Yozuvchi Tohir Malikning "Nafs kishanlari" asari badiiy va falsafiy tahlili
Download 11.01 Kb.
|
Maqola1 S M Oʻz.soha.qo\'l
Yozuvchi Tohir Malikning "Nafs kishanlari" asari badiiy va falsafiy tahlili Annotasiya.Ushbu maqolada serqirra ijodkor Toxir Malikning "Nafs kishanlari" asardagi islomiy hayot, falsafiy fikrlar va axloqiy qarashlar xususida kuzatishlar oʻz ifodasini topgan. Kalit soʻz. Fikr, islomiy hayot, maʼnaviy yetuklik, tubanlik, nafs, iymon. Maʼlumki,har bir inson oʻzining qisqa muddatlik umrida koʻplab fikrlar qarama-qarshiliklariga duch keladi. Bunday vaziyatlar xoh u butun bir yurt boshlig'i boʻlsin, xoh yetuk ziyoli inson, xoh oddiy xammol, har birida uchrashi mumkin. Xususan, serqirra ijodkor, oʻtkir qalam sohibi Tohir Malik ham shu kabi oʻy kechinmalarni boshidan oʻtkazgan va ularni qogʻozga tushirgan.Yozuvchi oʻzining "Nafs kishanlari" nomli asarida ushbu kechinmalarni aks ettirgan. Mazkur toʻplamdagi fikr va qarashlar aynan bir mavzu doirasida emas. Lekin u mazmuniy jihatdan bir-biriga bogʻliq.Izoh joizki, asarning tub mazmuni inson iymonini kemiruvchi nafsning ofatlari xususidadir. Shu oʻrinda asardagi bir parchani keltirsak, "Shirin dunyoning shirin tillari Aqlsiz aqlimning aqlini oldi. Va... kula-kula lahadga kuzatib qoldi." Ushbu parchada inson tugʻilganidan boshlab hayoti davomida bu oʻtkinchi dunyoda vaqtinchalik neʼmatlarga ishonib, hoyu havasga berilishi tufayli oʻz oʻzligini yoʻqotishi va shu tariqa, iymonining kuchsizlanishiga sabab boʻladi. Holbuki, inson shu tariqa umr kechirar ekan, u har qanday tubanlikka ham qoʻl urishi mumkin.Yana bir misrada esa shunday deyiladi, "Kutyapti intiq, Kimnidir Jahannamning olov gullari." Ushbu jumla yuqoridagi misraning mantiqiy davomi deyish mumkin. Bundan koʻrinib turibdiki, har birimiz iymonsiz, Alloh amrini unutib oʻz burchimiz, vazifalarimizni ado etmas ekanmiz kuni kelib, jahannamning otash olovida yonmog'imiz aniq. Shu oʻrinda ijodkorning badiiy soʻz qudratini naqadar goʻzal ifoda etganini taʼrif etmoq kerak: olov gullar, bu oʻta maʼnoli va ajib oʻxshatish desak adashmagan boʻlamiz. Bu yozuvchining naqadar mahoratli ijodkor ekanligining yana bir isboti deyish mumkin. Navbatdagi misrada esa yozuvchining tanqidiy tahlil qila olgan va jumladan, o'xshatishdan mohirona foydalangan desak xato qilmagan boʻlamiz: "Oppoq dasturxon erur Ka'ba - kimdir kiradir kirlangan kirlarin toʻkmoqlik uchun soʻng... yana bemalol kirlanish uchun." Yuqorida takidlab oʻtilganidek, ushbu satrlarda holatni tanqidiy baholash gʻoyat mohirona amalga oshirilgan.Yozuvchi qalamga olgan ushbu holat anchayin achinarli hol.Negaki, hozirgi bizni oʻrab turgan olamda qanchadan qancha soxta iymon keltiruvchilarni uchratish mumkin. Ularning aqidasi boʻyicha Allohning uyi boʻlmish Ka'baga qilgan tashrifi ularning qilgan razilliklarini yuvib yuboradi, nainki, avvalo inson oʻz qalbini, vijdonini doimo har qayerda, har bir amalda pok tutmogʻi joiz.Muallif ham bu satrlar orqali ularning qilgan koʻzboʻyamachiliklari toʻgʻri emasligini aytib oʻtadi. Adib kinoya va mubolagʻalarni har bir asarida, xususan ushbu falsafiy oʻylarida ham mahorat bilan foydalangan desak mubolagʻa boʻlmaydi. "Halollikdan doston toʻqiydi haromning mahbubi." Koʻringanidek, ushbu satrlarda kinoya nafasi ufurib turibdi, "haromning mahbubi" jumlasi ajoyib oʻxshatish boʻlibgina qolmay, kinoyaviy xarakterga ham ega, xususan bu birikma orqali ijodkor haromdan tab tortmaydigan, bilaks, oʻzlari halollik, rostgoʻylik, saxiylik haqida tinmasdan soʻzlaguvchi insonlarni kinoya va tanqidiy ruh bilan qoralaydi deyish mumkin. Kuzatishlarimiz davomida shunga amin boʻldikki, ushbu ijod namunasi toʻlaqonli ravishda koʻp yillik toʻplangan diniy bilim va islomiy hayot mushtarakligi asosida yaratilgan.Buni quyidagi namunadan ham sezish mumkin. "Yonarmish ho'lu quruq oʻrmonga ketganida o't. Faqat yonmas iymon egasi, Ibrohim alayhissalom singari." Bu namunadan shu ravshan boʻladiki, adib Paygʻambarlar va ularning tarixiy qissalarini juda yaxshi bilgan.Islom dini arkonlaridan biri yaratuvchimiz Allohning yuborgan paygʻambarlariga iymon keltirishdir.Quyida Paygambar Ibrohim alayhissalom xususida maʼlumot keltirsak.Ibrohim alayhissalom — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Allohning chin doʻsti (xalilullox), imom, siddiq va hanif deb taʼriflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan maʼlum. Bobilda tavallud topgan. Yolgʻiz Allohga ibodat qilgan. Otasi Ozor va qavmlarni ham ana shunga daʼvat qilgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontirolmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan. Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻladilar. Ammo u Alloh irodasi bilan olovdan sogʻ-salomat chiqqanligi Qurʼoni Karimda bayon qilingan. Ushbu maʼlumotlarni mukammal bilgan adib buni ushbu qisqa satrda keng maʼnoda taʼrif etadi. Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, asarni tahlil etar ekanmiz, har bir satr, har bir jumla ostida keng va botiniy ma'no yashirin ekanligiga va shu bilan birga kinoyaviy va tanqidiy ruhning mohirona aks ettirilganligiga guvoh boʻldik.Inson umrining qanday oʻtishi va vafotidan keyingi borar joyini aniqlovchi kalit bu islom dinining asosi boʻlmish - iymonning pokligi va vijdonning tozalaligidir. Shunisi xarakterliki, oʻtkir zehn egasi Tohir Malikning bu asarini oʻqimoq va tub mohiyatini tushunish uchun dastavval inson oʻz oʻzligini anglab yetmogʻi kerak. Ushbu ijod namunasi iymonini poklash umididagi insonlar uchun dasturilamal boʻla oladi desak ham adashmagan boʻlamiz.Biz esa iymonlashish umidida mazkur kitobni imkoniyatimiz doirasida tahlil qilmoqchi boʻldik. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: Toxir Malik. Nasf kishanlari. T.:"Yangi asr avlodi",2018 Wikipedia.org.com Download 11.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling