Buxoro davlat Pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlar fakultetining
1-bosqich talabasi, 2004-yilda tug‘ilgan, o‘zbek,
Malika Halimovaga
TAVSIFNOMA
Malika Halimova o‘rta maktabni tugatgach, 2022-yilda Aniq va tabiiy fanlar fakultetining 1-bosqichiga o‘qishga kirdi.
Institutda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qildi. Geografiya fanlariga alohida qiziqadi. U fakultetimizda
o‘tkazilayotga olimpiadalarda muntazam ravishda ishtirok etib bormoqda. Institutimiz nomidan «Geografiya bilimdoni» faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
M. Halimova fakultetning jamoat ishlari va tadbirlarida faol tarzda qatnashadi.
U kamtarin va to‘g‘riso‘zligi, mehribonligi tufayli hamkurslari hurmatiga sazovor bo‘lgan.
Tavsifnoma Buxoro shahar hokimligiga taqdim qilish uchun berildi.
Dekan (imzo) A. Jo‘rayev
Kasaba uyushmasi raisi (imzo) S. Hamroyev
(sana) (muhr)
Do'stlaringiz bilan baham: |