Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning


Tarixiy shaxarlar(Buxoro, Samarqand, Marg’ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shaxrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi


Download 123.61 Kb.
bet35/41
Sana12.10.2023
Hajmi123.61 Kb.
#1701006
TuriReferat
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning-fayllar.org

Tarixiy shaxarlar(Buxoro, Samarqand, Marg’ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shaxrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi

O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlaboq xalqimizning boy ma’naviy merosini tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, uni ta’minlovchi madaniy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. Mustaqillik tufayli O‘zbekiston ma'naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma'naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga keng yo‘l ochildi. Ma'naviy hayotdagi tub sifat o‘zgarishlar xalqimiz ma'naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o‘zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa, milliy ongi va g‘ururi, uyg‘oq vatanparvar insonni tarbiyalashga qaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: “Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimiz ma'naviy saviyasi, g‘ururi va faxri nechog‘liq yuksak bo‘lishiga bog‘liqdir. Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo‘lib, eng asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida xalqimiz tarixini, ma'naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini qo‘ydik”. Darhaqiqat, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko‘p asrlar mobaynida yaratgan g‘oyat o‘lkan bebaho ma'naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko‘lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorida ham bu haqda “davlatimiz tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab aholi, birinchi navbatda, yoshlarimizning jismonan baquvvat, ma’naviy jihatdan yetuk avlod bo‘lib ulg‘ayishiga berilayotgan yuksak e’tiborning tasdig‘i sifatida mamlakatimizda davlat budjeti xarajatlar qismining 60 foizga yaqini ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalari rivojiga yo‘naltirilgani dunyo tajribasida kamdan-kam uchrashini, O‘zbekiston ayni sohalarda jahonda yetakchi o‘rinlarni egallab borayotgani nufuzli xalqaro ekspertlar va tahlil markazlari tomonidan e’tirof etilayotgani” qayd etilgan.





  1. Download 123.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling