Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning


yil Toshkent-Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishining mazmuni va mohiyati


Download 123.61 Kb.
bet11/41
Sana12.10.2023
Hajmi123.61 Kb.
#1701006
TuriReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning-fayllar.org

2007 yil Toshkent-Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishining mazmuni va mohiyati.

2007 yil yanvarda Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi. Toshkent bilan bir qatorda Fes (Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) shaharlari ham «Islom madaniyatining poytaxti», deb e’lon qilindi. Prezident Islom Karimov bu e’tirofni «o‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho», deb ta’rifladi. Anjumanda hozirgi O‘zbekiston hududi asrlar davomida Buyuk ipak yo‘li orqali Sharq va G‘arbni bir-biri bilan bog‘laydigan ko‘prik bo‘lib xizmat qilgani qayd etildi. Shu bois diyorimiz turli sivilizatsiya va madaniyatlar o‘zaro tutashgan muhim chorraha, umuminsoniy taraqqiyotga beqiyos hissa qo‘shgan o‘lka sifatida tanilgan. O‘zbekiston ahli islom dini va islom sivilizatsiyasini jahon sivilizatsiyasi, kishilik taraqqiyoti va madaniyatining uzviy qismi, insonni ruhiy-ma’naviy poklash, uning ongu shuurida shukronalik, tinch va osuda hayot kechirish, millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik kabi boqiy qadriyatlarni mustahkamlashning asosiy omili va mezoni sifatida yuksak qadrlaydi.Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT) Bosh kotibi Akmaliddin Ehson o‘g‘li, Arab davlatlari ligasi Bosh kotibi Amri Musa, ISESCO vakili Mustafo Ahmad Ali, UNESCO Bosh konferensiyasi raisi Musa bin Ja’far Hassan, IKT qoshidagi Islom madaniyati va san’ati tadqiqotlari markazi (IRCICA) direktori Xolid Eren, Kuvayt Davlati oliy ta’lim va maorif vaziri, ISESCO, ALESCO, UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasi raisi Nuriya as-Sabih, Quvayt adliya, islom va vaqf ishlari vazirligi maslahatchisi Abdulla al-Ma’tuq Toshkent shahrining 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu nufuzli xalqaro anjuman jahon hamjamiyatiga o‘zbek xalqining ko‘hna va boy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berishi hamda sivilizatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro ishonchning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.





  1. Download 123.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling