8-sinf adabiyot 4-chorak 1-test


Download 22.66 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi22.66 Kb.
#1593963
Bog'liq
8-sinf adabiyot 4-chorak 1-test


8-sinf adabiyot 4-chorak 1-test
1. “Ot egasi” hikoyasining qahramoni Inodning nechta boyligi bor edi?
A. beshta B. to‘rtta C. ikkita D. uchta
2. Muhammad Yusuf qaysi she’rida yurtining “yulduzni yig‘latga dostonlari”ni ta’kidlab o‘tadi?
A. “Vatanim” B. “Xalq bo‘l, onam” C. “Mehr qolur” D. “Yurtim ado bo‘lmas adolaring bor”
3. Muhammad Fuzuliy ijodini qaysi ustoz shoirning ijodisiz hozirgi yuksak badiiy darajada tasavvur qilib bo‘lmas edi?
A. Firdavsiy B. Lutfiy C. Jomiy D. Alisher Navoiy
4. Quyidagi misralar muallifini toping
Bir lahza qo‘lidan qo‘yganmi o‘zbek,
O‘zing ayt, Fuzuliy bitgan devonni
A. G‘afur G‘ulom B. Hamid Olimjon C. Erkin Vohidov D. Abdulla Oripov
5. Muhammad Yusufning “Vatanim” she’rida kimning nomi Kurdiston bilan birga tilga olinadi?
A. Usmon Nosirning B. Abdulla Qodiriyning
C. Jaloliddin Manguberdining D. Temur Malikning
6. “Omon ovchining o‘limi” hikoyasida Omonga otasi necha yoshida melkokolibr miltig‘I olib bergan edi?
A. o‘n uch yoshida B. o‘n besh yoshida
C. to‘qqiz yoshida D. “o‘n sakkiz yoshida”
7. “Otning egasi” hikoyasida qat’iyatli, qaysar, cho‘rtkesar obraz qaysi?
A. Eshmat B. Egamberdi
C. Bo‘riboy D. Inod
8. Said Ahmadning ,,Ufq" trilogiyasini tashkil etuvchi qaysi asar ikkinchi jahon urushi davri voqealarini aks ettiradi?
A. Qirq besh kun. B. Hijron kunlarida.
C. Ufq bo‘sag‘asida. D. Qirq besh kun, Hijron kunlarida.
9. T.Sulaymonning “Iltijo” she’rida keltirilgan “suralay” so‘zining ma’nosi nima?
A.Tovus B.Sa’va qushi
C.Patlari rang-barang qush turi D.Kiyik nomi
10. Fuzuliy umrining oxirida qaysi shaharga ko‘chib ketgan?
A.Bag‘dod B.Hilla C.Najaf D.Karbalo
11. To‘ra Sulaymonning ,,Bahor — Vatan, barcha tiriklikka jon ato etuvchi muqaddas yurt" timsoli sifatida tasvirlangan she'rini aniqlang.
A. “lltijo” B. “Gul bir yon, chaman bir yon” C. “Al-omon” D. “Tavallo”
12. Shukur Xolmirzayevning qaysi romanlarida 70-80-yillardagi ma'naviy-mafkuraviy tanazzul o‘z aksini topgan? 1) «So‘nggi bekat»;2) «To‘lqinlar»; 3) «Yo‘lovchi»;
4) «Olabo‘ji»; 5) «Dinozavr»; 6) «Qil ko‘prik»; B) «Qora kamar» D) «Yo‘lovchi»
7) «Qora kamar».
A) 2, 4, 5, 7 B) 1,3, 4,5 C) 1,2, 3,4 D) 1,3, 5,6
13. Muhammad Yusufning qaysi she'rida ona yurtiga fidoyi va dardkash farzand timsoli o‘z aksini topgan?
A. Erka kiyik B. Yurtim, ado bo‘lmas... C. Biz baxtli bo‘lamiz D. Mehr qolur
14. Shukur Xolmirzayevning qaysi qissalari Abdulla Qahhordek ustozlar e'tiborini qozongan?
A) «To‘lqinlar», «O‘n sakkizga kirmagan kim bor» B) «Yo‘lovchi», «Olabo‘ji»
C) «To‘lqinlar», «Qil ko‘prik» D)«So‘nggi bekat», «O‘n sakkizga kirmagan kim bor»
15. Dunyodagi barcha narsalar o‘tkinchi, faqat insonlar o‘rtasidagi oqibat, muhabbatgina abadiy ekanligi haqidagi Muhammad Yusuf she'rini belgilang.
A. ,,Yolg‘onchi yor" B. ,,Mehr qolur" C. ,,Ko‘nglimda bir yor" D. ,,Uyqudagi qiz" 16. ,Jahon adabiyotining eng sara namunalarini puxta o‘rgangan, badiiy ijodga juda jiddiy faoliyat turi sifatida qaragan ijodkorni belgilang.
A. Ozod Sharafiddinov. B. Usmon Nosir. C. Asqad Maxtor. D. Maqsud Shayxzoda
17. To‘ra Sulaymonning maqolalar to‘plamini toping.
A) «Hamqishloqlarim» B) «Qorasoch»
C) «Alhazar» D) «Men qayga borar bo‘lsam»
18. Ozod Sharafiddinovning «O‘lsam, ayrilmasman quchoqlaringdan» maqolasida qanday odamlarni: «...basharasini har qanday niqob bilan panalamasin, ma'naviy qashshoq, imonsiz, xudo-bexabar, baxtsiz odamlardir», - deydi?
A)insoniy tuyg‘ulardan yiroq, ilmsiz, bebaxt odamlarni
B)mehr-shafqatdan, odamiylikdan yiroq, odamfurushlarni
C)ilm-ma'rifatdan yiroq, johil, ota-onasini ham hurmat qilmaydigan,nodon odamlarni 
D) Vatan muhabbatidan benasib, Vatanga loqayd qaraydigan, Vatanga qo‘l ko‘tarishdan toymaydigan odamlarni
19. .“Istar ko‘ngil” qaysi adibning birinchi kitobi?
A. A. Muxtor B. O.Sharofiddinov C. T.Sulaymon D. Sh.Xolmirzayev
20. Shoir «Iltijo» she’rida «Bahor, sensiz sahro-yu tog‘-u toshga jon qayda?» - der ekan, bu sahro - beminnat makon qidirib sargardon kezgan vatangado kimsalarnin
tog‘-u toshlar - qilmishi qing‘ir zotlarning ramziy ifodasi ekanini ilg‘aymiz. Demak, bu zotlarning bahori yo‘q. Ular o ‘z umri bahoriga mensimay qaragan, unga
noshukurlik qilgan, bahorini toptagan kimsalardir. Ular hayot bahorini xazonga almashganlar. Ushbu parchada tahlili keltirilgan she’r muallifini aniqlang.
A) To‘ra Sulaymon B) Muhammad Yusuf
C) Asqad Muxtor D) Hamid Olimjon
21. Istiqlol yillarida M. Yusuf qanday yutuqqa erishgan?
22. Shukur Xolmirzayevning roman janrida yozilgan asarlari qaysilar?
23. Fuzuliyning “O‘landan so‘r” radifli g‘azalida boshidan oxirigacha qaysi she’riy san’at ustunlik qiladi?
24. Muhammad Yusufning qanday dostonlari bor?
25. Ozod Sharafiddinov «O‘lsam, ayrilmasman quchoqlaringdan» maqolasida: «Qayga borsam, g‘oz yurarman boshda do‘ppi gerdayib», - deya qaysi shoir satrlaridan ijodiy foydalanadi?
Download 22.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling