Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Ijodiy fikrlashni ta’minlovchi omillar


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Ijodiy fikrlashni ta’minlovchi omillar: 
 Fikr yuritish faoliyatida eng avval hal qilinishi zarur bo‘lgan 
masala inson tomonidan aniqlab olinishi kerak. 
 Muammo yoki masalani hal qilish zarur bo‘lgan barcha 
bilimlarni tadbiq qilish uchun intilish. 
 Masalaga, muammoga taalluqli gipoteza olg‘a suriladi, 
bosqichlar taxmin qilinadi, yechim to‘g‘risida farazlar ishlab chiqiladi, 
turli variantlar hamda variasiyalar haqidagi mulohaza yuritiladi, 
o‘zaro xayolan solishtirib, eng samarali alomatlar ajratiladi va hokazo. 
 Muammo oldiga qo‘yilgan farazni tekshirish zarurati tug‘iladi. 
Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza 
adekvat emasligi, noto‘g‘ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish 
obyektidan siqib chiqariladi va yangi farazlar, o‘ylar taxmin qilinadi 
yoki o‘ylab topiladi. 
 Muammo va masalani hal qilish, yechish, olingan natijalarni 
to‘g‘riligiga qanoat hosil qilish uchun echuvchi, uni tekshirish bilan 
tafakkur harakatlarini yakunlaydi. 


123 
Psixolog V.A.Kruteskiy ijodiy tafakkurni taraqqiy ettirish 
maqsadida masalalar tipologiyasini ishlab chiqib, turli yoshdagi 
o‘quvchilar o‘quv faoliyatida sinab ko‘rgan. Tipologiyaga kiritilgan 
masalalarni V.A.Kruteskiy turlicha nom bilan ataydi: 
1. 
Savol aniq qilib qo‘yilmagan masalalar. 
2. 
Berilganlari yetishmaydigan masalalar. 
3. 
Ortiqcha ma’lumotlari bo‘lgan masalalar. 
4. 
Bir necha yo‘l bilan yechiladigan masalalar. 
5. 
Mazmuni o‘zgarib turadigan masalalar. 
6. 
Isbotlashga doir masalalar. 
7. 
Fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritishga doir masalalar. 
Ijodiy tafakkur turi o‘zining samaradorligi va dolzarbligi, 
universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi
yangi-yangi muammolarni o‘ylab chiqish jarayoni bo‘lib, insonning 
bilish faoliyatida yetakchi rol o‘ynaydi. 
Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga 
ajratiladi. Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o‘rganishga, 
aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo‘lib, u mantiqiy qonun va 
qoidalar yordami bilan voqelikni in’ikos qiladi. Autistik tafakkur 
insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog‘liq ravishda 
sodir bo‘ladi. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tafakkur harakatlari 
o‘sha shaxsning o‘z tilaklarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan fikr 
yuritilishdan iborat individuallik yoki individualistik tafakkurdir. 
Masala yechimini qabul qilishga va informatsion tayyorgarlik 
ko‘rishga qaratilgan fikr yuritish vizual tafakkur deyiladi. Vizual 
tafakkur 
maqsadga 
muvofiq 
harakatlar 
yoki 
anglanilmagan 
operatsiyalar, 
chunonchi 
obrazlar 
manipulyatsiyasi 
va 
transformatsiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va “aqliy 
anglanish”dan namoyon bo‘ladi. 
Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri Z.I.Kalmikova o‘z 
tadqiqotlarida tafakkurni produktiv va reproduktiv turlarga ajratib 
o‘rgangan edi. Qisqa vaqt birligi ichida yangi original fikrlar yaratish 
yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish bilan belgilanadigan 
tafakkur produktiv tafakkur deb ataladi. Reproduktiv tafakkur esa 
passiv, tayyor mulohazalarni o‘zlashtirib olishga va «tayyor holda» 
undan foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati ko‘rinishidir. 
Fazoviy tafakkur muammosi atoqli rus psixologi B.G.Ananyev 


124 
va uning shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, keyingi yillarda 
bu 
muammo 
yuzasidan taniqli psixolog 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling