Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi


Download 213.86 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi213.86 Kb.
#226124
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-мавзу Менежмент. Маркетинг маъруза матн


2-Mavzu. MENEJMENT NAZARIYASINING SHAKLLANISHI VA

RIVOJLANISHI

Reja:

2.1. Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar

2.2."Ilmiy menejment" maktabi F. Teylor ta'limotining mazmuni va mohiyati

2.3. Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayolь olg’a surgan tamoyillar

2.4. Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi D. Mak Gregorning X va Y

nazariyasi

2.5. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment mohiyati

2.6. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari

1. Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar

Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Sezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni "qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash" bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.

Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e'tibor berila boshlandi.

Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi.

O’sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta'limotida quyidagi

to’rtta yo’nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o’zining tegishli hissasini

qo’shgan (1-jadval).




Maktab

nomlari


Namoyandalari

Turli maktablarning boshqaruv ta'limotiga

qo’shgan hissasi



1

Ilmiy

menejment

maktabi

1340-1400

yillar


Amir Temur

- Mamlakatni idora qilish va saltanatni

boshqarish uslubi, strategiyasi va taktikasini

joriy qildi.

-XIV-XV asrlar voqealari va ijtimoiy

hayotni o’zida aks ettirgan qimmatli asar

Temur tuzuklarini yaratdi. Mazkur asarda

bayon etilgan boshqarish yo’l-yo’riqlari,

qonun-qoidalari, pand-nasihatlari

O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash

yo’lida xizmat qilmoqda.

-Kuchli davlatni barpo etish, davlat

hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalariga

tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning

sifatlariga ko’ra tanlash va vazifalarga

tayinlash borasida amaliy jihatdan

mukammal bo’lgagn ta'limotni yaratdi.

-Buyuk davlat arbobi, dunyoviy

bilimlarning sohibi bo’lgan Sohibqiron

markazlashgan davlatni barpo etishi orqali

o’rta asrlarda buyuk shaxslar etishib

chiqishi uchun moddiy, g’oyaviy zaminni

yaratdi.





(1885-1920)

yillar


F. Teylor

G. Emerson va

boshqalar


- Vazifani bajarishning maqbul usullarini

topish maqsadida ilmiy tahlilni qo’llash.

- Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni

tanlash va uning o’qitilishini ta'minlash.

- Vazifani samarali bajarilishini

ta'minlovchi xodimlarni zarur resurslar bilan

ta'minlash.

- Yuqori mehnat unumdorligini ta'minlash

maqsadida xodimlarni muntazam

rag’batlantirib turish.



2

Mumtoz yoki

ma'muriy


menejment

(1920-1950)



A. Fayol, M.

Veber va


boshqalar

- Boshqaruv printsiplarini rivojlantirish.

- Boshqaruv funktsiyalarini bayon etish.

- Tashkilotni yalpi boshqarishda sistemali

yondoshuvni asoslash.



3

"Inson

munosabatlari"

maktabi (1950

yildan hozirgacha)



E. Meyo, R.

Laykert va

boshqalar


- Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida

o’zaro munosabatlardan qoniqish hosil

qiluvchi usullarni qo’llash.

- Kompaniyaning siyosati va istiqbolini

xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan

holda tashkil etish.



4

Miqdoriy

tizimli yoki

zamonaviy

menejment

(1950 yildan

hozirgacha)



G. Saymon,

P. Druker,

E. Deyl va

boshqalar



- Murakkab boshqaruv muammolarini

chuqurroq tushunish maqsadida turli

modellarni ishlab chiqish va qo’llash.

- Murakkab vaziyatlarning echimi bo’yicha

boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi

miqdoriy usullarni ishlab chiqish.




Download 213.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling