Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning
O’zbekistonning SHHT bilan xamkorlik munosabatlari
Download 285.49 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u
- Bu sahifa navigatsiya:
- SH.M. Mirziyoevning 2021 yilda BMT Bosh Assambleyasining 76 sessiyasidagi nutqi va uning mazmuni
O’zbekistonning SHHT bilan xamkorlik munosabatlari
2018 yil 8 — 10 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi va SHHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Xalqaro ekspertlar hozirdanoq mazkur sammit tarixiy ahamiyatga ega ekani, tuzilma faoliyatida yangi sahifa ochishi haqida gapirishmoqda. O‘zbekiston SHHT asoschilaridan biri sifatida tashkilot doirasidagi hamkorlik strategiyasini aniqlashda boshqa a’zolar bilan tengma-teng qatnashyapti. Mamlakatimiz SHHT Xartiyasi hamda uning asosini belgilovchi boshqa hujjatlarda belgilab qo‘yilgan maqsadlar, vazifalar va tamoyillarga qat’iy mos keluvchi siyosatni og‘ishmay davom ettirish, mintaqa davlatlarining xavfsizligi hamda barqarorligini, iqtisodiy farovonligi va taraqqiyotini ta’minlash bilan bog‘liq tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish tarafdoridir. 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining asosiy qoidalari Shanxay tuzilmasining maqsad hamda vazifalariga ko‘p jihatdan hamohangdir. Ularni hayotga bosqichma-bosqich tatbiq qilish yaqin qo‘shnilar bilan munosabatlarni uyg‘unlashtirish, Markaziy Osiyoda, umuman, butun SHHT hududida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash imkonini beradi. Tarkibiga Hindiston va Pokiston davlatlari qo‘shilgach, Yer yuzi aholisining deyarli yarmi istiqomat qilayotgan ulkan hududni qamrab olgan Shanxay tashkiloti o‘tgan 17 yil mobaynida sayyoramizda barqarorlikni ta’minlashga juda katta hissa qo‘shdi. SH.M. Mirziyoevning 2021 yilda BMT Bosh Assambleyasining 76 sessiyasidagi nutqi va uning mazmuni «Asosiy maqsadimiz — 2030 yilga borib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar miqdori bo‘yicha „daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar“ qatoriga kirishdir», — deya ta’kidladi davlat rahbari. Shu o‘rinda, Shavkat Mirziyoyev pandemiyadan keyingi davrda jahon iqtisodiyotini qayta tiklash muammolarini o‘rganish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni hayotga tadbiq etishga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiyani Toshkentda o‘tkazishni taklif qildi. Bundan tashqari, global harakatlarga yoshlarni jalb etish maqsadida Samarqandda muntazam o‘tkazilayotgan Inson huquqlari muloqotlari doirasida Global ta’lim forumi tashkil etilishini ma’lum qildi.Davlat rahbari qo‘shni va yondosh mintaqalar bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirish masalasida Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratdi. «Bu davlatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishidan nafaqat biz — qo‘shni mamlakatlar, balki butun dunyo manfaatdordir», — deya ta’kidladi prezident. «Hozirgi qiyin davrda Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas. Afg‘on masalasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’siri va ovozi har qachongidan ham kuchliroq yangrashi lozim», — deya qo‘shimcha qildi. Qayd etilishicha, noyabr oyida Toshkentda BMTning Global aksilterror strategiyasi Markaziy Osiyo uchun rejasining o‘n yillik natijalari va istiqbollariga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya o‘tkazilishi kutilmoqda. Mazkur tadbir doirasida BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan 2022−2025 yillarga mo‘ljallangan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy dastur imzolanishi ko‘zda tutilgan. «Biz bu boradagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirgan holda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining mazkur Boshqarmasi ishtirokida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini qamrab oladigan, Giyohvandlikka qarshi umumiy Harakatlar rejasini ishlab chiqish niyatidamiz», — ma’lum qildi davlat rahbari. Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, atrof-muhit va bio xilma-xillikni muhofaza qilish masalalariga to‘xtalar ekan, Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Parij bitimining maqsadlariga erishishga qat’iy qaror qilganligini bildirdi. Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish-eng muhim vazifamizdir” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvida so’zlagan nutqi O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o’tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko’maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O’zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. Kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar davlatga bog’liq bo’lmagan holda, ya’ni katta kapital mablag’larsiz o’zlari ish joylarini joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo’lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va xattoki, bu tanqislikni butunlay yo’qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning extiyojlarini qondirish sari yo’naltirish zarur.Bu narsa maishiy xizmat ko’rsatish hamda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko’rinmoqda.Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega.Bizning respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O’zbekistan Respublikasining «Korxonalar to’g’risida», «Mulk to’g’risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to’g’risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjattlar asosida tashkil etilmoqda. Kichik korxonalar ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o’tishda tobora o’z o’rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta’minlovchi butun tizimni asosiy bog’lovchilik sifatini o’zlarida namo-yon etmoqdalar. Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste’moli mollarini, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda. Kichik korxonalar ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog’langan, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir. Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF-3305-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o’rta korxonalar» tushunchasi bekor qilindi. Download 285.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling