Buxoro davlat pedagogika instituti o’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi ikkinchi oliy (sirtqi) ta’lim shaklining


Frazeologik iboralarning tuzilishi va ma'no jihatidan turlari


Download 36.56 Kb.
bet4/4
Sana28.02.2023
Hajmi36.56 Kb.
#1236513
1   2   3   4
Bog'liq
M. Eldor 5

Frazeologik iboralarning tuzilishi va ma'no jihatidan turlari
Turg'un (frazeologik) iboralar tarkibidagi sozlarning o'zaro birikish darajasi va iboralar tarkibidagi so'zlarga xos ma'nolarning munosabati turlichadir. Shunga ko'ra uch turga bo'linadi: 1) fra-zeologik qo'shilma, 2) frazeologik butunlik, 3) frazeologik chatishma.

Frazeologik qo'shilma. Ma'nosi qo'shilma tarkibidagi so'zlarning o'z va ko'chma ma'nolaridan kelib chiqadigan turg'un iboralar frazeologik qo'shilma deyiladi.Masalan, burni ko'tarilmoq, (burni o'z ma'nosida, ko'tarildi - ko'chma ma'noda), boshini qovushtirmoq(boshi - o'z ma'nosida,qovushtirmoq ko'chma ma'-noda), yo'ldan urmoq (yo'ldan - o'z ma'nosida, urmoq - ko'chma ma'noda), kiprik qoqmay (kiprik - o'z ma'nosida, qoqmay ko'chma ma'noda, kuni bitdi (kuni - o'z manosida, bitdi - ko'chma ma'noda), tili kelmaydi (tili - o'z manosida, kelmaydi - ko'chma ma'noda).

Frazeologik qo'shilma tarkibidagi so'zlar grammatik birikish usuli jihatidan odatdagi so'z birikmalaridan farq qilmaydi. Masalan, nafasi ichiga tushib ketdi, iborasini shakl jihatdan gap bo'laklariga (ega-kesim) ajratish mumkindek tuyulsa ham, lekin ibora tarkibidagi so'zlar orasida sintaktik aloqa o'zgarmaydi, shu sababli bu ibora "butunlay qo'rqib ketdi" ma'nosini ifodalaydi va gapda bir sintaktik vazifani bajaradi.


Frazeologik butunlik. Tarkibidagi so'zlar nutq ma'nolaridan kelib chiqadigan asl ma'nodan tashqari, butun holda ko'chma ma'noda ishlatiladigan turg'un iboralar frazeologik birlashma deyiladi. Masalan, to'ydan oldin nog'ora chalmoq, yeng shimarmoq, og'zi qulog'iga yetdi, tepa sochi tikka bo'ldi kabi.

Bunda frazeologizimlarning umumiy ma'nosi qismlarning xususiy ma'nolari bilan uyg'unlikni hosil qiladi. Umumiy ma'no qismlarning xususiy ma'nolariga asoslanadi. Masalan: "bo'zchining mokisiday" iborasi serqatnov tushunchalarni ifodalaydi. Frazeologik butunlikning quyidagi belgilari bor:





  1. Iboraning ma'nosi tarkibidagi so'zlarning ma'nolari bilan izohlanadi. Masalan, yaxshi ishtaha haqida ishtahasi ochildi, deyilsa ochko'zlikka msbatan frazeologik butunlik bo'ladi.

  2. Iboraning ma'nosi butun holda ko'chma bo'ladi: podadan oldin chang chiqarmoq, yulduzni benarvon urmoq, jag'i ochilmoq.

  3. Ibora tarkibidagi so'zlar o'zaro jonli grammatik aloqada bo'lsa ham, ular sintaktik jihatidan erkin bo'lmaydi. Masalan: ilonning yog'ini yalagan iborasi erkin aniqlovchi, to'ldiravchi yoki boshqa bo'laklarga ajratilmaydi, balki birikma holida kesim bo'lib keladi.

Frazeologik chatishmalar. Iboralarning umumiy ma'nosi bilan uni tashkil etgan qismlarning xususiy ma'nolari o'rtasida bog'liqlik bo'lmaydi. Ko'pincha ziddiyat mavjud bo'ladi. Masalan, oyog'ini qo'liga olmoq iborasi butun holda ko'chma ma'noni "shoshilish" ma'nosini ifodalaydi, ammo bu ma'no ibora tarkibidagi oyog'(ini), qo'li(ga) olmoq so'zlarining na asl, na ko'chma ma'nolari bilan bog'liq emas. Misollar: Hoji o'pkasini qo'ltiqlab xonaga kirib keldi. (M.) Akam achchig'idan to'nini teskari kiyib oldi. Kambag'allar ikki barmog'ini burniga tirab qolmasin. (M. I.) Boy hali to'ng'iz qopadi (O.) va boshqalar .



Frazeologizmlar shakl va ma'no munosabatiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
Frazeologik omonimlar. Bunga turli ma'no ifodalovchishakldosh iboralar kiradi. Masalan: og'ziga olmadi(yemadi),og'ziga olmadi (gapirmadi).Frazeologik sinonimlarga ma'nodosh lekin shakli boshqaiboralar kiradi. Masalan, bo'yi bir qarich o'smoq - bo'yi ko'kkayetmoq, qovog'idan qor yog'ilmoq - fig'oni falakka yetmoq, jonkoyitmoq - jon fido qilmoq.

  1. Frazeologik antonimlar. O'zaro qarama-qarshi ma'noifodplovchi iboralar kiradi. Masalan, jag'i ochilmoq – mum tishlamoq, ishi o'ngidan kelmoq - hafsalasi pir bo'lmoq kabi.


Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. - Toshkent:
Fan va texnologiyalar, 2010.
2. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun
darslik. - Toshkent: O‘zMU, 2013.
3. Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek tili (Kirish. Fonetik sath. Leksik
semantik sath). Darslik. - Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2018.
4. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. - Toshkent:
Tex pro-silver, 2021.
Download 36.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling