’zanlari bilan mos kelar ekan. Ushbu anhorlar atrofida qadimda foydalanilgan ekin maydonlarining o’rni saqlanganligi arxeologik jihatdan ma’lum. Dehqonchilikda boshoqli don va poliz ekinlari ekishgan. Chorvachilik holati qay darajada bo’lganligi to’g’risidagi yetarli va aniq ma’lumotlar kam. Bu yerdagi Toxirboy I va Churnok manzilgohlaridan temir toshqollari uchraydi. Kulolchilik ishlab chiqarishi bog’liq masalalar yaxshi o’rganilgan. Bu yerdagi ko’pgina manzilgohlardan kulolchilik pechlarining izlari topilgan. Ular ichida Churnokdan topilgan ikkita pech diqqatga sazovardir. Ular qo’ng’iroqsimon shaklga ega bo’lib, olovxona va idishlar joylashtiriladigan qismlardan iborat. Uchdepadan esa kulollar mahallasi o’rganilgan, undagi xumdonlar mil. av. V-IV asrlarga oid. Mil. av. X-VII asrlarga (Yoz I) oid sopol idishlar qo’lda yasalgan. Idishlar sariq angob bilan bo’yalgan, ustidan jigarrang va qizil bo’yoqlar bilan geometrik naqshlar berilgan. Mil. av. VII-IV asrlarga kelib, idishlarni kulolchilik charxida yasash an’anasi kuchayadi, atrofiga naqshlar solingan idishlar uchramaydi. Marv vohasidagi manzilgohlardan tosh qurollar, yorg’uchoqlar, zeb-ziynat buyumlari. qurol-aslaha va kamon o’qlarining uchlari ham topib o’rganilgan. Mil. av. IV asrga (Yoz III) kelib vohalarning barcha manzilgohlarida inqirozi kuzatiladi. Sug’orish tizimining murakkablashishi natijasida aholi yangi yerlarni o’zlashtiradi. Download 24.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling