Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Qobiliyat haqida tushuncha


Download 1.96 Mb.
bet16/126
Sana14.05.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1460772
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126
Bog'liq
UP SirtQI 12 s(3)

Qobiliyat haqida tushuncha.
Shaxsning tayyor bilim yoki ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib, u yoki bu narsani tez faxmlay olishi, bilimlarni tez o‘zlashtirishi, xozirjanobligi, olingan bilimni keng xajmda va uzoq muddat xotirada saqlay olishi kabilar namoyon bo‘ladigan tezlik sifati qobiliyat deb aytiladi.
Ma’lumki har bir shaxsning kamol topishi, uning organizmining o‘sishi ijtimoiy shart -sharoit va ta’lim-tarbiyagagina bog‘liq bo‘lmay, usha shaxsning shaxsiy faolligi rayrati, shijoati va mustakalligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shaxs kamolotvda mehnatsevarlik hamda o‘zini aurust anglashning muhim ahamiyati bor.
Umumiy psixologik ta’limotga ko‘ra odamda kompensatsiya qobiliyati bor. Buning ma’nosi shuki, shaxs ruhiyatidagi bir xossa zrnini boshqa bir qancha xossalar tulairadi. Unda bo‘lmagan qobiliyatlar urnshsh bosadigan boshqa qobiliyatlar vujudga keladi. Bu jarayonda ijtimoiy muhit va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim va tarbiya alohida urin tutadi.
Talabalik yosh shaxsda individual sifatlarning tez o‘sishi bilan xarakterlanadi. Shaxs hayotining bu davrida qobiliyatlilik bilan bog‘liq sifatlar ham turli xillarda namoyon bo‘ladi. Bu jihatdan quyidagi qobiliyat sohiblariga ajratish mumkin:
Zehn o‘tkir, bilim egallashga intiluvchi, tirishkok talabalar. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan talabalar darslarni tez o‘zlashtiradi. Ularga ilmiy ozuqa berilsa, fikri o‘saveradi, oqiloona yo‘l ko‘rsatilsa, shoshilmay, toliqmay maqsad sari intiladi.
Zehni o‘tkir, gapga quloq soladigan talabalar. Bu tur qobiliyat egalariga xos sifat shundaki, ular bilimlarni sekin o‘zlashtiradilar, O‘qituvchiining doimiy nazoratiga muhtoj bo‘ladilar.
3. Zehni o‘tkir, bilimga intiluvchan, lekin o‘zboshimchalik va o‘jarlikka moyil talabalar. Bu turdagi qobiliyat egasi bo‘lgan talabalar uzluksiz tarbiyaga muhtoj bo‘ladilar. To‘g‘ri ta’lim va tarbiya berilsa, ularadn buyuk odamlar yetishib chiqadi.
4.Gapga kiradigan, hamma narsani bilishga qiziqadigan, bilimlarni sekin o‘zlashtiradigan va bo‘shang talabalar. Bular ilg‘or talabalar bilan izma-iz bora oladilar. Buning uchun ularga ittifoq qilib, juda qattiq talablar qo‘ymay, ko‘ngilini ko‘tarib, amalga oshirayotgan ishlarini ma’qullash maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinsa, bunday talabalar iste’dodli talabalar darajasiga ko‘tariladi, xotirasi keng qamrovli va mahsuldor bo‘ladi.
Zehni past, beparvo va bo‘shang talabalar. Ularni donolik sabr-toqat bilan o‘qitish va tarbiyalash mumkin. Shundagina bular ham yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishadi.
Badjahl va g‘ayritabiiy talabalar. Ular qiyinchlik bilan tarbiyalanadilar. Ulardagi o‘jarlik xislatini yo‘qotib, ijobiy tomonga yo‘naltirish mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi.
Yuqoridagi qobiliyat turlariga mansub talabalar bilan ham jamoaviy, ham individual tarzda tarbiyaiiy tadbirlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki talabalar qobiliyat jihatdan qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning insoniy tabiati va fiziologik a’zolari bir xildir.
Kishining qobiliyati xilma-xil bo‘lib, qiziqishlar tufayli o‘z ustida ishlash natijasida paydo bo‘ladi va rivoj topib boraveradi. Odam faoliyatining xarakteriga qarab qobiliyatlar ham turlicha bo‘ladi. Masalan, matematik qobiliyat, pedagogik qobiliyat va hokazo.
Shaxs faoliyatidagi biror sohasiga nisbatan bultan qobiliyatlilik undagi faoliyatning boshqa tomonlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Faoliyatning mohiyatidan kelib chiqib, qobiliyat ham turli kasb egalarida turlicha namoyon bo‘ladi, ayrim shaxslar bir necha sohalarga nisbatan ham qobiliyatli bo‘ladilar.
Qobiliyatning yanada yuqori va sifatli ko‘rinishi talant yoki iste’doddir. Shaxs qobiliyatlarida namoyon bo‘ladigan tug‘ma xususiyatlar iste’dod deb yuritiladi. Shaxsdagi iste’dodlilik sifati unda qobiliyatning yuqori ko‘rinishi, bilim va malakalarni tez egallash, u yoki bu yumushni tez va soz ado eta olish bilan aniqlanadi.
Iste’dodlilik darajasiga erishgan shaxsda aql va idrok, xotira, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar ancha rivoj topgan, iroda sifatlari barqarorlashgan, nutq riiojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ularning kuzatuichanligi, bilimlarni o‘zlashtirishi, olingan bilimni amalda qo‘llashi, o‘z sohasi bo‘yicha yangilik yaratishga moyilligi boshqalaradn farq qiladi. O‘z navbatida olingan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar shaxsdagi iste’dod darajasining yanada o‘sishiga xizmat qiladi.
Talantli shaxslar yirik hajmdagi amaliy va nazariy masalalarni hal etadilar, ilg‘or xarakterga ega bo‘lgan yangilik va ijodiy ishlarni amalga oshiradilar.
Talantli bo‘lishning yagona sharti shaxsning o‘z ustida sistematik ravishda ishlashidir. Agar odam o‘z ustida muntazam ishlashni davom ettirmasa, undagi talantlilik sifati susaya boradi va sinadi. Talant o‘zining geniy, genial kabi darajalariga egadir. Har tomonlama taraqqiy etgan, avlodlar tajribasini ijodiy o‘zlashtiradigan, uni o‘z davriga tadbiq etib, yangi bilim va tajriba bilan boyitadigan, mustaqil fikrlar asosida yaratuvchilik ijodkorlik xususiyatiga ega bo‘lgan, optimistik goya bilan sug‘orilgan, vatan va jamiyat nuqtai nazaridan ish tutadigan, ilg‘or dunyoqarash egasi bo‘lgan, o‘zining ijtimoiy burchiga hamma vaqt sodiq bo‘lgan shaxslar geniy shaxslardir. Geniy shaxslar garmonik rivojlangan shaxslar bo‘lib, ijtimoiy hayot voqealarini, ilm-fanni har tomonlama va chukur o‘zlashtirgan bo‘ladilar.
Geniy shaxslarning ijtimoiy hayotni o‘rganish sohasida tuplagan tajriba va bilimlari insoniyat tarihida misli kurilmagan o‘zgarishga olib keladi. Ular o‘z xalklari va Vatanlari uchun baxtli va farovon hayotni hadya etish bilan birga, bu hayotning kelajagi, istiqbolli va taraqqiyoti qonuniyatlarini ham kashf etadilar.
Geniylikning yana bir muhim tomoni shundaki, bunday shaxslar tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasida kelgusi-avlod uchun bitmas tuganmas nazariyalar yaratadilar. Bu nazariyalar kelgusi avlodlar ko‘lida goyaviy qurol bo‘lib xizmat keladi.
Imom Buxoriy, Alisher Navoiy, Maxdumi A’zam yoki A.S.Pushkin, I.P.Pavlovning geniyligi fan sohasida, Michurinning geniyligi tabiatni o‘zgartirishda, K.E.Siolkovskiyning geniyligi planetalararo kosmik uchish masalalarida namoyon bo‘ladi. Yuksak talant egasi bo‘lgan bu daxolarning fan sohalarida yaratgan yangiliklari keyingi avlodlar uchun abadiy bilim manbaidir.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling